Elektr va texnika xavfsizligi asoslari Reja


Ob’ektlarda texnika xavfsizligini ta’minlashni tashkillashtirish


Download 0.73 Mb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1583858
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Шарипов шухрат

Ob’ektlarda texnika xavfsizligini ta’minlashni tashkillashtirish

  • Zamonaviy texnologiyalarda ko‘pgina ishchi uchun noqulay va zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bo‘lgan ishlar, detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa ishlarni bajarishda avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish muxim rol o‘ynaydi.
  • Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular ishining xavfli tomonlarini belgilaydi.
  • Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vujudga keladigan barcha xavfli vaziyatlarni xisobga olish va xavfsizlikni ta’minlash vositalari bilan jihozlash talab etiladi.
  • Mashina va mexanizmlar xavfsizligini ta’minlash uchun uni loyihalashda qanday ish bajarishini xisobga olgan holda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishni ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muhofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib boriladi. Shuni xisobga olish kerakki, muhofaza vositalari iloji boricha ko‘proq masalalarni echishga xizmat qilsin.
  • Mashina va mexanizmlarning puxta ishlashini ta’minlashdagi asosiy omillaridan biri, ularning holatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar va avtomatik boshqarish, hamda muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jixozlashdir.

Ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlik talablari:

  • Texnologik jarayonlarni tashkil etishni va bajarishni loyihalashda davlat standarti quyidagilarni hisobga olishni talab etadi:
  • - xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilari, materiallari bilan ishchilarni bevosita kontaktli aloqada bo‘lishini oldini olish;
  • - xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lganda kompleks avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni joriy etish;
  • - ishchilar xavfsizligini ta’minlovchi va avariya holatida ishlab chiqarish uskunalarini o‘chirish nazorati sistemasini o‘rnatish;
  • - xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilarini ish joylaridan chiqarish va uni zararsizlantirish.
  • Texnologik jarayonlarga xavfsizlik talablari esa texnologik hujjatlarda bayon etilishi kerak.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling