3. Saqlovchi muhofaza vositalari ishchilarni nur, issiqlik va mexanik jarohatlardan saqlash vazifasini bajaradi. Mehnat xavfsizligi - bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta’sirini butunlay oldi olingan bo‘ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillarida ko‘proq jarohatlanadi. Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi.
MXST (mehnat xavfsizligi standartlari tizimi) – bu, mehnat jarayonida insonning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan talablar, me’yorlar va qoidalarni o‘z ichiga olgan o‘zaro bog‘liq standartlar majmuasidir.
U 5 turga bo‘linadi:
1. Tashkiliy – uslubiy standartlar.
2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari.
3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari
4. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari.
5. Ishchilarning ximoya vositalariga bo‘lgan talablari davlat standartlari.
Davlat standartlarida quyidagi signal ranglarini va vazifalarini belgilaydi - Qizil - «man etish», «stop», «yaqqol xavflilik».
2. Sariq - «diqqat», «mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida ogohlantirish». 3. Yashil - «xavfsiz», «ruxsat etiladi», «yo‘l ochiq». 4. Ko‘k - «informasiya». Ob’ektlarda texnika xavfsizligini ta’minlashni tashkillashtirish. - Hozirgi zamon xalq xo‘jalik ob’ektlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, stanoklar, ko‘tarish kranlari, ish bajarish konveerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning xammasi bu erda ishlayotganlar uchun ma’lum xavf tug‘dirishi, agar extiyot chora-tadbirlarini belgilab qo‘yilmasa, baxtsiz xodisalar sodir bo‘lishi mumkin.
- Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz xodisalarni kamaytirishning asosiy yo‘llaridan biri ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |