Еlektr transporti elektr jihozlari
Elektr apparatlarining sinflari va umumiy tushunchalar
Download 26.35 Kb.
|
1-маьруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Bajaradigan funksiyasi boyicha
1.3. Elektr apparatlarining sinflari va umumiy tushunchalar
Elektr qurilmalaridagi boshqarish (kommutatsiyalovchi, himoyalovchi, nazorat-o'lchov, rostlovchi) funksiyasini bajaradigan elektrotexnik qurilmalarga elektr apparatlarideyiladi. Konchilik sanoatidagi barcha elektrotexnik qurilmalarda u yoki bu turdagi elektr apparatlari qo'llaniladi. Elektr apparatlari quyidagi sinflarga bo'linadi: - Bajaradigan funksiyasi bo'yicha: - kommutatsiyalovchi apparatlar (elektr zanjirlarini ulovchi va uzuvchi) Bu guruxga rubil'niklar, paketli o'chirgichlar, ajratgichlar, uzgichlar, qisqa tutashtirgichlar va boshqalar kiradi. Bu apparatlardagi kommutatsiyalovchi kontaktlarning borligi uning o'ziga xos konstruktiv xususiyati hisoblanadi. - o'ta kuchlanishni va qisqa tutashuv toklarini cheklovchi apparatlar Bu guruxga zaryadsizlagich va reaktorlar kiradi. Bunday apparatlarda o'tish jarayonlarini so'ndiruvchi elementning borligi uning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. - elektr yuritmalarni yoki boshqa elektr energiyasi iste'molchilariniboshqaruvchi ishga tushirish-rostlash apparatlari Bu guruxdagi apparatlarga kontaktorlar, ishga tushirgichlar, kontrollerlar, rezistorlar, reostatlar va boshqalar kiradi. Bu turdagi elektr apparatlari tez-tez ulash va uziz rejimida ishlaydi. - berilgan elektr va noelektrkattaliklarni nazoratlovchi elektr apparatlari. Bu guruhga rele va datchiklar kiradi. Bu appratlarda kirishdagi elektr yoki noelektr kattaliklar nazorat qilinadi va chiqishdagi kattaliklar o'zgartiriladi. - elektr zanjiri yoki sistemaning berilgan parametrlarini avtomatik ravishda stabillovchi yokirostlovchi apparatlar. Bu apparatlarga kuchlanish, tok, aylanish chastotasi va boshqa kattaliklarni stabillovchi apparatlar kiradi. - elektr zanjirlarining birlamchi kommutatsiya parametrlarini o'lchash uchun qulay bo'lgan parametrga o'zgartiruvchi o'lchash apparatlari. Bu apparatlarga tok transformatori, kuchlanish transformatori, kondensatorli kuchlanishni bo'lgichlar kiradi. Bu pparatlarda birlamchi kommutatsiyalanuvchi zanjirni, o'lchash zanjiridan izolyatsiyalovchi element bo'ladi. Download 26.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling