Elektr yoy pechlari Reja


Download 117.75 Kb.
bet5/5
Sana07.04.2023
Hajmi117.75 Kb.
#1340399
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektr yoy pechlari

Eritishning davomiyligi. Yirik pechlarda eritish 4-6 s, ularning 1,5-2,5 s o‘ta eritish davom etadi va 2-4 s.- oksidlash va metallni rafinasiyalash davom etadi. Pechlarning ish rejimlari va texnologik jarayonlar bosqichlari skrap turi, shixtalar. futerovkalar tarkibiga bog‘liqligiga ko‘ra, legirlovchi komponentlar qo‘llaniladi.


5. Poʻlat eritish pechlarining ish rejimi

Eritish jarayoni eritilayotgan po‘lat va temirning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Shuning uchun quyidagi jarayonlar bo‘ladi. 1) ishqorli jarayon; 2) oksidlanishsiz ishqorli jarayon (qayta eritish usuli); 3) kislotali jarayon. YOPEPlarda po‘lat eritish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat; mahsulotni yuklash, eritish, metall oksidlanishi (zararli aralashmalarning-fosfor, kislorod, oltingugurt, gazlar, uglerod, kremniy va boshqa elementlar ortiqchasini yo‘qotish), metallni tiklash, kerakli legirlovchi tarkibiy qismni (komponentni) unga kiritish, tozalash, metallni keyinchalik qoliplash uchun kovshga quyish (2 - rasm).


Elektr po‘lat olish uchun quyidagi asosiy materiallar kerak: 1) po‘lat temir-tersak, cho‘yan; 2) shlak hosil qiluvchi materiallar va flyuslar - ohak, plavikli shpat (rangsiz, shuningdek binafsharang, pushti rang kristallar hosil qiladigan mineral), shamot sinig‘i, kvarsli qum, bular esa ishqorli yoki kislotali shlakni paydo qiladi; 3) oksidlovchi moddalar – temir va marganetsli rudalar, kislorod;4) tiklagichlar (vosstanovniteli) – uglerodli materiallar, koks, ferrosilitsiy va alyuminiy - po‘latdan kislorodni ketkazish uchun xizmat qiladi; 5) legirlovchi qo‘shimchalar (ferroqotishmalar, nikel, alyuminiy).



.2– rasm. YoPEPda po‘lat eritish bosqichlari:
I – yuklash; II – erish;III – oksidlanish; IV – tiklanish
Ishqorli jarayonda ishqorli ohakli shlaklar ishlatiladi. Ishqorli jarayon bo‘yicha eritish texnologiyasi quyidagi bosqichlarga ega (20.2-rasm); a) eritish – erishni boshlanishidan metallni to‘la suyuq holatga o‘tguncha, metallni yuzasi shlak qatlami bilan qoplangan; b) oksidlanish (uglerod, fosfor, kremniy yo‘qotiladi); d) tiklanish – metall oltingugurtni ko‘p qismidan tozalanadi, oxirigacha ko‘chiradi, legirlovchi qo‘shimchalar qo‘shib tarkib berilgunga qadar, harorati esa – metallni quyish uchun zarur bo‘lgan darajagacha olib boriladi. Katta pechlarda eritish 4-6 soat davom etadi: 1,5 -2,5 soatgacha – erish (umumiy elektr energiya 60-80% sarflanadi), 2 dan 4 soatgacha – tozalash (oksidlanishni qo‘shib).
YOPEP tuzilishiga, uning elementlari va elektr ta’minot sxemasiga alohida talablar qo‘yiladi:
1) metall va shlak quvvati va haroratini egiluvchan boshqarish imkoniyati (2-rasmda YOPEPni namunali quvvat va kuchlanish grafigi ko‘rsatilgan);
2) pechda tiklanish atmosferani ushlab turadi;
3) erish davrida tez-tez bo‘ladigan qisqa tutashuvlar (q.t.) va yoy uzilishlariga pechning elektr jihozlarini tez ta’sirlanishi (reaksiya) q.t. tokini xavfsiz qiymatlarda chegaralash imkoniyati, me’yorli elektr holatidan hamma chekinishlariga qisqa vaqt ichida barham berish. Me’yorli holatini buzilishi, qoidadagidek, fazalar bo‘yicha yuz beradi. Buning uchun pechning har bir elektrodi ko‘tarish va tushirish hamda avtomatik rostlash mexanizmlari bilan jihozlangan bo‘lish kerak.
YOPEPda elektrodlar iste’mol mintaqasiga elektr energiyani olib kirish, shixtani eritish va zaruriy materiallar olish uchun xizmat qiladi. Elektrodlar sarflanadigan va sarflanmaydigan bo‘ladi. Ularga yetarli mexanik mustahkamlik, yuqori haroratlarga bardoshlik qobiliyati yuqori, kichik aktiv qarshilik talablari qo‘yiladi. Elektrodlarning uzunligi (1000-1300 mm) diametri (100-1200 mm)ga mos holda bo‘ladi. Ko‘mirli va grafit ko‘mirlilarga nisbatan grafitlangan elektrodlarda solishtirma qarshiligi kichik bo‘ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar.


1.Bolotov A.V.,SHepel G.A. «Elektrotexnologicheskie ustanovki» M.Vsshaya shkola. 1988god.
2.I.P.Evtyukova,L.S.Katsevich,N.M.Nekrasova,A.D.Svenchanskiy «Elektrotexnologicheskie ustanovki»pod redaktsiey A.D. Svenchanskogo, Energoatomizdat 1982 god.
3.I.I.Aliev «Spravochnik po elektrotexnike i elektrooborudovaniyu»
M.Vsshaya shkola.2000 yil.
4.M.M.Matbabaev «Elektrotexnologik qurilmalar»,o’quv qo’llanma FarPI 2002 iyl.
Download 117.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling