“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
28
muassasasidagi o‘quv jarayoni doirasida o‘qitish gumanitar yoki texnik fan
bo‘yicha masofaviy kurs bo‘lishi mumkin.
Ko‘pgina vebinarlar quyidagi sxema bo‘yicha o‘tkaziladi: birinchi bosqichda
foydalanuvchi tadbir sahifasida ro‘yxatdan o‘tadi, ikkinchi bosqichda ishtirokchi
elektron tasdiqlash va eslatma oladi, uchinchi bosqichda - onlayn tadbir
ishtirokchisi alohida havolani bosadi va veb-konferentsiyaga qo‘shiladi. Vebinarda
ishtirok etish jarayoni foydalanuvchisi bu o‘quvchi, talaba, yoki kompaniya xodimi
bo‘lishi mumkin. Vebinar yaratuvchisi - o‘qituvchi uchun onlayn seminar nima?
Vebinarni yaratishda o‘qituvchi bir nechta funktsiyalarni bajaradi: ijtimoiy
(dars uchun do‘stona muhit yaratadi), pedagogik (onlayn ta’lim uchun eng samarali
vositalarni tanlaydi), texnik (texnik yordamni yaxshi biladi, muammolarni mustaqil
hal qila oladi) va tashkiliy (onlayn uchrashuvni puxta rejalashtiradi va loyihalaydi).
Yuqoridagi funktsiyalardan kelib chiqqan holda, vebinar yaratuvchisi-
o‘qituvchi quyidagi kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak: notiqlik mahorati,
netiket bilimi, bilim, veb-konferentsiya uchun ixtisoslashtirilgan materiallarni
ishlab chiqish ko‘nikmalari. Shunday qilib, birinchi bosqichda o‘qituvchi kurs
uchun mualliflik materialini to‘playdi: interaktiv taqdimotlar yaratadi, foydali
o‘quv veb-resurslarini tanlaydi, darsliklarni tanlaydi va hokazo. Keyin u bitta veb-
seminar yoki vebinar tsiklining aniq tematik mazmunini, shuningdek ularning
ko‘rinishini aniqlaydi. Pedagogik maqsadga qarab, vebinar virtual davra suhbati,
ma’ruza, seminar, breyn-ring, virtual laboratoriya darsi yoki boshqa turdagi o‘quv
faoliyati bo‘lishi mumkin. Vebinar turi, o‘z navbatida, u tashkil etiladigan
platformani tanlashni belgilaydi. Hozirda vebinarlar uchun onlayn maydonlarning
katta tanlovi mavjud (masalan, iMind, Webinar.ru, Mirapolis Virtual Room va
boshqalar), ammo universali yo‘q.
Pedagogik nuqtai nazardan veb-seminarlar o‘tkazish uchun zamonaviy
platformalardan
foydalanish
imkoniyatlarini,
ularning
afzalliklari
va
kamchiliklarini ko‘rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |