Еlektr transporti elektr jihozlari


Ishlash prinsipi bo'yicha


Download 26.35 Kb.
bet5/6
Sana13.09.2023
Hajmi26.35 Kb.
#1676718
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маьруза

2. Ishlash prinsipi bo'yicha:
- elektromagnitli apparatlar-elektromagnit kontaktorlar, relelar, ishga tushirgichlar va boshqalar;
- elektr tokining magnit maydoni bilan o'zaro ta'siri natijasida ishlovchi apparatlar-induksionli, elektrodinamik relelar va boshqalar;
- issiqli-issiqlik relelari, bimetalli mexanizmlar va boshqalar;
- chiziqsiz elektrotexnik to'yinish drosellari, magnit kuchaytirgichlar, zaryadsizlagichlar va boshqalar.
3. Kuchlanish sohasi bo'yicha:
- elektr zanjirlarini kommutatsiyalovchi, o'ta kuchlanish va qisqa tutashuv toklarini cheklash, o'lchash va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan tarqatuvchi qurilmalarning apparatlari;
- ishlab chiqarishda ishlatiladigan mexanizmlarning elektr yuritma sistemasida, mexanizmlarni ishga tushirish, rostlashda ishlatiladigan elektr yuritmalarni boshqarish apparatlari;
- avtomatlashtirish, boshqarish rostlash va boshqa funksiyalarni bajarishda qo'llaniladigan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish apparatlari.
Tok turiga qarab elektr apparatlari o'zgarmas tok va o'zgaruvchan tokda ishlaydigan turlarga bo'linadi.
Kuchlanishga qarab past kuchlanishli (1000 V gacha) va yuqori kuchlanishli (1000 V dan yuqori) elektr apparatlariga bo'linadi. Yer osti ko'mir shaxtalarida 1140 V li elektr apparatlari ham ishlatilmoqda.
Boshqarish funksiyasi bajarilishiga qarab kontaktli va kontaktsiz elektr apparatlariga bo'linadi. Konchilik korxonalaridagi elektr qurilmalarida qo'llaniladigan elektr apparatlari, umumiy maqsadli elektr apparatlaridan, himoya qobig'ining bo'lishi bilan farqlanadi.


1.4. Elektr apparatlariga qo'yiladigan asosiy talabalar
Elektr apparatlariga qo'yiladigan umumiy talablarga quyidagilar kiradi:
1. Berilgan funksiyani bajarishdagi ishonchlilik, ya'ni apparat ish davomida aniq, stabil, buzilmasdan ishlashi lozim.
Bunda apparatning parametrlari va rostlanganligi o'zgarmasligi kerak.
2. Elektrodinamik va termik mustahkamligi yetarli darajada bo'lishi kerak.
3. Elektr izolyatsiyasining yetarli darajada bo'lishi, ya'ni elektr apparati elektr o'ta kuchlanishga chiday olishi lozim.
4. Boshqarish va himoya zanjirlarida bo'ladigan normal va avriyaviy rejimlarida apparatning kommutatsiyalovchi qobiliyati uning ish holatini ta'minlashi lozim.
5. Qurilma - sodda, massasi, gabarit ko'rsatgichlari va tan narxining past bo'lishi, ishlatishning oson bo'lishi, sozlash va uni tayyorlash texnologiyasining sodda bo'lishi lozim.
Davlat standartlariga ko'ra elektr apparatlari himoya qobig'iga ega bo'lishi lozim. Bu himoya qobig'i IP harflari va 2 ta son bilan belgilanadi. 1-son xizmat ko'rsatuvchi personal (shaxs) ning apparat xavfli qismlaridan himoya darajasini bildirsa, 2- son esa, apparat ichiga tashqi predmetlar va suyuqliklardan himoyalash darajasini bildiradi.
Elektr apparatlarini ishlatishda standartga asosan 5 ta kategoriyalarga bo'linadi:
1-kategoriya - ochiq havoda;
2-kategoriya - usti yopilgan joy yoki xonalarda ( bunda temperatura va namlik ochiq havodagi temperatura va namlikdan uncha farq qilmaydi);
3-kategoriya - tabiiy ventilyatsiyali yopiq xonalarda (bunda temperatura va namlik qum chang ta'sirida ochiq havodagiga nisbatan past bo'ladi);
4-kategoriya - klimatik sharoitlari sun'iy rostlanadigan yopiq xonalardayoki xajmlarda;
5-kategoriya - namligi yuqori bo'lgan yopiq xonalarda (hajmlarda, masalan, shaxtalarda).
Shu bilan birga, tog’ - kon korxonalarida ishlatiladigan elektr apparatlari portlashga qarshi, portlashdan xavfsiz, o'ta portlashdan xavfsiz guruxlarga bo'linadi.



Download 26.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling