Elektr mexanikasi va texnologiyalari


-rasm. Parallel (a) va ketma-ket (b) turlaridagi qoplovchi kuchlanish mo‘’tadillagichning tuzilmaviy sxemalari


Download 1.41 Mb.
bet42/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

1-rasm. Parallel (a) va ketma-ket (b) turlaridagi qoplovchi kuchlanish mo‘’tadillagichning tuzilmaviy sxemalari

Qoplovchi mo‘’tadillagichlarda kirish kuchlanishi yoki yuklama tokini o‘zgarishi chiqish kuchlanishini nominal qiymatidan og‘ishiga olib keladi. Bu o‘zgarishlar tayanch kuchlanishi bilan taqqoslanadi va O‘TK orqali rostlovchi element RE ga berilib uning qarshiligini o‘zgartiriladi. Parallel turdagi qoplovchi kuchlanish o‘zgartgichida (1-rasm,a ga karang) bu rezistor Ro orqali oqayotgan tokni va undagi kuchlanish tushishini o‘zgartiradi. Ketma-ket turdagi qoplovchi kuchlanish mo‘tadillagichlarda (1-rasm, b ga karang) bevosita rostlash elementi RE da kuchlanish tushi-shi o‘zgaradi. Ikkala holda xam RE ning harakati chiqish kuchlanishini bir hil qiymatda ushlab turishga ya’ni uni mo‘’tadillashga karatilgan bo‘ladi.


Ketma-ket turdagi mo‘’tadillagichlar keng tarqalgan ular ular ancha katta bo‘lgan mo‘’takdillash koeffisientiga ega. Tuzilishi n-p-r va p-n-p rostlovchi tranzistorli ketma-ket turdagi oddiy mo‘’tadillagichlarni sxemalarida (2-rasm,a va b) rostlovchi tranzistor VT1 emitter zanjir-da (emitterli qaytargich) Ryu yuklamali kuchaytirgich sxemasi bo‘yicha ulan-gan. Rezistor Ro va stabilitron VD1 parametrik kuchlanish mo‘’tadilla-gichini va tayanch kuchlanishi Ust manbaini tashkil etadi. Tranzistorli mo‘’tadillagichning chiqish kuchlanishi tayanch kuchlanishi va rostlovchi tranzistorning baza-emitter uchastkasining kuchlanishi ayirmasi, ya’ni Uyu = UstUbe bilan aniqlanadi. Faol rejimda ishlayotgan tranzistorning kuchla-nishi Ube ancha kichik ya’ni 0,1…0,01 V ni tashkil etadi va emitter tokidan hamda Uek kuchlanishdan xam bog‘liq bo‘lgani uchun yuklamadagi kuchlanish stabilitrondagi kuchlanishga yaqin bo‘ladi.
Kirish kuchlanishi ortganda (Ryu = const bo‘lganda) oldin mo‘’tadillagich chiqishidagi kuchlanish Uyu ortadi va bu parallel shahobchada stabilitron va rezistordan oqayotgan Ist va Io toklarini ortishiga olib keladi. Ro dagi kuchlanish tushishi ortadi. Rostlovchi tranzistorning bazasiga qo‘yilgan kuchlanish kollektorga nisbatan “yopuvchi” bo‘lib VT1 ning emitter-kollektor uchastkasida Uke kuchlanishni ortishiga va shu bilan bir qatorda kirish kuchlanishini o‘zgarishiga olib keladi. Bunda chiqishdagi kuchlanish nominal qiymatiga qaytadi. Kirish kuchlanishining kamayishi oldin chiqish kuchlanishini kamayishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida parallel shaxobchadagi (VD1, Ro) tokni kamaytiradi. Tranzistorga ta’sir shunday bo‘ladiki, bunda VT1 emitter-kollektor uchastkasida kuchlanish tushishi kamayadi, bu esa chiqish kuchlanishini dastlabki qiymatgacha oshiradi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling