O‘quv dasturining nomi:
|
Elektrotexnik materiallar
|
Ajratilgan soat:
|
40
|
Mavzular soni:
|
10
|
Dasturning maqsadi:
|
O‘quvchilarni energetika sohalarida hamda ishlab chiqarish korxonlarida keng foydalaniladigan elektrotexnik materiallar turlari bilan tanishtirish, shuningdek, elektrotexnik materillarni zamonaviy
turlari haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:
|
elektrotexnik materiallar turlari, tuzilishi, qo‘llanish sohalari haqida tasavvurga ega bo‘lish;
metallarni markasi bo‘yicha mexanik, kimyoviy va fizik xususiyatlarini aniqlash;
elektrotexnik materiallar foydalanganda yo‘riqnomalar va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
tabiiy, sun’iy va sintetik materiallardan foydalanish;
o‘tkazgichli va yarimo‘tkazgichli materiallarni tanlash;
qattiq dielektriklarni tashqi solishtirma qarshiligini aniqlash;
qattiq dielektriklarning singdiruvchanligi va burchak tangensini aniqlash;
qattiq dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlash;
foydalanib bo‘lingan va ekspluatatsiyada chiqqan elektrotexnik
va radioelektron materiallarni ekologik muammolarini aniqlash.
|
Bilim:
|
metallar va qotishmalar, po‘latlar va cho‘yanlar, rangli metallar,ularning markalari va xususiyatlari;
nometall meteriallarni xossalari;
kimyoviy va texnologik dielektrik materiallar xossalari;
fizik dielektrik materiallarni xususiyatlari;
polimerizatsion va polikondensatsion dielektrik materiallarni tayyorlanish texnologiyasi;
lak, emal va boshqa materiallarni xossasi;
qog‘oz, karton, volonka, plastik, namotli va folgali dielektrik materiallarni xossasi;
plomerlarni tuzilishi va tayyorlanishi klassifikatsiyasi;
elektr apparatlari va qurilmalarda ishlatiladigan temir qotishmalarining tuzilishi va xossalari;
elektro‘tkazgichlarda ishlatiladigan materiallar va ularning xossalari;
katta qarshilikli materiallar va ularning xossalari;
suyuq elektroizolyatsion materiallar va ularning xossalari;
tolali elektroizolyatsion materiallar va ularning xossalari haqida bilimga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |