Dastur nomi:
|
Matematika
|
Ajratilgan soat:
|
100
|
Mavzular soni:
|
12
|
Dasturning maqsadi:
|
Matematika fanining predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, ish faoliyatida olingan bilimlarni qo‘llashni shakllantirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:
|
matematika fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalarini bilish;
matematika fanining nazariy-metodologik asoslari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
algebra, matematik analiz, differensial tenglamalar, analitik geometriya fanlari haqida bilimlarga ega bo‘lish;
matematika fanining mutaxassis tayyorlashdagi o‘rni va rolini mohiyatini anglash.
|
Bilimlar:
|
professional ta’lim muassasalarida matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarni bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash;
olgan bilimlarini kasbiy faoliyatida tatbiq eta bilishi;
sonlar bilan turli hisoblash ishlarini olib bora bilishi;
turli tenglamalarni yecha bilishi;
turli funksiyalarni formulasiga ko‘ra aniqlay bilishi;
har bir funksiyani o‘ziga xos xossa va xususiyatlarini bilishi;
kasbiy faoliyatida uchraydigan turli masalalarni tenlamalar tuzish orqali yecha bilishi;
kasbiy faoliyatida uchraydigan turli masalalarni funksiyalar xosilasi va integrallar yordamida yecha bilishi;
kasbiy faoliyatida uchraydigan tekis silliq jism yuzalarini hisoblay bilishi;
kasbiy faoliyatida uchraydigan uch o‘lchovli fazoviy jismlarni hajmlarini hisoblash bo‘yicha bilimga ega bo‘lish.
|
Ko‘nikmalar:
|
masalalar yechish yordamida mustaqil fikrlashni shakllantirish;
masalalar yechish mobayinida abstrakt va mantiqiy fikrlash;
har hil sonlar ustida turli hisoblash ishlarini mustaqil bajarish;
tenglama va funksiyalar bilan mustaqil ishlash;
kasbiy faoliyatida uchraydigan turli masalalarni yechishda hosila va integrallarni qo‘llay olish;
kasbiy faoliyatida uchraydigan turli yassi jismlarni yuzalarini mustaqil hisoblay olish;
kasbiy faoliyatida uchraydigan uch o‘lchovli fazoviy jismlarni hajmlarini
mustaqil hisoblash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
|
|