Еlektr transporti elektr jihozlari
Elektr apparatlarida ishlatiladigan asosiy materiallar
Download 26.35 Kb.
|
1-маьруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Mustaqil tayyorgarlik o’z-o’zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
1.5. Elektr apparatlarida ishlatiladigan asosiy materiallar
Elektr apparatlarida qo’llaniladigan materiallar elektr o’tkazuvchanlik hususiyatlariga ko’ra uchta asosiy guruhlarga ajratilgan: O’tkazgichlar, yarim o’tkazgichlar va dielektriklar (izolyatorlar). Kuch zanjirlaridagi elektr apparatlarini qurishda xilma-xil materiallar ishlatiladi: 1. O’tkazuvchan materiallar elektr toki oqadigan qismlari uchun - miss, alyuminiy, latunva boshqa rangli metallar; 2. Magnit materiallar magnit o'zak uchun maxsus po'lat va po’lat qotishmali materiallar; 3. Dielektrik materiallar yoki iolyatsiyalovchi materiallar tok oqadigan qismlarining elektr izolyatsiyalash maqsadida - sellyuloza, shisha, moy shimdirilgan paxta va moy shimdirilmagan ipak, sintetik materiallar, slyudali materiallar, asbest, sopol va yuqori temperaturaga bardosh beradigan plastmassa materiallar; 4. Kontaktli materiallar, kontaktlar uchun - kumush, mis, titan, grafit (ferromagnit), metalli-keramika va boshqalar; 5. Yoyga chidamli izolyatsiyali materiallar - yoyni so'ndirish qurilmasi uchun - asbest, keramika, maxsus issiqlikka bardoshli plastmassalar; 6. Yuqori solishtirma qarshilikli qotishmalar, rezistorlar uchun - konstantan, nixrom, xromal, fexral va boshqalar; 7. Bimetallar elektr toki ta'sirida metallarning chiziqli cho'zilishida qo'llaniladigan elementlar uchun; 8. Konstruksiyali materiallar - mexanik kuchlarni uzatish va elektr apparatlariga har xil shakllar berish uchun kerak bo'lgan metallar, plastmassalar va boshqalar ishlatiladi. Elektr apparatlarida qo’llaniladigan materiallar elektr o’tkazuvchanlik hususiyatlariga ko’ra yarim o’tkazgichli materiallardan kremniy, germaniy, galliy arsenidi yoki indiy birikmalari ko’proq ishlatiladi. Yarim o’tkazgichli kuch elementlari elektr tokini o’tkazish hususiyatiga ko’ra, metallar va izolyatorlardan ancha farq qiladi. Ularning bir tomonga o’tkazish hususiyatiga ko’ra, ko’pincha o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirishda, to’g’rilagich, elektron kalit (ventil) sifatida ishlatiladi. IV. Mustaqil tayyorgarlik o’z-o’zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar Fanning o’rni va ahamiyatini aytib bering. Fanning maqsadi nimalardan iborat? Fanning vazifasi nimalardan iborat? O’zbekistonda mobil energetika vositalarining elektr va elektron jihozlarini ishlab chiqarish rivojini aytib bering? Download 26.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling