Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Uyushqoqlik. Uyushqoqlik (yoki ichki ishqalanish) deganda
suyuqlik (va gazlar) ning suyuqlikning bir qismi ikkinchisiga
nisbatan siljiganda qarshilik ko‘rsatish xossasi tushuniladi. Suyuq-
liklarning bu xossasi son jihatidan uyushqoqlik koeffitsiyenti 
(yoki oddiy uyushqoqlik) bilan aniqlanadi. Uyushqoqlik Paskal·s
(Pa·s) birligida o‘lchanadigan dinamik uyushqoqlik hamda kvadrat
metrning sekundga nisbati (m
2
/s) bilan o‘lchanadigan  ning
suyuqlik zichligiga nisbati bilan aniqlanadigan kinematik uyush-
qoqlik turlariga bo‘linadi. Masalan: suv va spirtning uyushqoqligi
glitserin va surtiladigan hamda shimdiriladigan moylarning uyush-
qoqligiga nisbatan ming marta kichik.
Temperatura ortgan sari uyushqoqlik kuchli ravishda kamayadi.
Temperatura 0°C dan 100°C gacha o‘zgartirilganda moylarning
uyushqoqligi yuz martaga kamayadi. Shuning uchun surtiladigan


22
va shimdiriladigan izolatsion materiallar qizdirilgan holatda, ular
juda kichik g‘ovaklarni ham to‘ldira oladigan holatda quyiladi.
Nazorat savollari
1. Elektroradio ashyolarning qanday asosiy turlarini bilasiz?
2. Elektroradio ashyolar qanday asosiy parametrlar bilan baho-
lanadi?
3. Moddaning elektr o‘tkazuvchanligi va solishtirma elektr o‘tka-
zuvchanligi deganda nimani tushunasiz?
4. O‘tkazgich materiallarga ta’rif bering va misollar keltiring.
5. Yarimo‘tkazgich materiallarga ta’rif bering va misollar keltiring.
6. Dielektrik materiallarga ta’rif bering va misollar keltiring.
7. Elektroradio ashyolarning issiqlik tavsifnomalari.
8. Elektroradio ashyolarning mexanik va fizik-kimyoviy tavsif-
nomalari.


23
II BOB. 
 YARIMO‘TKAZGICH MATERIALLAR

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling