Elektr to‘g‘risida asosiy tushuncha. O‘tkazgichlar va izolatorlar. Elektr maydoni va uning xususiyatlari


Download 91.79 Kb.
bet4/10
Sana25.06.2023
Hajmi91.79 Kb.
#1654957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektrotexnika 1-2 mavzu

Statik elektr
Elektr uskunalarda sun’iy yo‘l bilan elektr zaryadlar yig‘iladi. Ularning potensiali bir necha o‘n million voltga teng bo‘lishi mumkin.
Tabiatda kuchli statik elektr to'planishini kuzatamiz. Atmo- sferada bulutlar orasida ishqalanish natijasida juda katta kuchga ega boMgan elektr zaryadlari to‘planadi. Bulutlarning elektr poten- siallari yuz million va undan ko'p voltga teng bo‘Iadi.
Ishlab chiqarish korxonalaridagi uskunalarda ishqalanish natijasida metaliar va mahsulotlar orasida statik elektr hosil bo‘ladi. Katta miqdordagi elektr zaryadlar xavfli boMib, ular yong‘inlarga olib kelishi mumkin. Bunday hodisalar tegirmonlar, don tozalash, kimyo korxonalari va boshqa ishlab chiqarish inshootlarida bo‘- lishi mumkin.
Elektr uchqunlar portlash va yong‘inlarga olib kelishini hi­sobga olib, metall qismlarni yerga o‘tkazgichlar yordamida ulash kerak. Bu holda hosil bo'lgan elektr zaryadlar verga o‘tib ketadi.
Elektr sig‘imi
Agarda qandaydir jismni elektr bilan zaryadlab, keyin unga elektr zaryadi qo‘shilsa, u holda bu jismda elektr miqdori ortib borgan sari, uning elektr potensiali ortib boradi. Har xil kattalikdagi ikki sharni bir xil miqdordagi elektr bilan har xil potensialda zaryadlash mumkin. Bunday sharlarning potensiallari bir xil bo‘lishi uchun kichik sharga kam miqdorda, katta sharga esa ko‘p miqdorda elektr berish kerak. Bu har xil sig‘imli idishlarga suyuqlik quyishga o'xshash. Ikkita har xil idishga sathi bir xil bo‘lishi uchun ularga har xil miqdorda suyuqlik quyish kerak.
Idishlarning hajmi ularning sig‘imini bildiradi. Jismlarning har xil miqdordagi elektr zaryadlarni yig'ishi ularning elektr sig‘imi bo‘ladi. Shunday qilib, elektr sig'im — bu jismlarning potensialini ma’lum darajagacha oshirganda uning elektr zaryadlari to‘plash qobiliyatidir.
Agarda jismning qanday darajagacha zaryadlangan kuchlanishi va elektr zaryadi miqdori ma’lum bo‘lsa, u holda jismning sig'imini quyidagi formula bo'yicha




bu yerda: Q — jismning elektr zaryadi, K; U — kuchlanish, V.


Jismning elektr sig‘imi С farada (F) bilan o‘lchanadi.
Agarda jismning potensiali 1 Vga oshirilsa, uning zaryadi 1 Kga oshadi, bu jismning elektr sig‘imi deb aytiladi.
Bir faradaga teng bo'lgan elektr sig'imi juda katta miqdor. Uni faraz etish uchun Yer kurrasining sig'imi faradaning mingdan bir qismini tashkil etishini ifodalash kifoya. Shuning uchun amalda elektr sig'imini faradaning milliondan bir qismi o‘lchov birligida o‘lchanadi.
Bunday o‘lchov birligi mikrofarada yoki qisqacha mkF bilan ifodalanadi.
Misol. Agarda jismning zaryadi 0,001 Кga, kuchlanishi esa 100 V ga teng bo‘lsa, uning sig‘imi nimaga teng bo‘ladi?
Yechish. Jismning sig‘imi quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
C = = 0,00001F = 10 mkF

Download 91.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling