1.3-rasm. Polivinilxlorid izolatsiyali tok o'tkazgich metall:
I — tok o'tkazgich metall; 2— izolatsiya.
Birinchi turli metall o‘tkazgichlardan tashqari, elektrotexnikada ikkinchi turdagi o‘tkazgichlar ham ishlatiladi. Bular kislota eritmalari, tuzlari va ishqorlardir. Bunday eritmalarni elektrolitlar deb ataladi. Ikkinchi turdagi o‘tkazgichlarda molekulalar musbat va manfiy ionlardan iborat bo'ladi.
Agarda bunday eritmalarga ikkita metall tayoqchasini o'rnatib, elektr energiyasiga ulasak, bunda ionlar ma’lum holatdagi zaryadlar tomoniga surila boshlaydi.
ELEKTR MAYDONI
Elektr maydoni va uning xususiyatlari
Agarda qandaydir fazoda elektr zaryadlari bo‘lsa, bu holda zaryadlar o‘zaro bir-biriga ta’sir etadi.
Bizga ma’lumki, har xil qutbli zaryadlar bir-biriga tortiladi va bir xil qutbli zaryadlar esa bir-biridan qochadi. Fazoda elektr zaryadiga ega bo‘lgan jism o‘zining elektr kuchlarini bildirsa, bunday fazo elektr maydoni deyiladi.
Agarda ikki zaiyad bir-biriga tortilsa yoki bir-biridan qochsa, demak ular orasida elektr kuchlar ta’sir etayotgan bo'ladi.
Kulon qonuniga asosan elektrlangan jismlar orasidagi o‘zaro ta’sir etuvchi kuch quyidagi formula bilan ifodalanadi:
f = K ∙
buyerda: q1 va q2 — ikki jismda to‘plangan elektr zaryadlari; l — elektrlangan jismlar orasidagi masofa; K— o‘zaro bog‘langan elektr zaryadlarning joylashgan muhitini ifodalovchi koeffitsiyent.
Elektr maydonini ko‘p kuch chiziqlari bilan ko‘rsatish hamda uning yo‘nalishini fazoning har bir nuqtalarida bilish mumkin. Agarda jismlardan biri musbat zaryadga, boshqasi esa manfiy zaryadga ega bo‘lsa, u holda zaryadlarning o‘zaro ta’sir yo‘nalishlari musbat zaryaddan boshlanib, manfiy zaryadda to'xtaydi. Tkkita shunday zaryadlarning elektr maydoni 1.12-rasmda ko'rsatilgan.
Ikkita bir xil zaryadga ega boMgan elektr maydondagi kuch chiziqlarining ta’siri 1.13-rasmda ko‘rsatilgan.
Ikkita bir xil zaryadga ega boMgan elektr maydondagi kuch chiziqlarining ta’siri 1.13-rasmda ko‘rsatilgan.
Agarda, elektr maydonida musbat belgiga ega bo‘lgan zaryad ko'chib yursa, bunda elektr kuchlari qandaydir ishni bajaradi.
Birlikka teng bo'lgan elektr zaryadning maydoni bir nuqtadan cheksiz nuqtagacha ko'chishi natijasida elektr kuchlarning ish bajarishidan xulosa chiqarib, elektr darajasini uning elektr po- tensiali deyish mumkin.
Maydonning ikki nuqta orasidagi potensiallar ayirmasi kuchlanish deb ataladi. Ikki nuqta orasidagi kuchlanish bir miqdordagi elektr zaryadlarni bir nuqtadan boshqa nuqtaga ko‘chirilganda bajarish kerak bo‘lgan ish bilan aniqlanadi.
Elektrotexnikada yerning potensialini hisobga olish kelishil- gan. Shuning uchun elektr zanjirlarda yerga ulangan nuqtalar nolga teng deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |