Elektr xossalari
Qo’sh elektron qavat va uning tuzilishi
Download 22.71 Kb.
|
OLLOID
Qo’sh elektron qavat va uning tuzilishi. Kolloid sistemalarning elektro-
kinetik hodisalarni o’rganish shuni ko’rsatdiki, shu sistema zarrachalari sirtida qo’sh elektron qavat hosil bo’ladi. Bu qavat fazalar chegarasida hosil bo’ladi, chunki bunda
zaryadning
taqsimlanishi kuzatiladi va zaryadlanganzarrachalar bir fazadan ikkinchi fazaga o’tadi. Shu sababli bitta fazaning sirtida zaryad paydo bo’ladi, ikkinchi fazada ham zaryad paydo bo’ladi, faqat uning ishorasi birinchi fazaning zaryadiga nisbatan qarama-qarshi bo’ladi. Demak, sistemaning fazalararo chegarasida qo’sh elektron qavat hosil bo’ladi. Qo’sh elektron qavatning tuzilishi haqida birinchi marta Gelmgols va Perren tushuntirib berdilar. Ularning fikricha qo’sh elektr qavat yassi kondensator kabi tuzilgan bo’lib, zaryadlar fazalar chegarasida ikkita qarama-qarshi ionlar qatori shaklida joylashadi. Qavatlar orasidagi masofa juda kichik bo’lib, uning qalinligi molekulalarning radiuslari kattaligiga yaqin bo’ladi. Natijada qarama-qarshi zaryadli ionlardan iborat qo’sh elektr qavat paydo bo’ladi. Bularning biri qattiq faza sirtidan, ikkinchisi-eritma muhitidan joy oladi. Bunday qo’sh elektr qavat ichida potensialning qiymati keskin o’zgarishi lozim. 1-rasmda Gelmgols va Perren qo’sh elektr qavatning tuzilish sxemasi keltirilgan (A). 76
1910 yilda Gui va 1913 yilda Chempen qo’sh elektr qavat tuzilishi haqida
yuqori qiymatga ega, qattiq fazadan uzoqlashgan sari qarshi ionlar konsentratsiyasi kamaya boradi. Qattiq faza bilan bog’langan qarshi ionlarning muvozanat holatda turuvchi dinamik diffuz qavati vujudga keladi. (-rasm, B). Rasmdan ko’rinadiki, potensial tik chiziq bo’ylab emas, balki egri chiziq bo’ylab pasayadi. -rasm. A-Gelmgolsning qo’sh elektr qavati. B-Gui va Chempenning qo’sh elektr qavati. 1924 yilda Shtern qo’sh elektr qavatning tuzilishi haqida o’zining nazariyasini taklif etdi. Bu nazariyada Gelmgols-Perren va Gui-Chempen nazariyalari birlashtirildi. Shtern fikriga muvofiq, qarshi ionlarning faqat bir qismi qattiq faza yaqinida Gelmgols qavatni hosil qiladi. Ionlarning qolgan qismi esa diffuz tartibda joylanadi. Undan tashqari, qo’sh elektr qavatning tuzilishiga qarshi ionlar tabiati katta ta’sir ko’rsatadi. Agar eritmaga elektrolit qo’shilsa, diffuz qavat 77
qisqarib, natijada qo’sh elektr qavat Gelmgols-Perren sxemasiga yaqin tuzilishga ega bo’lib qoladi. Download 22.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling