Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

10.6. To‘g‘rilagichlar
Respublikamizda elektr energiyasi 50 Hz chastotali o‘zga-
ruvchan tokda tarqatiladi, bu bilan birga telekommunikatsiya
apparaturalarining ko‘p qismi turli nominallardagi o‘zgarmas
tok bilan ta’minlanishi sababli o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas
tokka o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Buning uchun elektr mashi-
nalarni ishlatish mumkin, lekin ularning aylanuvchan qismlari
shovqin hosil qiladi, maxsus fundamentlarni talab qiladi va
qator kamchiliklarga ega. Quvvatli kuchli ventillar yaratilgandan
so‘ng elektr mashinalardan statik to‘g‘rilash qurilmalariga, ya’ni
to‘g‘rilagichlarga o‘tildi.
To‘g‘rilagich deb o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylan-
tiruvchi qurilmaga aytiladi. Ishlatish jarayonida to‘g‘rilagichlar
quyidagi qator texnik talablarga javob berishi kerak:
1) talab qilinadigan kuchlanish va quvvat;
2) to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyasining ruxsat etiladi-
gan darajasi;
3) xavfsiz xizmat ko‘rsatish;
4) qulaylik va boshqarish ishonchliligi;
5) yuqori FIK;
6) to‘g‘rilangan kuchlanishning stabilligi;
7) yuqori quvvat koeffitsiyenti;
8) o‘ta yuqori toklardan va ortiqcha kuchlanishlardan
ishonchli va tezkor himoya;
9) texnik ishlatishning narxi pastligi;
10) qurilmaning kichik gabaritlarga va og‘irlikka ega bo‘lishi.
Umumiy ko‘rinishda to‘g‘rilagich 4 ta asosiy qismlardan
iborat bo‘ladi (10.3-rasm).
Transformator quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O‘zgaruvchan tok tarmog‘i kuchlanishini to‘g‘rilovchi
element kirishida talab qilinadigan qiymatga o‘zgartiradi.


200
2. To‘g‘rilagich ishchi zanjirlarni va yuklamani ta’minlash
tarmog‘idan va boshqa iste’molchilardan galvanik (elektr) ajra-
tadi, ya’ni ularni mustaqil qiladi.
3. Ko‘pincha telekommunikatsiya apparaturalari talab qila-
digan to‘g‘rilagich bir qutbini yerga ulash imkoniyatini beradi.
Ba’zan to‘g‘rilagich transformatori fazalar sonini oshirish
uchun ishlatiladi. Buning uchun ikkilamchi chulg‘amlar soni
birlamchi chulg‘amlar soniga nisbatan ikki martaga oshiriladi.
Bu to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyasi chastotasini oshirish
va pulsatsiyani kamaytirish maqsadida qilinadi. Bundan tashqari
transformatorning ikkilamchi tomonidagi yulduz sxemada ulan-
gandagi faza chulg‘amlarining umumiy nuqtasi ko‘pincha
to‘g‘rilagichning yuklama ulanadigan chiqish qutbi bo‘lib
xizmat qiladi.
Ventillar bir tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega va o‘zgaruv-
chan tokni o‘zgarmas tokka aylantirishni amalga oshiradi.
To‘g‘rilagichda ularning soni to‘g‘rilash sxemasiga bog‘liq
bo‘ladi. To‘g‘rilagichning har bir fazasi kamida bitta ventil
zvenosiga ega bo‘ladi. Lekin ko‘p hollarda talab qilinadigan tok va
kuchlanish qiymatini olish uchun har bir ventil zvenosida bir
necha ventillar bo‘lishi mumkin. Ventillar ketma-ket, parallel
va murakkab guruhlarda ulanishi mumkin.
10.3-rasm. Bir kanalli to‘g‘rilagichning
tuzilish sxemasi.
T
ra
n
s-
fo
rm
a
to
r
V
e
n
ti
l
zv
en
o
si
F
il
tr
S
ta
b
il
iz
a
to
r


201
To‘g‘rilagichdan keyin kuchlanish yoki tok pulslanuvchan
bo‘ladi. Uni o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilardan
iborat deb tasavvur qilish mumkin. Telekommunikatsiya appa-
raturalari pulslanuvchan o‘zgarmas tok bilan ta’minlanganda
aloqa signallarini uzatishda jiddiy xalaqitlar yuzaga kelishi
mumkin. Bunga ruxsat etilmaydi va pulsatsiyani kamaytirish
choralari ko‘riladi. Buning uchun ventillar va ta’minlanadigan
apparaturalar orasiga silliqlovchi filtr qo‘yiladi. To‘g‘rilagich-
ning chiqish kuchlanishi 10...15 foizga o‘zgarishi mumkin
bo‘lgan ta’minot o‘zgaruvchan kuchlanish qiymatiga bog‘liq.
Telekommunikatsiya apparaturalarida ko‘pincha bunday sezilarli
tebranishga ruxsat berilmaydi. Shuning uchun zamonaviy
to‘g‘rilagichlarda filtrdan keyin tok va kuchlanish stabilizatorlari
qo‘yiladi. Bu zvenodan tashqari to‘g‘rilash qurilmasida kom-
mutatsiyalash apparaturasi, himoyalash zanjiri va boshqalar
bo‘lishi mumkin.
To‘g‘rilagichlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan
bo‘ladi. Boshqarilmaydigan to‘g‘rilagich chiqish kuchlanishini
boshqarish imkoniyatini bermaydi. U hamisha U
0
· U
2
mu-
nosabat orqali aniqlanadi (bu yerda, U
0
—chiqishdagi o‘zgar-
mas tok kuchlanishi, U
2
—to‘g‘rilagich kirishidagi o‘zgaruv-
chan tok kuchlanishi, K—to‘g‘rilash sxemasining doimiy
koeffitsiyenti).
Agar bunday to‘g‘rilagichda chiqish kuchlanishini o‘zgar-
tirish kerak bo‘lsa, kirishdagi kuchlanishni o‘zgartirishga to‘g‘ri
keladi. Boshqariladigan to‘g‘rilagichlarda yuklamadagi o‘zgarmas
tok kuchlanishini to‘g‘rilagich ishlashi jarayonida uning ish
rejimiga ta’sir qilgan holda o‘zgartirish mumkin.
To‘g‘rilash qurilmasini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
1) to‘g‘rilash sxemasi bo‘yicha bir fazali va ko‘p fazali,
bitta yarim davrli (bir taktli) va ikkita yarim davrli (ikki taktli);


202
2) quvvat bo‘yicha — kichik quvvatli (100 W gacha), o‘rta
quvvatli (5 kW gacha), katta quvvatli (5 kW dan yuqori);
3) to‘g‘rilangan tok chastotasi bo‘yicha — sanoat chastotasi
(50 Hz), oshirilgan chastotali (400 yoki 1000 Hz), yuqori
chastotali (1000 Hz dan yuqori);
4) kuchlanish bo‘yicha — kichik kuchlanishli (250 V gacha),
o‘rta kuchlanishli (1000 V gacha), yuqori kuchlanishli (1000
V dan yuqori);
5) ish yuklamasining rejimi bo‘yicha — uzoq vaqtli, impulsli,
qisqa vaqtli;
6) to‘g‘rilagichga yuklamaning reaksiyasi bo‘yicha aktiv,
induktiv va sig‘im reaksiyali.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling