Elektr kattaliklarni o’lchash asboblari


Download 100.3 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2023
Hajmi100.3 Kb.
#1154609
1   2
Bog'liq
Elektr kattaliklarni o’lchash asboblari

Vattmetr
Vattmetr (vatt va... metr) — oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr zanjiri quvvatini oʻlchashda ishlatiladigan asbob. Elektrodinamik, ferrodinamik, induksion, elektrostatik va issiqpik V.lari bor. Ishi ikki magnit maydonining oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Aniq oʻlchaydigan elektrodinamik V. (rayem) qoʻzgʻalmas gʻaltak 1, qoʻzgʻaluvchan gʻaltak 2, prujinalar 3 va havo tinchlantirgichi 4 dan iborat. Qoʻzgʻalmas gʻaltak yoʻgʻon mis simdan kam oʻramli qilib yasaladi; u elektr zanjirga ketma-ket ulanadi. Bu gʻaltak V.ning tok chulgʻami deb ataladi. Qoʻzgʻaluvchan gʻaltak ingichka simdan koʻp oʻramli qilib yasaladi va elektr zanjiriga parallel ulanadi. Bu gʻaltak V.ning kuchlanish chulgʻami deb ataladi. Gʻaltaklarda tok oʻtganda magnit maydoni hosil boʻladi va qoʻzgʻaluvchan gʻaltak qoʻzgʻalmas gʻaltakka nisbatan vaziyatini oʻzgartiradi. Koʻzgʻaluvchan gʻaltak oʻqiga mahkamlangan V. mili zanjirdagi quvvat qiymatini koʻrsatadi. Keyingi yillarda raqamli V.lar ishlab chiqarila boshlandi. Ularning asosini mikroprotsessorlar va analog raqamli oʻzgartirgichlar tashkil etadi. Ularning aniqpigi ancha yuqori, puxta ishlaydi. Oʻlchash natijalarini raqamlarda koʻrsatadia.


Elektr kattaliklarni o’lchash asboblarining sohada qo’llanilishi

O’zgarmas tok potensiometlari yordamida noma’lum kuchlanish, EYK, tok va elektr qarshiliklarni o’lchash hamda namunaviy asboblar ampermetr, vol’tmetr va vattmetrlarni tekshirish uchun qo’llaniladi. Quyidagi rasmda qo’l bilan muvozanatlanuvchi o’zgarmas tok potensiometrining sxemasi keltirilgan.




O’zgarmas tok potensiometrining ish prinsipi o’lchanadigan kattalikni (Ux, Ex, Ix, Rx) aniq kuchlanish (kompensatsiyalovchi) bilan o’zaro muvozanatlashuviga asoslanadi.
Potensiometr yordamida noma’lum EYK ni o’lchash jarayoni 2 qismdan iborat bo’ladi:
1.Har xil potensiometr turi uchun aniq qiymatga ega bo’lgan ish toki Iu ni o’rnatish;
2. Noma’lum EYK Ex ni o’lchash; Ish tokini o’rnatish uchun ulagich K “1” holatga qo’yiladi va Rb qarshiligini o’zgartirib galvanometr ko’rsatgichini nolga keltiriladi. Bunda En=IiRn ga ish toki esa, Iu=En/Rn teng bo’ladi.
So’ngra ulagich K “2” holatga qo’yiladi va Rk qarshilikning dastagi D ni surib Uk ni Ex ga tenglashtiriladi, yani bu holda ham galvanometr ko’rsatgichi nolga keltiriladi.
Ex=Uk=Ii Rk
O’zgarmas tok potensiometri En ni yuqori aniqlik bilan o’lchaydi.Bu aniqlik normal element EYK qiymatining aniqligi va namunaviy qarshilik Rk qiymatlarining aniqligiga bog‘liq. Potensiometrda ish tokini aniq o’rnatishi va uni o’lchash davomida o’zgarmas bo’lishi normal element bilan ta’minlanadi. Uning aniqlik klassi 0,005 ga teng. Rn va Rk qarshiliklar ham juda yuqori aniqlik (xatoligi 0,01 % dan oshmaydi) bilan ishlanadi. Natijada potensiometrni o’lchash xatoligi 0,02% dan katta bo’lmaydi.
O’zgarmas tok potensiometrlari ish toki zanjirining qarshiligiga qarab, ikki guruhga bo’linadi: kichik qarshilikli yoki past omli va katta qarshilikli yoki yuqori omli potensiometrlar.
O’zgarmas tok potensiometrlarining afzalliklari quyidagilardan iborat:
1. Yuqori aniqlik;
2. O’lchanayotgan kuchlanish manbasida hech qanday quvvat sarflanmaydi.
Download 100.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling