Еlektr transporti elektr jihozlari


Elektr va magnit hodisalari, elektr toki. Еlektr transporti elektr jihozlari fanini o’rganish


Download 26.35 Kb.
bet3/6
Sana13.09.2023
Hajmi26.35 Kb.
#1676718
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маьруза

1.2. Elektr va magnit hodisalari, elektr toki. Еlektr transporti elektr jihozlari fanini o’rganish
“Еlektr transporti elektr jihozlari” fanining fan sifatida dunyoga kelishida,1831 yilda, ingliz olimi M. Faradey tomonidan kashf etilgan elektromagnit induksiyasi hodisasi, yamda kuch elektronikasining misli ko’rilmagan darajada yuksalishi sabab bo’ldi.
Texnika taraqqiyoti elektr mashinalarining yaratilishi og’ir sanoatning yuksalishiga olib keldi. Bu esa o’z navbatida mashinasozlik va transport harakat tarkibining tortuv motorlarini takomilashishiga olib keldi. Hozir O’zbekistonda avtomobillar, elektr mashinalari, transformatorlar, kabellar, turli apparatlar, elektron uskunalar va elektronika bilan bog’liq bo’lgan boshqa turli xil elektr jihozlari ishlab chiqarilmoqda.
Temir yo’l transportida yuk va yo’lovchilarni tashish ishlarini ishonchli amalga oshirishda, boshqarishning avtomatlashtirilgan va elektr harakat tarkibi elektron qismlarining ishlashi va ularni ta’mirlash hamda turdoshlari bilan almashtirishni o’rgatiladi.
Еlektr transporti elektr jihozlarining taraqqiyoti elektr va magnit hodisalari haqidagi bilimimizni osha borishiga asoslangan. Harakat o’zgarishidagi ayrim hodisa turlaridan biri ham elektr va magnit hodisalaridir. Moddaning tuzilishi, atomlarning tarkibi, elementar zarrachalarning ayrim hususiyatlari elektr va magnit hodisalarga bog’liqdir. Elektromagnit hodisalari sodir bo’lib turgan muhitdagi ayrim tur materiya elektromagnit maydon deb ataladi.
Materiya yoki jismlarning o’z elektromagnit maydoni bilan yoki tashqi elektromagnit maydoni bilan o’zaro ta’sir eta olish xususiyatini elektr zaryadi yoki elektr deb ataladi. Elektromagnit maydoni elektrlangan harakatsiz jismlarga va zarrachalarga kuch bilan ta’sir etsa uni elektrmaydoni deb ataymiz. Agar elektromagnit maydonini elektrlangan harakatdagi elektrlangan zarrachalarga kuch bilan ta’sir etsa, magnit maydoni deyiladi. Tabiatda faqat elektromagnit hodisalari, hamda elektromagnit maydonigina bor. Amalda ba’zan elektr hodisalariga alohida qaralib, u bilan birga sodir bo’ladigan magnit hodisalari e’tiborga olinmaydi yoki magnit hodisalari va maydonlariga alohida-alohida qaraladi. Aslida esa elektr va magnit hodisalari doimo birga ro’y beradi.
Elektronlarning bir tarafga tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Turli muhitlarda elektr harakati, elektrokinetik protsess – elektr toki turlicha tabiatga ega bo’ladi.
Kuch elektronikasi fanini o’rganish masalalari, ba’zi elektron apparatlarning parametrlari va funksiyalarini taxlil qilishdan boshlanadi. Elektr harakat tarkibining harakatlanayotgan vaqtidagi apparatlarning induktiv xarakteri murakkab jarayonlardan biridir. Bu apparatlarni o’rganish, ularda kechadigan jarayonlarni bilish ancha murakkab qurilmalarni ham ishlash jarayonini tushunishga yordam beradi. Bu yondoshishni kuch elektronikasiga “tizimli yondoshish” deb ataladi. Tizimli yondoshish quyidagi alomatlar bilan baholanadi:
1) qurilmani, butun tizimning bir bo’lagi deb qarab, unga tashqi muhit ta’sirini ham inobatga olish;
2) butun tizimni baholab, qurilmaning har bir elementini bilish va uni hisoblash uslublari mezonini aniqlash;
3) qurilmalarni har xil bosqich – daraja orasida bajaradigan vazifasi asosida o’rganish va boshqa qismlar bilan bog’lanishi.
Kuch elektronikasiga tizimli yondoshish, qurilma va qismlarning funksianal vazifasiga qarab, elementlarning yangi xususiyatlarni ochilishi va transport tizimiga tadbiq etishga asoslangan.
Kuch elektronikasi qurilmalarining tuzilishi va ishlashini, fanni o’qitishda to’rtta tizimli yondoshish prinsipga tayanib o’rgatiladi. Bunda:

  • Elektr energiyasini bir turdan boshqa turga aylantiruvchi o’zgartirgich qurilmasagina emas, uni kirish va chiqish yuklama (iste’molchi)dagi energiya manbai qurilmasi bilan birgalikda ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, barcha turdagi yarim o’tkazgichli uskunalar asosida qurilgan elektr energiyasini bir turdan boshqa turga aylantiruvchi o’zgartirgich qurilmalari va ularning vazifasi o’rganiladi.

  • Kuch elektronikasi qurilmalarini hisoblashning ma’lum uslublari va ishchi xarakteristikalari bilan tanishib chiqiladi.

  • Kuch elektronikasi qurilmalari quyidagi funksional operatsiyalarni o’z ichiga oladi:

  • fazalar soniga ko’ra – bir fazali, ikki fazali, uch fazali, olti fazali va x.k.;

  • tok turini o’zgartirish;

  • o’zgartirilgan kuchlanishning formasiga qarab – bir yoki ikki yarim davrli;

  • ventillarni transformator bilan ulanishiga qarab – nol nuqtali, ko’prikyoki kaskadli ulanishli;

  • o’zgargan energiya (o’zgarmas tok zanjirlarida o’zgarmas qismi, o’zgaruvchan tok tarmoqlarida birinchi garmonikasining ta’siri) parametrlarini rostlash;

  • manba va iste’molchining kuchlanishlari darajasining mosligi;

  • manba va iste’molchining potensial izolyatsiyasi (kerak bo’lganda);

  • manba va iste’molchining elektromagnit xossalari bo’yicha mos kelishi;

  • manba va iste’molchining har xil filtrlarga ishlashi.

Kuch elektronikasi qurilmalarining kirishida transformator va yarim o’tkazgichli boshqariladigan ventillar asosida, passiv (LC) elementlar va aktiv (tok yoki kuchlanishni talab qilingan formada rostlab boshqariladigan) filtrlarga ishlashi va boshqarish uslublari o’rganiladi.
Kuch elektronikasi qurilmalarining xarakteriga qarab, tekislovchi filtrlar va yuklama tanlanadi. Transformator va ventillarni to’g’ri tanlab olinishiga va fazalar soniga qarab, kerakli to’g’riligich tizimi tanlanadi.



Download 26.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling