Elektr toki ta’siridan jarohatlanishning asosiy sabablari:
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar:
Kuchlanish ostida bo‘lgan o‘tkazgichlarni qo‘l etmaydigan qilib bajarish
Elektr tarmoqlari o‘tkazgichlarini ayrim joylashtirish
Elektr qurilmalari korpusida elektr tokining hosil bo‘lishiga qarshi chora-tadbirlarni
Maxsus elektr muhofazalash tizimlaridan foydalanish
Elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora- tadbirlarini qo‘llash
Muhofaza vositalari shartli ravishda uch turga bo‘linadi: muhofaza qobiqli, to‘siq va saqlovchi vositalar. Muhofaza qobiqli elektrdan saqlovchi vositalar ikki turga bo‘linadi: a) asosiy muhofaza qobiqli vositalar - uzoq vaqt elektr kuchlanishlari ta’sirida ishlashi mumkin bo‘lgan va elektr kuchlanishidan muhofaza qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan vositalar. Ular bilan o‘tkazgichlarda elektrni uzmasdan ishlashga ruxsat etiladi. Bularga rezinadan qilingan qo‘lqoplar, dastasi muhofaza qobiqlari bilan jihozlangan elektr asboblari, muhofazalangan shtangalar, elektr o‘lchash asboblari, shuningdek, muhofazalangan kuchlanishni o‘lchash asboblari kiritiladi. b) yordamchi elektr tokidan muhofaza qiluvchi vositalar - elektr tokidan to‘liq himoya qila olmaydigan, lekin elektr ta’sirini qisman kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan vositalar. Ular asosiy vositalarga qo‘shimcha ravishda ularning muhofaza qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Bularga dielektrik kalishlar, gilamchalar oyoq ostiga qo‘yiladigan quruq taxtadan qilingan tagliklar va boshqalar kiradi. 2. To‘siq muhofaza vositalari elektr toki ta’siridan vaqtincha to‘sish yo‘li bilan muhofaza qiladi. Masalan, panjara sifatidagi to‘siqlar, tok taqsimlagich shkaflari va boshqalar. Ba’zi hollarda esa ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi. Bundan tashqari elektr ta’minoti vositalari baland simyog‘ochlarda va chuqur yer osti kabellari orqali amalga oshiriladi. Bular ham to‘siq vositalar vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |