“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
30
taqdimotni onlayn tarzda interaktiv muhokama qilishga yordam beradi.
O‘quvchilarga muhokama qilish uchun ma’lumot (matn, grafik, audio yoki video)
taqdim etish imkonini beruvchi yuqori darajadagi interaktivlik ta’minlanganligi
sababli o‘quv jarayoni barcha uchun yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi.
Vebinar dasturiy ta’minot xususiyatlarining samaradorligini aniqlash uchun
biz quyidagi savollarni berishimiz mumkin:
- Veb-ilova (brauzer asosida) yoki o‘rnatish uchun dasturiy ta’minot kerakmi?
- Foydalanuvchilarning maksimal soni qancha?
- Dasturiy ta’minotning narxi va funktsiyalari bo‘yicha qancha turadi?
Bugungi kunda ham ushbu texnologiyadan o‘qitish uchun foydalanish hali
boshlang’ich bosqichida, deb ishoniladi, biroq, yangiliklar va ko‘ngilochar o‘yinlar
misolida shuni kuzatishimiz mumkinki, o‘qituvchilik amaliyotida ham
foydalanishning o‘sishi tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda.
O‘qitishda, ayniqsa kattalar ta’limida veb-seminarlardan foydalanish
bilimlarni yaxshilash, shuningdek, malaka oshirish uchun katta imkoniyatlar
ochadi.
Bundan tashqari, veb-seminarlar jonli va interaktiv bo‘lishi mumkin, bu ularga
sinfdagi faoliyatni taqlid qilish yoki o‘quvchilarga materialni o‘zlariga qulay
vaqtda tomosha qilish va o‘qitish imkonini beradi, bu esa o‘quv jarayonini juda
moslashuvchan va shuning uchun samarali qiladi.
Ushbu texnologiyalarning ta’siri yangi texnologiyalarga xos bo‘lgan yangi
jarayonlar va ta’lim uslublarini ishlab chiqishda eng samarali bo‘lishi mumkin va
ushbu maqolada vebinarlarning imkoniyatlariga e’tibor qaratiladi. Shunday qilib,
zamonaviy o‘quv jarayonida veb-seminarlardan foydalanish o‘zining afzalliklariga
ega: arzon narx va yuqori o‘rganish samaradorligi. Hozirgi vaqtda ushbu Internet
texnologiyasi masofaviy ta’lim yoki o‘z-o‘zini o‘qitish uchun resurs sifatida joriy
etilmoqda.
Shubhasiz, veb-seminarlar ko‘proq e’tiborni, kompyuter texnologiyalari
ko‘rinishidagi texnik yordamini internetga ulanishini talab qiladi. Bu, shuningdek,
Do'stlaringiz bilan baham: |