“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “E-learning” December-2020,Volume 4 issn2-181-1199


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/72
Sana28.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1018264
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
Bog'liq
Адебят

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili: Ta’limning masofaviy shakllari
elektron ta’lim, dars jarayonini vebinar texnologiyalari orqali tashkil etish 
metodikasi bo‘yicha mamlakatimiz, Rossiya va boshqa chet el olimlari tomonidan 
tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, O‘zbekistonda masofali o‘qitishni tashkil etish 
va uning metodikasi bo‘yicha N.M. Akamova, Z.B. Umaraliyevlar o‘z ilmiy-


“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
25
 
izlanishlarini olib borgan. Rus olimlaridan esa N.V. Kaygorodseva, V.B. Luzgina, 
A. A. Andreyev, O.I. Mesheryakova, O.Yu. Isakova, L.K. Raiskaya, N.A. 
Razumova, E. G. Azimov kabilar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. Chet el 
olimlaridan Ashley Deal, Carnegie Mellon, Laurence A. Rowe, Diane Harley, 
Peter Pletcher, Shannon Laurence, Patricia McKellar, Paul Maharg, Peace Corps
singari olimlar virtual haqiqat, webcasting tizim, texnologiyalar orqali ta’lim va 
uning xos xususiyatlari borasida ilmiy-izlanishlar olib borishgan.
Tadqiqot metodologiyasi. Agar o‘rganuvchida yetarlicha motivatsiya 
mavjud bo‘lsa, u chet tilini VR (virtual haqiqat) orqali o‘rganishi mumkin. 
O‘qitishda virtual haqiqat texnologiyasidan foydalanish o‘rganuvchida o‘quv 
materiallarini tushunarli va qiziqarli tarzda ma’lumot qabul qilishiga yordam 
beradi.
Media formatdan osongina foydalana olaydiganlar o‘quv jarayonini samarali 
va qiziqarli tarzda tashkil etishlari, o‘rganuvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan 
ehtiyojini kuchaytirishlari mumkin. (VR) virtual haqiqat texnologiyalari 
o‘quvchilarni mavzu olamiga singdiruvchi virtual makon hisoblanadi. Misol 
uchun, VR texnologiyasi bilan jihozlangan sinfda kimyoviy tenglamani o‘rganish, 
talabalar zarrachalar birikmasini kuzatish orqali kimyoviy reaksiyaga kirishishini 
real hayotda kuzatgandek kuzatadi. 
VR - voqelik texnologiyasining afzalliklari talabaga bevosita tajriba olish 
imkonini beradi, shuning uchun butun dunyo olimlari o‘quv jarayonida VR 
texnologiyadan foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi. 
VR o‘qituvchisining roli - texnologiya nafaqat idrok etish uchun ma’lumotni 
ekranlash, balki o‘qituvchilar uchun ko‘p funktsiyali panel sifatida ham 
qo‘llaniladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning displeylaridan signal oladi, materiallarni 
ishga tushiradi va ularning o‘qish jarayonini nazorat qiladi. Shuningdek, u sodir 
bo‘layotgan jarayonlarni tushuntirish yoki o‘quvchilar e’tiborini har qanday 
tafsilotlarga jalb qilish uchun uch o‘lchovli virtual haqiqatning bir qismiga 
aylanishi mumkin. 



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling