«elektronika va avtomatika» fakulteti


Download 426 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi426 Kb.
#1040573
Bog'liq
2 5467791292509463685 Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI
«ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH» KAFEDRASI
«Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari» fanidan
«Suyuqlikli bosim o’lchash asboblarining tuzulishi va o’chash usullarining tahlili» mavzusida

Bajardi: 12S-20 TJA guruh talabasi
Yulyaxshiyeva M. K.
Rahbar: ass. Ortiqov E.E.

Toshkent – 2022
MUNDARIJA




Kirish……………………………………………………………




I BOB

NAZARIY QISM ………………………………………………...




1.1.

Bosim o‘lchash asboblari....………………….…………………...




1.2.

Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblari………………………………




1.3.

Naychasimon prujinali asboblarning ishlash printsipi…………….




1.4.

Bosim o’lchash asboblarining taqqoslanishi va ’rnatilishigaqo’yilgan asosiy talablar




II Bob

O’lchash to’g’risida umumiy ma’lumotlar, vositalari, tizimlari va o’lchash usullari …………..…………………………………




2.1.

O’lchash to’g’risida umumiy ma’lumotlar




2.2.

O’lchash vositalari va tizimlari…………..……...………….……




2.3

O’lchash usullari………………………………………………...




Xulosa …………………………………………..…………………………….




Adabiyotlar ro‘yxati ………………………………………………………….




KIRISH
So‘nggi paytda ishlab chiqarish, energetika, kimyo va boshqa sanoat sohalarida texnologik jarayonlarning jadal sur'atlar bilan rivojlanishini kuzatmoqdamiz. Ishlab chiqarish va issiqlik energetikasi sohasida birlamchi quvvatlarni oxirgi yillarda 10-15 marta oshishi, texnologik jarayonlarni tezligini ham oshirmoqda, ulardagi o‘lchanayotgan parametrlar soni ham ortib bormoqda.


Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy o‘lchash vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. O‘lchash texnologik jarayonlarni, qurulmalarni ishonchli ishlashini, ishlab chiqarish xavfsizligini, masalan, issiqlik elektr stansiyalarining ob'ektiv nazoratini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligi va energiya tejamkorligi, ayniqsa katta quvvatli qurilmalarning muammolarini yechishda texnologik jarayonlar nazorati muhim ahamiyatga ega.
Har qanday o‘lchash natijasi, xatoligi, o‘lchash jarayonining parametrlaridan qat'iy nazar, o‘lchash vositasiga ham bevosita bog'liqdir. Issiqlik texnikasi qurilmalarining ishlashini, o‘lchashni bajarish, o‘lchash vositalari va usullarini bilmasdan turib o‘rganish mumkin emas. Turli o‘lchash vositalari mavjudligi o‘lchash texnikasini to‘g'ri tanlashni talab qiladi, u berilgan sharoitlarda nazoratni kerakli aniqligi bilan ta'minlaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda o‘lchash aniqligi va o‘lchash vositalarining ishonchli ishlashi muhim ahamiyatga ega.
Issiqlik va elektr energiyasini tejash masalalariga bizning davlatimizda katta ahamiyat berilayotganligi va so‘ngi paytlarda qator davlat ahamiyatiga ega qarorlar qabul qilinayotganligini inobatga olsak, ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatilayotgan o‘lchov asboblari orasida harorat o‘lchash vositalari muhim ahamiyatga egaligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. “Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari” fani sanoatda, jumladan barcha korxonalarimizda keng qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari bo‘lmish harorat, bosim, sarf, sath va gaz tarkibini tahlillagich qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni o‘lchash xatoliklari to‘g'risida amaliy va nazariy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi.
I.BOB. NAZARIY QISM.
1.1. Bosim o‘lchash asboblari.
Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha bosim kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi tekis taqsimlangan kuch bosim deb ataladi:

bu yerda, S – tekislik yuzi; F – shu tekislik yuziga tik ta’sir qiladigan bosim kuchi.
Bosim xalqaro birliklar tizimida paskal (Pa) bilan o‘lchanadi. 1 Pa qiymati jihatidan kuchga perpendikulyar bo‘lgan 1 m2 yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuch hosil qilgan bosimga teng (N/m2). Karrali kPa va MPa birliklar keng qo‘llaniladi, kgk/sm2, bar, kgk/m2 (mm suv ust.), mm sim. ust. kabi birliklardan ham foydalanish mumkin. Quyida ko‘p uchraydigan bosim birliklarining nisbati keltirilgan.
Asbobning termoballon, kapillyar va manometrik prujinasi ishchi modda, asosan, gaz (gazli termometrlarda) va suyuqlik (suyuqlikli termometrlarda) bilan boshlang’ich bosimda to‘ldiriladi.

Bosimning turli o‘lchov birliklari orasidagi nisbati.



Birliklar

Pa

Bar

kgk/sm2

kgm/m2 (mm suv. ust)

mm sim. ust.

1 Pa

1

10-5

1,0197·10-5

0,10197

7,6006·10-5

1 Bar

105

1

1,0197

1,0197·104

750,06

1 kgk/sm2

9,8066·104

0,98066

1

104

735,56

1 kgk/m2 (mm.suv. ust)

9,8066

0,98066·10-4

10-4

1

7,3566·10-4

1 mm sim. ust

133,32

1,3332·10-3

1,33595·10-3

13,595

1

O‘lchashda mutlaq, ortiqcha, atmosfera va vakuum bosimlar mavjud. Pmut – mutlaq bosim – modda holatining (suyuqlik, gaz, bug‘) parametri bo‘lib, Patm – atmosfera va Port – ortiqcha bosimlar yig‘indisidan iborat:


Pmut =Patm + Port
Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
Port = Pmut - Patm
Atmosfera bosimi – yer atmosferasidagi havo ustunining bosimi; uning qiymati barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun bu bosim ko‘pincha barometrik bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa, vakuum (siyraklanish) sodir bo‘ladi.
Pv = Patm - Pmut
Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi.

1.2. Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblari.


Bu asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli ish suyuqliklari, ko‘pincha simob, transformator moyi, suv va spirt bilan to‘ldiriladi.
Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llaniladi. Ularda ish suyuqligi sathlari ular ustidagi bosim teng bo‘lganda mos tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa, suyuqlik sathi shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosi­mi bilan muvozanatlashtiriladi. Ko‘pgina suyuqlikli monome­trlar ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega. O‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. Shunday suyuqlikli asboblar gruppasi borki, ularda ish suyuqligining sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning o‘zgarishi po‘kakning siljishiga olib keladi yoki boshqa qurilma xarakteristikalarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu xarakteristikalar yo raqamli qurilmalar yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, yoki uning qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi.
I kki naychali manometrlar. Bosim va bosimlar ayirmasini (farqini) o‘lchash uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali simon manometrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi. Ikki vertikal tutash naycha 1, 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga mahkamlangan bo‘lib, unga shkala 4 mahkamlangan.
Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi ikkinchi qismdagi bosim bilan mos kelsa, sistema muvozanat holatda bo‘ladi. Shunday qilib, quyidagi ifodani yozish mumkin:

bu yerda Rabs—o‘lchanayotgan bosim, Pa;
Patm— atmosfera bosimi, Pa;
s — naycha kesimining yuzi, m3;
N — suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m;
ρ — suyuqlikning zichligi, kg/m3;
ρ1 — manometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m3;
g — tezlanish kuchi, m/s2.
Demak,


Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz bo‘lsa, u holda:

Suyuqlik ustupi balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini sanab chiqish kerak (bitta tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko‘payishini va ularning qiymatini ko‘shish lozim, ya’ni

Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli dif­ferensial ikki naychali manometrning bir tomoniga (musbat) katta bosim, ikkinchi tomoniga esa (manfiy) kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tomonlardagi suyuqlik sathining farqi o‘lchanayotgan bosimlar farqiga proporsional (∆P):



Manometrlarda kapillyar kuchlarning ta’siridan xalos bo‘lish uchun ichki diametri 8–10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar ish suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin.
Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbai mahalliy erkin tushish tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o‘lchanayotgan muhitning zichligi ρ ham ρ1, h1 va h2 balandliklarni o‘lchashdagi xatolardan iborat.
Bir naychali (kosali) asboblar. Bu asboblar ikki naycha­li asboblarning bir turi bo‘lib, ikkinchi naycha o‘rniga keng idish (kosa) ishlatiladi. Ortiqcha bosim ta’sirida kosadagi suyuqlik sathi pasayib, naychadagi sath oshadi. Bu hol uchun quyidagini yozish mumkin:

Kosali manometrning afzalligi shundaki, naychadagi suyuklik meniskining holati bir marta hisoblanadi. Bu asbobning kamchiligi idishdagi suyuqlik saghining pasayishi natijasida N ga teng xato sodir bo‘lishidadir. Aniq asboblar uchun quyidagi munosabat o‘rinli:

bunda: S — idish kesimining yuzi, m2; s— naycha kesimining yuzi, m2.

Agar nisbat dan ortiq bo‘lmasa, N kattalikni e’tiborga olmasa bo‘ladi:

Suyuqlikli manometrlar bilan o‘lchanadigan bosimning yuqorigi o‘lchash chegarasi asbobning katta kichikligiga bog‘liq.
Tajribada ular 0,196 MPa (2 kGk/sm2) dan oshmaydigan bosimni o‘lchash uchun ishlatiladi.
M ikromanometrlar. Juda kichik bosimlarni o‘lchash uchun og‘ma naychali mikromanometrlar ishlatiladi. Naycha og‘ma vaziyatda bo ‘lgani sababli o‘lchanayotgan bosimni muvozanatlaydigan suyuqlik ustunining uzunligi quyidagicha bo‘ladi:

bunda n — suyuqlik meniskining shkala bo‘yicha siljishi, m.
Bunday asboblar 160—1000 Pa chegaradagi bosimlarni o‘lchashga mo‘ljallangan, ularning xatosi ±1,0 protsentdan oshmaydi.
Bosimni, uning kamayishini yoki farqini keng chegaralarda o‘lchashga to‘g‘ri kelgan hollarda o‘zgaruvchi og‘ish burchakli mikromanometrlardan foydalaniladi. Mikromanometr MMN shunday asboblardan biri bo‘lib, 0,5 va 1,0 aniqlik klassi bilan, 0—2,4 kPa o‘lchash chegarasiga mo‘ljallab chiqariladi.
Yuqorida keltirilgan suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish tajribasida keng qo‘llaniladi. Ularning kamchiliklari—ko‘rsatishlarni masofaga uzatish mumkin emasligi, o‘lchash chegaralarining kichikligi, ko‘rsatishlarning yaqqol emasligi va mexanik mustahkam emasligidan iborat.
Texnik o‘lchashlarda kombinatsiyalashgan suyuqlikli—mexa­nik asboblar qo‘llaniladi. Ular yuqorida ko‘rilgan asboblar­dan farqli o‘laroq ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega emas. Ularga po‘kakli (qalqovichli), qo‘ng‘iroqli va halqali asboblar kiradi.
1.3. Naychasimon prujinali asboblarning ishlash printsipi.
Oʼlchanayotgan bosimning elastik deformatsiya kuchi bilan muvozanatlashuviga asoslangan. Аylana yoyi boʼyicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon prujina ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning oʼzgarishi natijasida oʼzining bukilishini oʼzgartiradi (5.2-rasm, a).
Oʼlchanayotgan ichki va tashqi atmosfera bosimlari farqi taʼsirida naychali prujina deformatsiyalanadi: naycha kesimining kichik oʼqi kattalashadi, katta oʼqi kichiklashadi, bunda prujina deformatsiyalanadi va uning erkin uchi 1...3 mm ga siljiydi. 5 MPa gacha boʼlgan bosim uchun naychali prujinalarni jezdan, bronzadan, undan ham yuqori bosimlar uchun – legirlangan poʼlat va nikel qotishmalaridan tayyorlanadi.
5.3-rasmda bir oʼramli prujinali manometrlarning kinematik sxemasi keltirilgan. Bosim oʼzgarishi natijasida prujina 3 uchnning siljishi tortqi 5 orqali 6 sektorga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli ilashma yordamida tribka 2 ning aylanishiga olib keladi. Trybkaning oʼqiga koʼrsatuvchi strelka 4 biriktirilgan.
Naychaning boʼsh uchida siljish uncha katta boʼlmagani sababli, koʼpincha koʼp oʼramli naychasimon prujinalar ishlatiladi. Koʼp oʼramli (gelikoidal) naychasimon prujijinali manometrlarning ishchi organi olti, toʼqqiz oʼramli yassi naychadan hosil qilingan silindrik spiral shaklga ega. Gelikoidal naychasimon prujinali manometrlar oʼziyozar va koʼrsatishlarni masofaga uzatuvchi boʼladi.
Naychasimon prujinali manometrlar koʼrsatish, yozish, signal berish va koʼrsatishlarni masofaga uzatish uchun moʼljallangan. Hozir pnevmatik va elektr datchiklarning unifikatsiyalangan tizimga kiritilgan prujinali asboblarning koʼp turlari ishlab chiqilmoqda. Bu asboblar standart pnevmatik, elektr signallarda ishlaydigan ikkilamchi asboblar va maxsus qurilmalar majmuasida qoʼllanadi. Аsbobsozlik sanoati 0,1 dan 1000 MPa (1...10000 kgk/sm2) gacha boʼlgan bosimlarni oʼlchaydigan asboblar ishlab chiqaradi. Texnik manometr, vakuummetr va manovakuummetrlar 1; 1,6; 2,5 va 4 aniqlik sinfiga ega. Namunaviy asboblarning aniqlik sinfi 0,16; 0,25 va 0,4. Bosim o’lchash asboblarining taqqoslanishi va o’rnatilishiga qo’yilgan asosiy talablar.
1.4. Bosim o’lchash asboblarining taqqoslanishi va o’rnatilishiga qo’yiladigan asosiy talablar.
Bosim o’lchash asboblari boshqa o’lchash asboblari kabi ulardan to’g’ri foydalanishni ta’minlaydigan sharoitlarda ishlatilishi lozim. Bosim o’lchash asboblariga yuqori haroratli o’lchanayotgan muhitning ta’sir etishini bartaraf qilish lozim, chunki bu asbobning sezgir elementiga ta’sir etib qo’shimcha xatoliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, Bosim o’lchash joyi va asbob orasi issiqlik izolyatsiyasiga ega emas, ichki diametric 6-10 mm ni tashkil etadigan ulanish naychasi bilan ta’minlanishi lozimbo’ladi/Ulanish naychasining uzunligi shunday tanlanishi lozimki, unda naychaning harorati asbob yaqinida atrofdagi havo haroratiga deyarli teng bo’lishi lozim.
Suv bug’ining bosimini o’lchashda oddiy ulanish naychasi har doim ham manometrni yuqori haroratlardan himoya qila olmaydi. Agarda manometer o’lchash nuqtasidan yuqoriroq joylashgan bo’lsa, unda bug’ naychada kondensatlanadi. Kondensat naychada oqa boshlaydi, naycha va asbobning sezgir elementi har doim yuqori haroratli bug’ bilan kondensatlanib va uning ichki qismini to’ldirib qo’yadi. Shuning uchun, bug’ning bosimini o’lchashda manometer oldida halqasimon sifon o’rnatiladfi, unga asta sekin, atrof muhit haroratigacha soviydigan kondensat toplanadi va u suv to’sig’i vazifasini bajaradi.
Manometrlarning bevosita oldida uch yolli ventilllar o’rnatilishi ko’zda tutiladi, ular manometrni o’lchash uchun, manometrni atmosfera bilan bog’lab nolni tekshirish, nazorat manometirini parallel ulanishini va ulash liniyasini puflashni ta’minlaydi. Uzun liniyalar mavjudligida qo’shimcha ventillar o’lchash vositasining ulanish joyida o’rnatiladi, bu esa avariyalarda ulanish liniyalarini o’chirish uchun xizmat qiladi.
Havoning haroratida qotib qoladigan agressiv (tajavuskor) muhitlar )misol uchun, ayrim mazut turlari) bosimni o’lchashda bevosita bosim o’lchash joyida ayiruvchi idishlar o’rnatiladi. Ayiruvchi idishlarning taxminan yarmi o’lchanyotgan muhit bilan, ulanuvchi liniyasi esa o’tkazyotgan suyuqlik asosan, suv bilan to’ldiriladi.Ayiruvchi idishlarning pastki qismida nisbatan og’ir (zichligi kata) suyuqlik joylashtiriladi.
Ulash liniyasi shunday joylashish kerakki, unda suyuqliklar bilan to’ldirilgan liniyalarda gaz havo pufaklarining hosil bo’lishi yoki gaz bilan to’ldirilgan liniyalarda esa kondensat hosil bo’lishi bartaraf etilishi lozim. Buning uchun ulash liniyalar qiya qilib o’rnatiladi bu esa uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan gaz, havo va kondensatni chiqarib yuborishga imkon beradi.
Chang bilan aralashgan gazli muhit bosimini o’lchash hollarida o’chash joyining oldida maxsus chang yutgichlar o’rnatilishi ko’zda tutiladi.
Bosim olchash asboblari ko’rsatkichlari yuqori aniqlik klassiga ega bo’gan saboblarning ko’rsatgichlariga solishtirish yo’li bilan qiyoslanadi. Namunali sabobning yuqori o’lchash chegarasi tekshirilayotgan asbobning yuqori o’lchash chegarasidan yuqori yoki unga teng bolishi lozim. Agarda qiyoslangan asbobning ruxsat etilgan mutlaq xatoligi D bilan qiyoslanayotgan belgi uchun tavsiflansa, unda standartlarga ko’ra, shunga ta’luqli namunali asbobning asosiy mutlaq Do xatoligi quyidagicha bo’lishi lozim.
Agarda namunali va qiyoslanayotgan asboblarning yuqori o’lchash chegaralari bir xil bo’lsa, unda (74) tengsizlik namunali sabobning aniqlik klassi qiyoslanayotgan asbobnikiga qaraganda kamida 4 baravar yuqori bo’lishini ko’rsatadi.
Kislorod bosimini o’lchash uchun mo’ljallangan manometrni moyda qiyoslash mum,kin emas, chunki tekshirishdan so’ng qolgan moy yuqi kislorod muhitida portlashni keltirib chiqishi mumkin.
Kislorod bosimini o’lchash uchun mo’ljallangan maxsus manometrlarning siferblatida, standartlarga ko’ra, «Kislorod» yoki «Moyga xavfli» deb yoziladi. Undan tashqari, bunday manometrlarning korpusi havo rangga bo’yaladi.
Texnik asboblarning qiyoslanishi ma’lum, tegishli aniqlik klassiga ega namunali asboblarning ko’rsatkichlari bilan solishtirish yo’li orqali, ikkala asbobni bir xil bosimli muhitga ulanishi bilan amalga oshiriladi.
Vakuummetrlar, naprometrlar va tyagomerlarning qiyoslanishi ma’lum, tegishli aniqlik klassiga ega bo’gan suyuqlikli shisha asboblar ko’rsatgichlari bilan ularning ko’rsatgichlarini solishtirish yo’li orqali amalga oshiriladi.
II.BOB. O’lchash to’g’risida umumiy ma’lumotlar, vositalari, tizimlari va o’lchash usullari
2.1. O’lchash to’g’risida umumiy ma’lumot
– oʼlchash asboblarini berilgan oʼlchash diapazoniga mos ravishda toʼgʼri tanlash qoidalari va usullarini;
texnologik oʼlchashlar va asboblarga doir loyiha hujjatlarini tayyorlashni oʼrgatishdan iborat.
Oʼlchash – tajriba yoʼli bilan moddiy obʼektlarning ixtiyoriy miqdoriy tavsiflarini olish.
Oʼlchash jarayoni oʼzida maxsus texnik vositalar yordamida tajriba orqali fizik kattaliklarning qiymatlarini topish jarayonini namoyon etadi [1–3].
Koʼpgina hollarda oʼlchash jarayonida oʼlchanayotgan kattaliklarni son qiymati 1 ga teng va fizik kattalikning birligi yoki oʼlchov birligi deb ataluvchi boshqa kattaliklar bilan solishtirish amalga oshiriladi.
Oʼlchash natijasi – bu kattalikni oʼlchash natijasida, masalan uni oʼlchov birligi bilan solishtirish orqali topilgan son qiymati. Oʼlchashning asosiy tenglamasi quyidagi koʼrinishga ega:
bu yerda Q – oʼlchanayotgan fizik kattalik; q – oʼlchov birligi; R – oʼlchash natijasi yoki oʼlchanayotgan kattalikning son qiymati.
Fizik kattalikning birligi – fizik kattalikning bir xil tabiatli fizik kattaliklarni miqdoriy baholash uchun asos sifatida qabul qilingan oʼlchami. Fizik kattaliklarning birliklarini xalqaro masshtabda unifikatsiyalash maqsadida Xalqaro birliklar tizimi SI yaratilgan.
Oʼlchanayotgan fizik kattaliklarning son qiymatini olish usuliga koʼra barcha texnik oʼlchashlarni bevosita (obʼekt bevosita oʼlchov birligiga ega vositaga qoʼyilgan hollarda, masalan chizgʼich yordamida uzunlik oʼlchanganda) va bilvosita turlarga ajratish mumkin. Bilvosita oʼlchash usulida kattalikning son qiymati oʼlchanayotgan kattalik bilan quyidagicha bogʼliqlikka ega boʼlgan bevosita oʼlchash natijalari asosida topiladi:
bu yerda u – qidirilayotgan kattalik; x1 , x2 ,…, xn – bevosita oʼlchash usuli orqali oʼlchanayotgan kattalikning son qiymatlari.
Bilvosita oʼlchash usuliga jismlarni zichligini massa va hajmni oʼlchash natijalari orqali aniqlashni, oʼtkazgichlarning solishtirma elektr qarshiligini ularning qarshiligi, uzunligi va koʼndalang kesim yuzasi orqali aniqlashni, chuqurlikni exolot yordamida oʼlchashlarni misol keltirish mumkin.
Tajribaviy amaliyot va ilmiy izlanishlarda shuningdek umumiy va qoʼshma oʼlchash usullari ham mavjud boʼlib, bu oʼlchash usullari ishlab chiqarish sharoitlarida mikroprotsessorli vositalarning kiritilishi bilan amalga oshiriladi.
Oʼlchash natijalariga vaqt, oʼlchash joyi, oʼlchayotgan shaxs va boshqalarning taʼsir koʼrsatmasligi uchun oʼlchashlarning bir xilligini taʼminlash zarur.
Buning uchun quyidagilar kerak:
1. oʼlchov birligi (masalan, SI tizimi);
2. etalonlar;
3. oʼlchash vositalari (ishchi va namunaviy asboblar);
4. tekshirish sxemasi – turli darajadagi ishchi va namunaviy oʼlchash vositalarini birgalikda ishlash tartibini reglamentlashtiruvchi hujjat.
Oʼlchash oʼlchash printsipini belgilovchi fizik hodisalarga asosida amalga oshiriladi. Masalan, haroratni oʼlchash moddalarning kengayishi asosida; bosimni oʼlchash muvozanatlashuvchi suyuqlik ustunlarining balandligi boʼyicha amalga oshiriladi. Umumiy va qoʼshma oʼlchashlarda aniqlanayotgan kattalik bevosita usul orqali oʼlchanayotgan kattalikning tenglamalar tizimiga bogʼliq boʼladi. Umumiy oʼlchash usulida tenglamaga bir xil nomdagi kattaliklar kiritiladi.
U yoki bu oʼlchash printsiplarini amalga oshirish uchun turli xil texnik vositalar qoʼllaniladi.
Oʼlchashlarda qoʼllaniladigan va meʼyorlashtirilgan metrologik xossalarga ega boʼlgan texnik vositalar oʼlchash vositasi deb ataladi.
Oʼlchash vositalari va printsiplarini belgilovchi qoidalar toʼplamiga oʼlchash usuli deyiladi.
Texnik oʼlchashlarda bevosita baholash, differentsial va kompensatsion (nolli) usullar keng tarqalgan. Bevosita baholash usulida oʼlchanayotgan kattalikning qiymati bevosita oʼlchash asbobining hisoblash qurilmasi yoki bevosta ishlovchi oʼzgartirgichning signali orqali aniqlanadi. Bu usul masalan, bosimni prujinali manometr bilan, tok kuchini ampermetr bilan, haroratni qarshilik termooʼzgartirgichlari bilan oʼlchashda qoʼllaniladi.
Differentsial usulda oʼlchash asbobiga kattalikning oʼlchanayotgan va asosiy (maʼlum) qiymatlarining farqi taʼsir koʼrsatadi. Masalan, massasi bir kilogrammdan ortiq boʼlgan jismlarning massasini tarozi toshlaridan foydalanib oʼlchash va oʼlchash diapazoni bir kilogrammgacha boʼlgan koʼrsatuvchi tarozilarda oʼlchashlar. Bunday usul oʼlchashlar farqini hatto yuqori aniqlikka ega boʼlmagan asboblar bilan oʼlchaganda ham yetarlicha aniq natijalarni olish imkonini beradi. Biroq buning uchun kattalikning asosiy (maʼlum) qiymati yuqori aniqlikda boʼlishi va oʼlchanayotgan kattalik qiymatiga juda yaqin boʼlishi kerak.
Kompensatsion (nolli) usulda oʼlchanayotgan kattalik qiymati yuqori aniqlik bilan oldindan maʼlum boʼlgan kattalik bilan kompesatsiyalanadi, yaʼni ular oʼrtasidagi farq maʼlum kattalikning oʼzgarishi hisobiga nolga keltiriladi. Ushbu uslda qoʼllaniladigan oʼlchash asbobi (nolь-asbob) faqatgina ikkita kattalik oʼrtasida tenglik oʼrnatilganligi yoki ularning farqi nolga tengligini koʼrsatish uchun xizmat qiladi. Ushbu usulga misol sifatida termo –e.yu.k. ni oʼlchash va qarshilikni muvozatlashuvchi koʼprik yordamida oʼlchashni keltirish mumkin. Kompensatsion usul oʼlchanayotgan kattalik muvozanatlashuvchi maʼlum kattalikning aniqligi va nolь-asbobning sezgirligiga qoʼyilgan aniqlik darajasi bilan belgilanuvchi yuqori oʼlchash aniqligini taʼminlaydi.

    1. O’lchash vositalari va tizimlari

Oʼlchash vositalari va tizimlari. Oʼlchash vositalari oʼlchashlarda ishlatiladi va ular normallashgan metrologik xossalarga, yaʼni kattaliklarning maʼlum sonli kiymatlariga hamda oʼlchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossalarga ega boʼladi.
Oʼlchash vositalarining asosiy turlariga oʼlchovlar, oʼlchash asboblari, oʼlchash oʼzgartkichlari va oʼlchash kurilmalari kiradi.
Oʼlchov – berilgan oʼlchamdagi fizik kattalikni qayta oʼlchash uchun moʼljallangan oʼlchash vositasi. Masalan, qadoqtoshmassa oʼlchovi; oʼlchov rezistori – elektr qarshilik oʼlchovi; yoritish lampasi – yorugʼlik oʼlchovi va h.k.
Bir xil oʼlchamli fizik kattalikni qayta oʼlchaydigan bir qiymatli hamda turli oʼlchamdagi qator bir nomli kattaliklarni qayta oʼlchaydigan koʼp qiymatli oʼlchovlar bor. Koʼp kiymatli oʼlchovlarga boʼlinmali chizgʼichlar, induktivlik variometri va boshqalar misol boʼla oladi. Maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli oʼlchamli qagor bir nomli kattaliklarni qayta oʼlchash maqsadida qoʼllaniladigan oʼlchovlar komplekti oʼlchovlar toʼplamini tashkil etadi. Masalan, qadoqtoshlar toʼplami, uchlikli uzunlik oʼlchovlari toʼplami, oʼlchov kondensatorlari toʼplami va x. Oʼlchovlar magazini – sanoq qurilmalari bilan bogʼlangan maxsus qayta ulagichlarga ega boʼlgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan oʼlchovlar toʼplami. Oʼlchovlar magazini elekgrotexnikada keng qoʼllaniladi: qarshilik magazini, sigʼimlar magazini, induktivliklar magazini.
Oʼlchovlarga standart namunalar va namuna moddalar ham kiradi.
Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini yoki tarkibini xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun oʼlchov. Masalan, tarkibidagi ximiyaviy elementlari koʼrsatilgan ferromagnit materiallar xossalariniig standart namunasi.
Namuna modda – tasdiqlangan spetsifikatsiyada koʼrsatilgan tayyorlash shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan maʼlum xossalarga ega boʼlgan moddadan iborat oʼlchov. Masalan, “toza” gazlar, “toza” metallar, “toza” suv.
Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi oʼlchov informatsiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan oʼlchash vositasi oʼlchov asbobi deyiladi. Oʼlchov asbobida kuzatuvchi oʼlchanayotgan kattalikning son qiymatini oʼqishi yoki sanashi mumkin. Oʼlchov asboblari analog va rakamli boʼlishi mumkin. Аnalog oʼlchov asboblarida asbobning kursatishi oʼlchanayotgan kattalik oʼzgarishining uzluksiz funktsiyasidan iborat boʼladi, raqamli oʼlchov asboblarida esa koʼrsatishlar oʼlchov informatsiyasi signalini diskret oʼzgartirish natijasidan iborat boʼlgan raqamli shaklda ifodalangan boʼladi.
Keyingi vaktlarda rakamli asboblar borgan sari kengroq qullana boshlandi, chunki ularning koʼrsatuvlari osongina kayd kilinadi, ularni EHMga kiritish uchun qulay. Raqamli asboblarning tuzilishi oʼlchashda analog asboblarga qaraganda katta aniqlikka erishishga imkon beradi. Shu bilan birga rakamli asboblar qoʼllanganda oʼqish xatoligi boʼlmaydi. Аmmo analog asboblar rakamli asboblarga qaraganda anchagina sodda va arzondir.
Oʼlchov asboblari koʼrsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalangan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga boʼlinadi. Koʼrsatuvchi asboblarda raqamli qiymatlar shkala yoki raqamli tablodan oʼqiladi. Qayd qiluvchi asboblarda koʼrsatuvlarni yo diagramma qogʼozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish koʼzda tutiladi. Kombinatsiyalangan asboblar oʼlchanayotgan kattalikni bir vaktning oʼzida kursatadi hamda qayd qiladi. Integrallovchi asboblarda oʼlchanayotgan kattalik vaqt boʼyicha yoki boshqa erkli oʼzgaruvchi boʼyicha integrallanadi. Jamlovchi asboblarda koʼrsatishlar turli kanallar boʼyicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattaliklarning yigʼindisi bilan funktsional bogʼlangan boʼladi.
Oʼlchashga doir axborotni uzatish, oʼzgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay boʼlgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin boʼlmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat kiladigan oʼlchash vositasi oʼlchash oʼzgartkichi deb ataladi. Inson oʼzining sezgi organlari bilan oʼlchash oʼzgartkichi signallarini kabul qila olmaydi. Oʼzgartiriladigan fizik kattalik kirish kattaligi, uning oʼzgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari orasidagi bogʼlanishni oʼzgartkich funktsiyasi qaror toptiradi. Oʼlchash oʼzgartkichlari oʼlchov asboblarining, turli oʼlchov sistemalarining, biror jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki boshqarish sistemalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Oʼlchanayotgan kattalik keltirilgan oʼlchash oʼzgartkichi birlamchi oʼzgartkich deyiladi. Birlamchi oʼlchash oʼzgartkichlari, koʼpincha, datchik deb yuritiladi. Uning bevosita oʼlchanayotgan kattalik taʼsiridagi qismi sezuvchan element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termopara, manometrik termometrda termoballon ana shunday elementlardir. Oʼlchov asboblari va oʼzgartkichlari oʼlchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega boʼladi, masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf oʼlchagichlar, satx oʼlchagichlar, gaz analizagorlari, kontsentratomerlar, nam oʼlchagichlar va h.

Koʼrsatuvchi analog oʼlchov asboblarining sanoq qurilmasi shkala va (strelkali yoki nurli) koʼrsatkichdan tuzilgan. 1- rasmda oʼlchov asbobining shkalasi koʼrsatilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar koʼrsatilgan belgilar shkalaning sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qoʼshni belgilari orasidagi oraliq shkalaning boʼlinmasi deyiladi. Shkalaning ikki qoʼshni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi shkala boʼlinmasining qiymati deyiladi. Oʼzgarmas boʼlinmali va oʼzgarmas qiymatli shkala tekis shkala deyiladi.


1-rasm. O’lchov asbobi-shkalasi.

Oʼlchanayotgan kattalikning sanok qurilmasi bilan aniqlanadigan hamda oʼlchanayotgan kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalangan qiymatlari oʼlchov asbobining koʼrsatishlari deyiladi. Oʼlchanayotgan kattalikning shkalada koʼrsatilgan eng kichik kiymati shkalaning boshlangʼich qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning ohirgi qiymati deyiladi. Shkalaning uning boshlangʼich va oxirgi kiymatlari bilan chegaralangan kiymatlari soxasi (oraligʼi) koʼrsatuvlar diapazoni deyiladi. Oʼlchanayotgan kattalikning oʼlchov vositalari uchun yoʼl qoʼyiladigan xatoliklar normalangan qiymatlari soxasi oʼlchov asbobi yeki oʼlchov oʼzgartkichining oʼlchov diapazoni deyiladi. Texnik asboblarda, odatda, oʼlchov diapazoni bilan koʼrsatuvlar diapazoni moc keladi. Oʼlchov diapazonining eng kichik va eng katta qiymatlari oʼlchov chegaralari deyiladi.
Shkaladan sanoq olishda shkala qoʼzgʼalmas va qoʼzgʼaluvchan boʼlishi mumkin. Shkalalarda belgilar toʼgʼri chizik buylab yoki yassi yoxud silindrsimon sirtdagi aylana yoyi boʼylab joylashgan boʼladi. 2-rasmda oʼlchov asboblari shkalalarining eng koʼp uchraydigan turlari koʼrsatilgan
Аsboblarning shkalalari bir tomonlama, ikki tomonlama va nolsiz boʼlishi mumkin. Bir tomonlama shkalalarda oʼlchov asbobi chegaralaridan biri nolga teng boʼladi (masalan, koʼrsatuvlar chegarasi 0 dan 100° S gacha boʼlgan simob termometri). Аgar shkalada nolь belgisi uning boshlangʼich va oxirgi che garasi bilan ustma-ust tushmasa, u ikki tomonlama shkala deyiladi (masalan, koʼrsatuvlar chegarasi —0,1 ... 0 .... 0,15 MPa boʼlgan manometr).
2- rasm. Shkalalar:

a — toʼgʼri chiziqli; 6 — yoysimon (yoy burchagi 180° gacha); v —yassi; g — yoysimon (yoy burchagi 180° dan yuqori), d — silindrsnmon.
Аgar shkala nolь belgisiga ega boʼlmasa, u nolsiz shkala deyiladi (masalan, koʼrsatuvlar chegarasi 200 dan 400° S gacha boʼlgan termometr).
Koʼrsatkichning vaziyati uning shkala boshidan chiziqli yoki burchakli siljishi bilan aniqlanadi. Kursatkich vaziyati bi¬lan sanoq orasidagi bogʼlanish shkala xarakteristikasi deyiladi. Koʼrsatkichi burchakli siljiydigan asboblarning shkala xarakteristikasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
n = f (φ) , (3)
bunda φ — koʼrsatkichning shkala boshidan , burilish burchagi.
Toʼgʼri chiziqli shkalali asboblar uchun
n = f (L) , (4)
bunda L — koʼrsatkichning shkala boshidan chiziqli siljishi.
3-rasmda shkalali sanoq qurilmalari sxematik koʼrsatilgan.
Qayd qiluvchi oʼlchov asboblari qogʼoz lentalarga yoki diskka oʼlchanayotgan kattalikning hozirgi qiymatini vaqt boʼyicha avtomatik yozib beruvchi moslama bilan taʼminlanadi. Bir holda qogʼoz lentada (diskda) uzluksiz chiziq pero bilan chiziladi, boshqa holda lentada davriy ravishda sanoqlarning sonli qiymatlari chop etiladi. Bitta qogʼoz lentada bir necha egri chiziq yozilishi (chizilishi) mumkin. Bu holda oʼlchov asbobining ichiga avtomatik uzgich-ulagich oʼrnatiladi, u oʼlchovning bir necha nuqtalarida joylashgan birlamchi oʼzgartkichlardan birini oʼlchov sistemasiga navbat bilan ulaydi.
Qayd qiluvchi qurilmalar:
a—qutb koordinatalarida; b—toʼgʼri chiziqli koordinatalarda; v—davriy qayd qiluvchi.
3-rasmda qayd qiluvchi tipik qurilmalarning sxemalari keltirilgan.

Qayd qiluvchi qurilmalarning xarakteristikasi shkalalik sanoq qurilmalari xarakteristikasiga oʼxshash va (3), (4) tenglamalar bilan ifodalanadi. Qayd qiluvchi qurilmalar uchun (3-rasm, a, b) bu tenglamalarda φ va L tegishli burilish burchagini hamda pero ushlagichning diagramma toʼri chizigʼining nolli belgisidan siljishini, U esa toʼr boʼyicha olingan sanoqni anglatadi. Davriy chop etuvchi qayd qiluvchi qurilma uchun xarakteristika (3-rasm, v) (3) tenglama bi¬lan tasvirlanadi, unda φ —kirish valchasining burilish burchagi, U— chop etilgan son (sanoq).
Disksimon diagrammalar tekis va notekis boʼlinmali boʼlishi mumkin Lentasimon diagrammalar ham ikki turli boʼladi: oʼlchash asbobi perosi toʼgʼri chiziqli harakat qiladigan va perosi aylana yoyi boʼylab harakat qiladigan. Koʼrsatkichi kam kuch bilan siljitiladigan asboblarda (masalan, oʼzi yozuvchi millivolьtmetrlarda) yozish yordamchi qurilma yordamida amalga oshiriladi.
Аyrim oʼlchov vositalari va oʼlchov sistemalaridan tashqari murakkab informatsion-oʼlchov sistemalari ham qoʼllaniladi. Ular koʼplab nuqtalarda avtomatik oʼlchashni amalga oshirishnigina taʼminlab qolmay (oʼlchov kanallari soni ming-minglab boʼlishi mumkin). balki oʼlchash natijalarini berilgan algoritmlar boʼyicha zarur qayta ishlashni ham bajaradi. Shu munosabat bilan oʼlchash oʼzgartkichlarining informatsion-hisoblash mashinalarining va kirish qurilmalarining kirishiga keladigan signallarni unifikatsiyalashtirish zarurati tugʼildi. Signallarni unifikatsiyalashtirish oʼlchov asboblari turlarini minimumga keltirish imkonini beradi, oʼlchov vositalarining oʼzaro almashinuvchanligini taʼminlaydi.
Oʼlchov vositalari oʼlchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasi, roliga qarab ishchi, namunaviy va etalon oʼlchov asboblariga boʼlinadi.
Ishchi oʼlchov vositalari xalq xoʼjaligining barcha tarmoklarida amaliy oʼlchashlar uchun moʼljallangan. Ular anikligi orttirilgan oʼlchov vositalariga va texnik oʼlchov vositalariga boʼlinadi.
Namunaviy oʼlchov vositalari ish oʼlchov asboblarini tekshirish va ularni oʼzlari boʼyicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalonlar fizik kattalik birliklarini qayta tiklash va saqlash, ularning oʼlchamlarini namuna oʼlchov asboblari orkali xalq xoʼjaligida qoʼllanadigan ish oʼlchov vositalariga oʼtkazishga xizmat kiladi. Fizik kattaliklarning birliklari oʼlchami shu usul bilan etalonlardan namuna oʼlchov asboblari yordamida boshqa oʼlchov asboblariga oʼtkaziladi.
Oʼlchash vositalarining koʼrsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning koʼrsatishlariga tuzatish kiritish maksadida oʼlchov vositalari koʼrsatishlarini namuna oʼlchov asboblarining koʼrsatishlariga taqqoslash asbobni tekshirish deb atala¬di.
Shkala boʼlinmalariga qabul qilingan oʼlchov birliklarida ifodalangan qiymatlar berishdan iborat operatsiya darajalash deb ataladi.

    1. O’lchash usullari

Oʼlchash bir necha bir nomli kattaliklarni bir vaktda oʼlchashdan iboratki, unda izlangan kattaliklarning kiymatlari bevosita oʼlchashda hosil kilingan tenglamalar sistemasidan topiladi.
Bir vaqtda ikki yoki bir necha turli nomli kattaliklarni ularning orasidagi funktsional munosabatlarni topish uchun olib borilgan oʼlchashlar birgalikda oʼlchash dyoyiladi. Jumladan oʼlchash rezistorining 20° S dagi elektr qarshiligi va temperatura koeffitsientlari uning karshiligini turli temperaturalarda bevosita ulchash maʼlumotlari boʼyicha to-piladi. Oʼlchashlar yana absolyut va nisbiy oʼlchashlarga boʼlinadi.Bitta yoki bir necha asosiy kattaliklarni fizik konstantalar qiymatlaridan foydalanib yoki foydalanmasdan bevosita oʼlchash absolyut oʼlchash deb ataladi. Masalan, shtangentsirkulь yordamida bajarilgan oʼlchashlar absolyut oʼlchashdir, chunki unda oʼlchanayotgan kattalik kiymati bevosita olinadi.
Biror kattalikning shu ismli birlik rolini oʼynayotgan kattalikka nisbatini oʼlchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattalik deb kabul kilingan kattalik boʼyicha oʼlchash nisbiy oʼlchash deb ataladi. Masalan, optmetr yoki pishangli skoba yordamidagi oʼlchashlar nisbiydir: avval oxirgi oʼlchov yoki oxirgi oʼlchov bloki qoʼyiladi va oʼlchash vositalari shkaladagi koʼrsatkich nolga teng boʼladigan qilib sozlanadi, soʼngra oʼlchanadigan detalni joylashtiriladi va sanoq olinadi, yaʼni strelka detalь oʼlchamining oxirgi oʼlchov yoki blokniig maʼlum oʼlchamidan chetga chikishini koʼrsatadi. Temperaturani termoelektr effektdan foydalanishga asoslangan oʼlchash yoki massani tortish usuli bilan, yaʼni massaga proportsional boʼlgan ogʼirlik kuchidan foydalanish usuli bilan oʼlchash ham nisbiy oʼlchashdan iborat. Nisbiy oʼlchashdan katta aniqlik zarur boʼlgan xollarda foydalaniladi. Oʼlchashlar oʼlchash printsipini aniklab beradigan fizik xodisalarga asoslanib olib boriladi. Masalan, moddaning kengayishi boʼyicha temperaturani oʼlchash, muvozanatlashtiruvchi suyuqlik ustunining koʼtarilishi boʼyicha vakuumni oʼlchash. Oʼlchashning biror printsipini amalga oshirish uchun turli texnik vositalar koʼllaniladi. Oʼlchashlarda koʼllaniladigan va normallashgan metrologik xossalarga ega boʼlgan texnik vositalar oʼlchash vositasi deyiladi. Oʼlchash printsipini va vositasini belgilab beradigan usullar majmui oʼlchash usuli deyiladi.
Oʼlchashlarda bevosita (toʼgʼridan-toʼgʼri) baholash, differentsial, oʼlchov bilan taqqoslash va nolь (kompensatsion) usullar keng tarqalgan.
Bevosita baholash usuli oʼlchanayotgan kattalik miqdorini bevosita oʼlchash asbobining xisoblash qurilmasi boʼyicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan, bosimni prujinali manometr bilan, massani siferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr bilan oʼlchash va Bu usulda oʼlchash anikligi uncha katta boʼlmasa ham, oʼlchash jarayonining tezligi uni amalda koʼllanishda tengi yoʼk usulga aylantiradi.
Differentsial (ayirmali) usul oʼlchanayotgan va maʼlum kattaliklarning ayirmasini oʼlchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi tarkibini havoning issiq oʼtkazuvchanligiga taqqoslash yoʼli bilan issik oʼtkazuvchanlik boʼyicha oʼlchash.
Gʼoyatda aniq oʼlchashlarda oʼlchov bilan taqqoslash usuli qoʼllaniladi. Bunda oʼlchanayotgan kattalik oʼlchov yordamida topilgan kattaliklar bilan taqqoslanadi. Masalan, oʼzgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi kuchi normal element EYuK iga teng boʼlgan takkoslash kompensatorida oʼlchash yoki massani pishangli tarozilarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan oʼlchash. Bu usul taʼsir etuvchi kattaliklarning oʼlchash natijasida taʼsirini kamaytirishga imkon beradi, chunki ular oʼlchanayotgan kattaliklarni oʼzgartirish zanjirida ham, oʼlchov natijasida topilgan kattaliklar zanjirida ham oʼlchashga doyr signallarni koʼpmi yoki ozmi tekis buzadi.
Nolь (kompensatsion) usul oʼlchanayotgan kattalikni qiymati maʼlum bulgan kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma maʼlum kattalikni oʼzgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Potentsiometrlar, muvozanatlashtirilgan koʼpriklar va boshqalar nolь usulga asoslangan asboblarga mnsol boʼla oladi. Nolь usul oʼlchashning yuqori aniqligini taʼminlaydi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda ushbu kurs ishini bajarish mobaynida, suyuqlikli bosim o’lchash asboblarining tuzulishi, ishlash prinsipi va o’lchash usullarining tahlili haqida o‘z bilimlarimni mustahkamlash bilan birgalikda, ularning ko‘pgina turlari turli maqsadlarda qo‘llanishligini bilib oldim. Bosim o’lchash asboblarining taqqoslanishi va o’rnatilishiga qo’yilgan asosiy talablar haqida ham chuqurroq bilib oldim. Shu bilan bir qatorda shiddat bilan rivojlanayotgan texnika va texnologiyalar zamonida ham, ishlab chiqarish sohasida suyuqlikli bosim o’lchash asboblari munosib o‘rin egallab turganini takidlash lozim. Shu sababdan ham, bu kurs ishini bajarishda davomida olgan bilim va ko‘nikmalarim kelgusidagi o‘qish va ish faoliyatimda menga katta yordam berishiga ishonaman. O’lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash obyektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash, o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar; – o‘lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar )dan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash obyektning xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; – operatorning malakasi va holatiga bog‘liq bo’ladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. Alan S. Moris, Reza Langari. Measurement and Instrumentation. -UK: Academic Press, 2016. -697p.

  2. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomov Sh.M. Техnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Тоshkent: O‘qituvchi, 2011. -576 b.

  3. Юсупбеков Н.Р., Мухамедов Б.Э., Ғуломов Ш.М. Технологик жараёнларни бошқариш системалари. –Тошкент: Ўқитувчи. 1997. -704 б.

  4. Зайцев С.А., Грибанов Д.Д., Толстов А.Н., Меркулов Р.В. Контрольно-измерительные приборы и инструменты. –М.: Академия, 2002. -464с.

  5. Иванова Г.М., Кузнецов Н.Д., Чистяков В.С. Теплотеxнические измерения и приборы. –М.: МЭИ, 2005. -460с.

  6. ГОСТ 8.563.1-1997. Измерение расхода и количества жидкостей и газов методом переменного перепада давления. М.: ИПК Издательство стандартов, 1999.

Internet saytlar

  1. www. kipia.info

  2. 2. www. kipia.ru

  3. www.electroengineer.ru

  4. www.bibliofond.ru

  5. www.stroy-podskazka.ru

Download 426 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling