Vakuum yoy pechlari - ularda elektr yoyi inert gazlarda yoki elektrod va suyuq metall vannasi ortasida kichik bosim ostida eritilgan material (metall) parlarida hosil qilinadi (yonadi).
Plazmali pechlar va plazmali - yoy eritish qurilmalari - bunday qurilmalarda metallarga issiqlik ishlovi berish, elektr yoyi va u bilan biriktirilgan inert gazining plazma oqimi yordamida amalga oshiriladi.
Bilvosita Ishlovchi Elektr Yoy Pechlari
Bir fazali bilvosita EYOP larning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1- ichki qismi yuqori haroratlarga (otga) chidamli material bilan futerovkalangan gorizontal vanna; 2-gorizontal vannaning qarama - qarshi devorlariga ornatilgan elektrodlar. Elektrodlar sarf bolib borishi
mobaynida maxsus mexanizm yordamida bir-biriga qarab siljitib boriladi; 3 eritilayotgan material. Ushbu material vannaga pech korpusi 5 ning yon darchasi orqali yuklanadi; 4 - elektr yoyi.
4.4 rasm. Bilvosita EYOP ning sxemasi
Elektrodlar kuchlanish manbasiga ulangandan song maxsus mexanizm yordamida uchlari bir-biriga tutashtiriladi va buning oqibatida elektrodlar zanjirida tok hosil bolgach, bir-biridan uzoqlashtiriladi va natijada yoy hosil boladi. YOyda hosil bolgan issiqlik energiyasi ozlashtirilishi hisobiga metallarga issiqlik ishlovi beriladi yoki eritiladi. Metall eritib bolingach, odirish mexanizmi yordamida pech odiriladi va eritma maxsus idishlarga tokiladi. Pech quvvati manba tokini va elektrodlarni yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish natijasida yoy uzunligini ozgartirish hisobiga boshqariladi.
Pechning asosiy elektr jihozlarini pech transformatori, boshqarish reaktori va elektrodlarni uzatish mexanizmining elektr yuritmasi tashkil etadi.
Bilvosita EYOP lari 0,25 t va 0,5 t siimiga ega. Ular mos ravishda quvvati 175 - 250 va 250 - 400 kVA ga teng transformatorlar bilan taminlangan bolib, bunday pechlarda grafitlashtirilgan elektrodlar qollaniladi.
3.1.2. Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari
Bevosita EYOP lar asosan keyinchalik prokat sexlarida quyma yombi olish uchun moljallangan polat eritish uchun belgilangan. SHuningdek, olingan polat masuloti mashinasozlik zavodlarida fasonli quyish orqali metallurgik xom ashyo olish uchun ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |