4.2. Elektr yoyining asosiy xarakteristikalari
Elektr yoyining quvvatini bir necha usul bilan boshqarish mumkin. Quyidagi rasmda yoy quvvatini manba kuchlanishini ozgartirish orqali (a) va ballast qarshilikni ozgartirish orqali (b) boshqarish oqibatida olingan V.A.X. lar keltirilgan (4.2-rasm)
4.2 rasm
Yoy quvvatini manba kuchlanishi orqali boshqarishda ( bunda ballast qarshilik ozgarmas qiymatga ega) boshqarish I1, I2,I3 toklar va ularga mos U1, U2, U3 kuchlanishni
ozgartirish orqali amalga oshiriladi. Bunda manba kuchlanishini, masalan, transformator cholgamidagi oramlar sonini ozgartirish yoki generator qozgatish cholgami zanjiridagi qarshilikni ozgartirish orqali boshqarish mumkin ( 4.2 -rasm,a ).
Manba kuchlanishini ozgartirmagan holda ballast qarshilikni ozgartirish orqali boshqarishda zanjirga bosqichma-bosqich ozgartiriluvchan qarshilik ulash maqsadga muvofiq (4.2 -rasm,b).
Manba kuchlanishi va ballast qarshiligining ozgarmas qiymatlarida yoyga tasir etuvchi boshqa faktorlarni ozgartirish orqali yoy quvvatini boshqarish mumkin, bunga yoy yonayotgan muhit bosimini ozgartirish orqali yoki yoy uzunligini ozgartirish orqali boshqarish usullarini misol qilish mumkin.
Ozgaruvchan tok elektr yoyi ozgarmas tok elektr yoyidan farqli olaroq vaqt davomida ozgaruvchi kuchlanish va tokka ega. Bunda yoy razryadining tok va kuchlanishi bir davr mobaynida ikki marta nol qiymatdan otib, yonalishini ozgartiradi va elektrodlardagi qutblar ozgaradi. Bunday ozgarish jarayonining har birida yoyning ochishi va qayta yonishi kuzatiladi. YOyning ochishi esa elektrodlar orasidagi muhitda ikki jarayonning hosil bolishiga olib keladi, yani elektrodlar orasidagi muhit deionizatsiyasi (yoki muhitning dielektrik bikirligi ortadi) va elektrodlardagi potensialning ortishiga olib keladi. 4.3 - rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |