Elektr mexanikasi va texnologiyalari
Download 1.41 Mb.
|
2-курс.Ma\'ruza 3
2-rasm. n-p-r va p-n-p tuzilmadagi tranzistorli ketma-ket turdagi mo‘’tadillagichlarninig sxemalari
Shunday qilib, kirish kuchlanishining barcha o‘zgarishlari rostlovchi tranzistorning emitter-kollektor uchastkasida qoplanadi. Bu holda chiqishdagi kuchlanish berilgan qiymatlarda qoladi, ya’ni u mo‘’tadilla-shadi. Kirish kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lganda yuklama tokining o‘zgarishi bilan rostlovchi tranzistorning baza toki o‘zgaradi ya’ni, Ib = Iyu/V + 1 = In/V ga teng bo‘ladi, bu yerda V-baza tokining statik kuchaytirish koeffisienti. Tranzistor VT1 bazasining potensiali amalda o‘zgarmas bo‘lib qolganligi uchun Ro rezistordagi kuchlanish tushishi ham o‘zgarmas bo‘lib qoladi, bunda Io toki ham o‘zgarmaydi. Natijada VD1 stabilitrondagi tok tranzistorning baza tokini o‘zgarishi qiymatiga teng ravishda o‘zgaradi. Rostlovchi tranzistorning dinamik qarshiligi baza tokiga mos ravishda o‘zgaradi. Yuklamaning katta tokida VT1 tranzistorning qarshiligi kamayadi, yuklama toki kichik bo‘lganda esa, bu qarshilikning qiymati katta bo‘ladi. Ikkala holatda ham tranzistorning emitter-kollektor uchastkasidagi kuchlanish tushishi deyarli o‘zgarmay qoladi. Natijada mo‘’tadillagichning chiqishidagi kuchlanish berilgan qiymatda qoladi, ya’ni mo‘’tadil holda saqlanadi. Ko‘rilayotgan tranzistorli kuchlanish mo‘’tadillagichlarning sxemala-rida toklar va kuchlanishlar o‘rnatilgan rejimda quyidagi bog‘lanishlarda bo‘ladi: Io = Ist + Ib; Ist = Io – Ib ≈ Io – (Iyu/V) Parallel shahobchadagi elementlarda kirish kuchlanishi Uk = Uyu + Uek quyidagicha taqsimlanadi: Uk = Ust+ IoRo, bu yerdan Io=(Uk - Ust)/Ro, u holda Ist=(Uk– Ust)/Ro– Iyu/V Tranzistorli mo‘’tadillagichning maksimal yuklama toki Iyu.max ≈ V · [Ist.max – (Uk – Ust)/Ro]. Keltirilgan tenglikdan ko‘rinib turibdiki, tranzistorli mo‘’tadillagichning maksimal toki stabilitronning maksimal joiz tokidan V marta katta bo‘ladi U tranzistorning kuchaytirish koeffisientiga bog‘liq bo‘ladi va uning maksimal joiz sochilish quvvati Rj bilan cheklanadi, ya’ni: Iyu.max <Rj/(Uk.max – Uyu) Ketma-ket turdagi mo‘’tadillagichning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: stabillash koeffisenti Kst = R · Uyu/rdUk; chiqish karshiligi Rchiq = (rd + h11e)/h21e, bu yerda h11e – umumiy emitterli sxema uchun kirpish karshiligi; h21e – umumiy emitterli sxema uchun tok bo‘yicha kuchaytirish koeffisienti; foydali ish koeffisenti η = Ryu/Rkir = UyuIyu/[Uk(Iyu + Io)]. Ko‘rib chiqilgan ketma-ket turdagi tranzistorli mo‘’tadillagichlar parametrik mo‘’tadillagichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Ular yuklamaning katta toklariga mo‘ljallangan, kichik ichki karshiliklarga ega, mo‘’tadillash koeffisienti yuqori. Lekin mo‘’tadillash koeffisientining yuqori qiymatlariga erishish qiyin. Ketma-ket turdagi qoplovchi kuchlanish mo‘’tadillagichlarning sxemasi elektr tavsiflarini yaxshilash uchun ularning teskari bog‘lanish zanji-riga tranzistorda bajarilgan o‘zgarmas tok kuchaytirgichi kiritiladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling