Nazorat uchun savollar
Tokning qanday davriy o‘zgartirish mumkin?
To‘g‘rilagichlar ishlash prinsipi?
To‘g‘rilagichning elektr chizmasini chizing?
6-Ma’ruza: Energiya samarali kengli impulsli o‘zgaruvchan tok o‘zgartgichlari.Kuchli bipolyar, maydon bilan boshqariluvchi va IGBT tranzistorlar.
Reja:
1.Umumiy tushunchalar
2. Energiya samarali kengli impulsli o‘zgaruvchan tok o‘zgartgichlari
3. Kuchli bipolyar, maydon bilan boshqariluvchi va IGBT tranzistorlar.
Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy:Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi:Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.
Bir fazali va uch fazali o‘zgaruchan tokni o‘zgarmas tokka to‘g‘rilash uchun mo‘ljallangan boshqariladigan to‘g‘rilagichlarni turli chizmalarda ulash mumkin. To‘g‘rilagichlar germaniy, kremniy elementlaridan tayyorlanadi, yarim o‘tkazgichlilarni elektrni bir yo‘nalishda o‘tkazish xossasiga va tokning qo‘yilgan kuchlanishiga proporsional bo‘lganligiga asoslangan. Keyingi yillarda germaniyli va kremniyli diod (to‘g‘rilagich)lar ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda foydali ish koeffisienti 99%ga yetadigan germaniyli diodlar ishlab chiqilgan. Diodlarning ba’zi turlari to‘g‘ri kuchlanishi 1 V bo‘lganda bir necha yuz Amperga tokka yo‘l qo‘yadi. To‘g‘rilagich sifatida ishlaydigan bunday diodlar energiyani kam isrof qilishi (F.I.K. yuqori bo‘lishi) sababli katta yuklamalarda qizimaydi va sovituvchi radiatorlarga muhtoj bo‘lmaydi.
Keyingi yillarda F.I.K.-98% gacha, ishchi kuchlanishi 1000 Vdan yuqoriroq, tok zichligi 300 a/sm2 bo‘lgan kremniyli to‘g‘rilagichlar ishlab chiqilgan.
Aniqlik kiritish maqsadida bir fazali va uch fazali to‘g‘rilagichlar chizmalari bilan tanishamiz.
Bir fazali to‘g‘rilagichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |