“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
26
VR texnologiyalarini ishlab chiqishning o‘zi yetarli emas – ularni qo‘llash
sohalarini kengaytirish ham zarur. Bugungi kunda virtual haqiqat texnologiyalarini
har bir ta’lim bosqichida qo‘llasa bo‘ladi. U klassik formatni almashtirmaydi, balki
besh daqiqada masofaviy o‘qitishda turli shaharlarda o‘qituvchi va o‘quvchilarning
avatarlari virtual sinfda uchrashishi mumkin, bu to‘liq o‘quv jarayonini virtual
olamda o‘z ichiga oladi. VR texnologiyalaridan nafaqat chet tili darslarida, balki
fizika, kimyo, biologiya, matematika va tarix darslarida ham foydalanishimiz
mumkin.
Biroq, bu texnologiyalar o‘quvchilarni o‘zlarini jismonan mavjud his
qilishlariga va tildan maqsadli foydalanishga, turli xil real muhitlarini o‘rganishga
imkon beradi.
Chet tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash uchun virtual mavjudlik yoki
tajriba yaratishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar, jumladan videokonferensiya
aloqa tizimlari, VR muhitlari va robotlari qo‘llaniladi.
Keyingi juda keng va ko‘p qo‘llaniladigan atama “Vebinar” atamasidir.
Xo‘sh vebinar nima, uning afzalliklari nimadan iborat, dasturiy ta’minoti qanday
ishlaydi, uning roli va funksiyalari nimadan iborat degan savollarga javob izlab
ko‘raylik.
Vebinar - bu real vaqtda yoki yozib olingan onlayn seminar, onlayn
uchrashuv yoki veb-konferentsiya. Veb-seminarning nomi ikkita inglizcha "web"
va "seminar" so‘zlaridan kelib chiqqan. Aytish joizki, ilmiy maqolalarda “vebinar”
tushunchasini ifodalash uchun “veb-konferensiya”, “onlayn konferensiya”, “onlayn
seminar”, “onlayn uchrashuv” tushunchalaridan foydalaniladi.
Vebinar ishtirokchilari kimlar? Bir tomondan, ular tinglovchilar - talabalar
(2 kishidan 100 yoki undan ortiq kishigacha bo‘lgan auditoriya), boshqa tomondan,
ma’ruzachi yoki 2 ta ma’ruzachi bo‘lib, ular o‘z navbatida tinglovchilarga
ma’lumot bloklarini taqdim etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |