“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
25
izlanishlarini olib borgan. Rus olimlaridan esa N.V. Kaygorodseva, V.B. Luzgina,
A. A. Andreyev, O.I. Mesheryakova, O.Yu. Isakova, L.K. Raiskaya, N.A.
Razumova, E. G. Azimov kabilar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. Chet el
olimlaridan
Ashley Deal, Carnegie Mellon, Laurence A. Rowe, Diane Harley,
Peter Pletcher,
Shannon Laurence, Patricia McKellar, Paul Maharg, Peace Corps
singari
olimlar virtual haqiqat, webcasting tizim, texnologiyalar orqali ta’lim va
uning xos xususiyatlari borasida ilmiy-izlanishlar olib borishgan.
Tadqiqot metodologiyasi. Agar o‘rganuvchida yetarlicha motivatsiya
mavjud bo‘lsa, u chet tilini VR (virtual haqiqat) orqali o‘rganishi mumkin.
O‘qitishda virtual haqiqat texnologiyasidan foydalanish o‘rganuvchida o‘quv
materiallarini tushunarli va qiziqarli tarzda ma’lumot qabul qilishiga yordam
beradi.
Media formatdan osongina foydalana olaydiganlar o‘quv jarayonini samarali
va qiziqarli
tarzda tashkil etishlari, o‘rganuvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan
ehtiyojini kuchaytirishlari mumkin. (VR) virtual haqiqat texnologiyalari
o‘quvchilarni mavzu olamiga singdiruvchi virtual makon hisoblanadi. Misol
uchun, VR texnologiyasi bilan jihozlangan sinfda kimyoviy tenglamani o‘rganish,
talabalar zarrachalar birikmasini kuzatish orqali kimyoviy reaksiyaga kirishishini
real hayotda kuzatgandek kuzatadi.
VR - voqelik texnologiyasining afzalliklari talabaga
bevosita tajriba olish
imkonini beradi, shuning uchun butun dunyo olimlari o‘quv jarayonida VR
texnologiyadan foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi.
VR o‘qituvchisining roli - texnologiya nafaqat idrok etish uchun ma’lumotni
ekranlash, balki o‘qituvchilar uchun ko‘p funktsiyali panel sifatida ham
qo‘llaniladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning displeylaridan signal oladi,
materiallarni
ishga tushiradi va ularning o‘qish jarayonini nazorat qiladi. Shuningdek, u sodir
bo‘layotgan jarayonlarni tushuntirish yoki o‘quvchilar e’tiborini har qanday
tafsilotlarga jalb qilish uchun uch o‘lchovli virtual
haqiqatning bir qismiga
aylanishi mumkin.