“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “E-learning” December-2020,Volume 4 issn2-181-1199


“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/72
Sana28.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1018264
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
Адебят

“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
26
 
VR texnologiyalarini ishlab chiqishning o‘zi yetarli emas – ularni qo‘llash 
sohalarini kengaytirish ham zarur. Bugungi kunda virtual haqiqat texnologiyalarini 
har bir ta’lim bosqichida qo‘llasa bo‘ladi. U klassik formatni almashtirmaydi, balki 
besh daqiqada masofaviy o‘qitishda turli shaharlarda o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
avatarlari virtual sinfda uchrashishi mumkin, bu to‘liq o‘quv jarayonini virtual 
olamda o‘z ichiga oladi. VR texnologiyalaridan nafaqat chet tili darslarida, balki 
fizika, kimyo, biologiya, matematika va tarix darslarida ham foydalanishimiz 
mumkin.
Biroq, bu texnologiyalar o‘quvchilarni o‘zlarini jismonan mavjud his 
qilishlariga va tildan maqsadli foydalanishga, turli xil real muhitlarini o‘rganishga 
imkon beradi. 
Chet tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash uchun virtual mavjudlik yoki 
tajriba yaratishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar, jumladan videokonferensiya 
aloqa tizimlari, VR muhitlari va robotlari qo‘llaniladi.
Keyingi juda keng va ko‘p qo‘llaniladigan atama “Vebinar” atamasidir. 
Xo‘sh vebinar nima, uning afzalliklari nimadan iborat, dasturiy ta’minoti qanday 
ishlaydi, uning roli va funksiyalari nimadan iborat degan savollarga javob izlab 
ko‘raylik.
Vebinar - bu real vaqtda yoki yozib olingan onlayn seminar, onlayn 
uchrashuv yoki veb-konferentsiya. Veb-seminarning nomi ikkita inglizcha "web" 
va "seminar" so‘zlaridan kelib chiqqan. Aytish joizki, ilmiy maqolalarda “vebinar” 
tushunchasini ifodalash uchun “veb-konferensiya”, “onlayn konferensiya”, “onlayn 
seminar”, “onlayn uchrashuv” tushunchalaridan foydalaniladi.
Vebinar ishtirokchilari kimlar? Bir tomondan, ular tinglovchilar - talabalar 
(2 kishidan 100 yoki undan ortiq kishigacha bo‘lgan auditoriya), boshqa tomondan
ma’ruzachi yoki 2 ta ma’ruzachi bo‘lib, ular o‘z navbatida tinglovchilarga 
ma’lumot bloklarini taqdim etadilar. 



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling