“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
24
Ключевые слова: иностранный язык, профессиональное образование,
онлайн-образование,
вебинар
технология,
виртуальная
реальность,
технология, конференция, тренинг, семинар, платформа
Key words: foreign language, distance education, online education, webinar
technology, virtual reality, technology, conference, training, seminar, platform
Kirish. Bugungi kunda taʼlim sohasida koʻplab islohotlar amalga
oshirilmoqda, davlatimiz rahbari tomonidan asosiy eʼtibor chet tilini
takomillashtirish chora-tadbirlariga qaratilmoqda. So‘nggi yigirma yil ichida chet
tili barcha turdagi muloqotga o‘z ta’sirini kursatyotganini guvohi bo‘lmoqdamiz.
Ayniqsa, davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoyevning 2018-yil 10-dekabrda
imzolagan “Chet tillarni o‘rganishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g’risida”gi qaroridan so‘ng chet tilini o‘qitish barcha bosqichlarda
modernizatsiya qilishning asosiy omiliga aylandi, bu esa mamlakatimiz miqyosida
chet tilini o‘qitish va o‘rganishning ahamiyatini yanada kengaytirdi [1,177].
COVID-19 pandemiyasi vaqtida ham ta’lim jarayoni bir joyda tuxtab
qolmadi, barcha bosqichdagi ta’lim muassasalari karantin mobaynida masofaviy
ta’lim tizimini joriy etishdi. Bu davr mobaynida onlayn muloqot, shuningdek,
onlayn ta’lim hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Onlayn ta’limni ta’lim
jarayoniga
integratsiya
qilish,
shuningdek,
onlayn
o‘qitish usullarini
takomillashtirish va o‘zgartirishga katta ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ldi. Bunda
albatta yangicha yondashuv, boshqacha metodika talab etilishi kuzatildi. Yangidan
yangi so‘zlar va iboralar kundalik hayotimizda ishlatila boshlandi, masalan: virtual
haqiqat (VR), vebinar, onlayn konferensiya, moodle, onlayn ta’lim, moderator,
spiker va hohazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |