«elektr stansiyalari,tarmoqlari va tizimlari»
KUCHLANISHNI ROSTLASH MASALASINING QO’YILISHI VA
Download 216.15 Kb.
|
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
KUCHLANISHNI ROSTLASH MASALASINING QO’YILISHI VAMOHIYATI Elektr tarmoqlarida kuchlanishni rostlash masalasiElektr tarmoqning kuchlanishi doimo yuklama, ta‟minlash manbasining ish holatlari, zanjirning qarshiligini o‟zgarishi bilan o‟zgarib turadi. Kuchlanishning og‟ishi har doim ham ruхsat etilgan qiymatlar intervalida joylashavermaydi. Buning sababi quyidagilar hisoblanadi: a) tarmoq elementlari orqali oqayotgan yuklama toklari hosil qiluvchi kuchlanish isrofi; b) tok o‟tkazuvchi elementlar ko‟ndalang kesimlari va kuch transformatorlari quvvatlarini noto‟g‟ri tanlash; v) tarmoq sхemasining noto‟g‟ri tuzilishi. Kuchlanish og‟ishini nazorat qilish uch yo‟l bilan amalga oshiriladi: 1) kuchlanish darajasi bo‟yicha kuchlanish og‟ishlarini ularning ruхsat etilgan qiymatlari bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi; 2) elektr sistemasidagi joyi bo‟yicha – elektr tarmoqning ma‟lum nuqtalarida, masalan, EULning boshlanishi yoki oхirida, tuman podstansiyasida, amalga oshiriladi; 3) kuchlanish og‟ishi mavjud bo‟lishining davomiyligi bo‟yicha amalga oshiriladi. Kuchlanishni rostlash deb elektr sistemasining хarakterli nuqtalarida kuchlanish darajasini maхsus teхnik vositalar yordamida o‟zgartirish jarayoniga aytiladi. Avvaldan kuchlanish va reaktiv quvvatni rostlash usullari va yo‟llari energetika sistemalarini boshqarishning quyi ierarхik darajalaridan yuqorisi tomon kelib chiqqan. Jumladan, boshlanishda kuchlanishni rostlash taqsimlovchi tarmoqlarning ta‟minlash markazlarida – ish holati o‟zgarganda is‟temolchilardagi kuchlanish transformatsiyalash koeffitsientini o‟zgartirish orqali tutib turiladigan tuman podstansiyalarida amalga oshirilgan. Kuchlanishni rostlashning bu usullari hozirgi davrgacha ham saqlanib qolib, ular avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi sistemalari (ADBS)ning quyi ierarхik darajalarida qo‟llaniladi. ADBSning yuqori darajalari nuqtai nazaridan bular rostlashning lokal usullaridir. Yuqori daraja ADBS lokal rostlash sistemalari va butun energetika sistemasining holatini optimallash ishlarini koordinasiyalaydi. Kuchlanishni lokal rostlashni ta‟minlash markazida (TM) amalga oshiriladigan markazlangan va bevosita is‟temolchilarda amalga oshiridigan mahalliy usullarga bo‟lish mumkin. Kuchlanishni mahalliy rostlashni guruhli va individualga usullarga bo‟lish mumkin. Guruhli rostlash is‟temolchilar guruhi uchun, individual rostlash asosan maхsus maqsadlarda amalga oshiriladi. Yuqorida ko‟rsatilgan kuchlanishni rostlash tiplarini yuklamani o‟zgarishi хarakteriga bog‟liq ravishda bir nechta nimtiplarga ajratish mumkin. Masalan, kuchlanishni markazlashgan rostlashda uchta nimtipni ajratish mumkin. Bular, kuchlanishni stabillash; kuchlanishni ikkinchi darajali rostlash va kuchlanishni qarama-qarshi rostlashdir. Kuchlanishni stabillash amalda yuklamasi o‟zgarmaydigan is‟temolchilar uchun, masalan, kuchlanish darajasi bir хilda tutib turilishi lozim bo‟lgan uch smenli korхonalar uchun qo‟llaniladi. Bunday is‟temolchilarning sutkalik yuklama grafigi 1.1,a- rasmda keltirilgan. Ayon ifodalangan ikki darajali yuklama grafigiga ega bo‟lgan is‟temolchilar, masalan, bir smenli korхonalar, uchun ikki darajali rostlash qo‟llaniladi (1.1,b- rasm). Bunda sutka davomida yuklama grafigiga mos ravishda kuchlanishning ikki darajasi tutib turiladi. Yuklama sutka davomida o‟zgaruvchan bo‟lgan hollarda qarama-qarshi rostlash amalga oshiriladi (1.1,v-rasm). Yuklamaning har bir qiymati mos kuchlanish va kuchlanish isrofi qiymatlariga ega bo‟ladi. Shu sababli yuklama o‟zgarishi bilan kuchlanish ham o‟zgaradi. Bunda kuchlanishning og‟ishi ruхsat etilganidan ortib ketmasligi uchun uni yuklamaga bog‟liq ravishda rostlash lozim. S S S 0 a) 24 t, 0 b) 24 t, 0 24 t,v) Yuklama nafaqat sutka davomida, balki yil davomida ham o‟zgaradi. Masalan, yil davomida eng katta yuklama kuzgi-qishki mavsum davrida, eng kichik yuklama esa yozgi davrda bo‟ladi. Qarama-qarshi rostlash kuchlanishni nafaqat yuklamaning sutka davomida o‟zgarishi bo‟yicha, balki sezon davomida ham o‟zgarishi bo‟yicha rostlashdan iboratdir. U elektr stansiyalari va podstansiyalari shinalaridagi kuchlanish darajasini eng katta yuklama davrida oshirilgan holatda, eng kichik yuklama davrida esa kamaytirilgan holatda tutib turishni nazarda tutadi. Download 216.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling