Elektr to‘g‘risida asosiy tushuncha. O‘tkazgichlar va izolatorlar. Elektr maydoni va uning xususiyatlari
‘zgarmas tok manbalari galvanik elementlar, elektr akkumulatorlar, fotoelementlar, elektromexanikaviy generatorlar, termoelektr generatorlardan iborat
Download 91.79 Kb.
|
elektrotexnika 1-2 mavzu
0‘zgarmas tok manbalari galvanik elementlar, elektr akkumulatorlar, fotoelementlar, elektromexanikaviy generatorlar, termoelektr generatorlardan iborat.
Тоk kuchi Тоk kuchining ta’sirini uning kuchini fikrlash bilan aniqlash mumkin. Tok kuchi o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan ma’lum vaqt ichida o‘tgan elektr miqdoriga bog‘liq. Tok kuchi o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan bir sekundda o‘tgan elektr miqdori bilan o‘lchanadi. 1 К zaryad 6,25 • 1018 elektronlar zaryadiga teng. Agarda tok kuchi I bilan, elektr miqdori Q bilan belgilansa, o‘tkazgich kesimi yuzasidan o‘tgan elektr zaryadi vaqti t bo'lsa, u holda elektr miqdorini vaqt miqdoriga bo‘lib, tok kuchini quyidagicha topamiz: I= Tok kuchini o`lchash uchun amper o‘lchov birligi xizmat qiladi. Amper — bu shunday tok kuchiki, unda o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan bir sekundda bir kulon elektr o‘tadi. Shunday qilib, Kulon Kl harfi, amper esa A harfi bilan belgilanadi. Agarda tok kuchi 3 amperga teng bo‘lsa, u holda I= ЗА deb yoziladi. Amperning mingdan bir qismini milliamper, milliondan bir qismini esa mikroamper deb aytiladi. Shunday qilib, 1A = 1000 milliamper (mA), 1A = 1000000 mikroamper (mkA). Masala. Yarim soatda o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan 3600 K, elektr o'tadi. O`tkazgichdan o‘tgan tok kuchi miqdorini topish kerak. I= Formulada vaqt t sekundda berilganligi sababli yarim soatni sekundlarga aylantirish kerak: 60 • 30 =1800 s. Endi tok kuchini topamiz: I = = . Om qonuni Berk elektr zanjirida tok kuchi, elektr yurituvchi kuch va qarshilik o‘zaro ma’lum holatda bir-biriga bog'liq. Berk elektr zanjirida bu bir-biriga bog'liqlik quyidagicha ifodalanadi: I= bu yerda: E — elektr yurituvchi kuch; Rich— manbaning ichki qarshiligi; Rtashqj — zanjirdagi qarshilik. Bu matematik o‘zaro bog`lanish Om qonuni deb ataladi. Om qonuni quyidagicha ifodalanadi: berk zanjirda oqayotgan tok kuchi tok manbayi elektr yurituvchi kuchining butun zanjir qarshiligi nisbatiga teng. Om qonuni elektrotexnikaning asosiy qonunlaridan biri hisob- lanadi. Uning yordamida elektr zanjiridagi hisoblarni olib borish, noma’lum o‘lchovlarni topish mumkin. Om qonuni to‘liq zanjirlardan tashqari, zanjirning qismlarida ham o‘z kuchini yo‘qotmaydi. Elektr zanjiri qismlarida tok kuchi oxiridagi kuchlanish zanjir qismining qarshiligi nisbatiga teng: To‘liq elektr zanjirning elektr yurituvchi kuchi: E= I ∙ Rtashqi, bundan Rtashqi = . Masala. Zanjirning to‘liq qarshiligi 20 Om ga teng. Tok manbayining EYK 30 V ga teng. Zanjirdan o'tayotgan tok kuchini toping. Yechish: I = = . Download 91.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling