Elektr to‘kidan himoyalanish tadbirlari Yong‘in xavfsizligi. Yong‘inning sabablari va oldini olish chora-tadbirlar


Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy qoidalari


Download 1.76 Mb.
bet11/38
Sana08.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#247864
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
mavzular tuplami (3)

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy qoidalari


Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishdan oldin quyidagi ishlarni bajarish lozim:

  • jarohatlanish omillarini yo‘qotish (masalan, jarohatlanuvchini xavfli joydan olib chiqish); elektr simidan ajratib olish (elektr to‘ki urganida; jarohatlanuvchining ahvolini yomonlashtiruvchi barcha narsalardan qo‘tqarish) jarohatlanuvchi ustidagi yukni, devor parchalarini olish, xonadan yoki yonayotgan joydan olib chiqish kerak;

  • agar bemorga xavf tug‘ilmaydigan bo‘lsa, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda uni qo‘zg‘atmaslik kerak;

  • hushidan ketganda xushiga keltirish va tashlab ketmaslik kerak;

  • birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jarohatlanganning kiyimini yechish yoki yaralangan joyidagi kiyimini qirqishda juda ehtiyot bo‘lish zarur;

  • jarohatini avaylash;

Tananing biror joyi shikastlangan yoki suyagi ochiq singan bo‘lsa arteriyadan yoki venadan qon ketishi mumkin. Arteriyadan oqadigan qon och qizil rangli bo‘ladi va u kuchli bosim ostida beto‘xtov oqadi. Venadan oqadigan qon to‘q qizil rangli bo‘ladi va u jarohatdan otilib chiqadi. Tomchilab qon ketishda qon tomib – tomib turadi va qon ozroq miqdorda sekin chiqadi.

Yirik arteriyalar jarohatlanganda tezlik bilan birinchi yordam ko‘rsatish zarur. Birinchi navbatda tomirni barmoqlar bilan qattiq bosib, suyakka siqish orqali qon ketishini to‘xtatish lozim.



Qon ketishini suyakga qon tomirlarini siqish orqali to‘xtatish ham mumkin. Oyoq qo‘llardan qon oqqanda rezina bog‘lam yoki tasma, gazlama parchasi, ro‘molga yoki boshqa narsalardan foydalanib burama bog‘lam usulida qon to‘xtatiladi.



Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling