Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
To‘g‘rilagichning chiqish parametrlari
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
10.8. To‘g‘rilagichning chiqish parametrlari
To‘g‘rilagichning chiqish parametrlariga quyidagilar kiradi: 1) to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati — U 0 ; 2) to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati — I 0 ; 3) to‘g‘rilangan kuchlanish asosiy garmonikasi pulsatsiya- sining chastotasi — f tkp ; 4) to‘g‘rilangan kuchlanishning pulsatsiya koeffitsiyenti — K p ; 5) to‘g‘rilagich kirish kuchlanishi bitta qiymatda bo‘lganida U 0 chiqish kuchlanishining I 0 yuklama tokiga bog‘liqligi bo‘lgan to‘g‘rilagichning tashqi tavsifi; 6) ventillarni tanlash uchun U tes teskari kuchlanish. To‘g‘rilash sxemalaridagi transformatorlar uchun quyidagi parametrlar aniqlanadi: 1) ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi U 2 va toki I 2 , chunki ularni to‘g‘rilangan kuchlanish va tokning o‘rtacha qiymati (o‘zgarmas tashkil etuvchi) bilan taqqoslash qabul qilingan; 2) birlamchi chulg‘am kuchlanishining U 1 va tokining I 1 ta’sir etuvchi qiymatlari; 3) ikkilamchi chulg‘amning to‘la quvvati — S 2 ;. 4) birlamchi chulg‘amning to‘la quvvati — S 1 ; 5) transformatorning to‘la (gabarit) quvvati — S tr = (S 1 S 2 )/2; 6) transformator ikkilamchi chulg‘amidan foydalanish koef- fitsiyenti — K 2 =P 0 /S 2 , bu yerda P 0 to‘g‘rilagichning quvvati; 207 7) transformator birlamchi chulg‘amidan foydalanish koef- fitsiyenti — K 1 =P 0 /S 1 ; 8) transformatordan foydalanish koeffitsiyenti — K tr = P 0 /S tr . Bu koeffitsiyentlar to‘g‘rilash sxemasiga bog‘liq, chunki bir taktli to‘g‘rilashda transformatorda majburiy magnitlash hodisasi mavjud bo‘lib, u transformatordan foydalanish koeffi- tsiyentini keskin kamaytiradi. Bu chiqish parametrlarini ko‘rib chiqamiz. To‘g‘rilash sxe- masi bo‘yicha to‘g‘rilagichlar bir fazali va ko‘p fazali, bitta yarim davrli (bir taktli) va ikkita yarim davrli (ikki taktli) bo‘ladi. Shuning uchun to‘g‘rilash fazalari soni m transformator ikki- lamchi chulg‘ami fazalari soniga mos kelmasligi mumkin. Bu son m=pn munosabatdan aniqlanadi (bu yerda n = 1,2,3,4,,,6 va h.k. — transformatorning ikkilamchi chulg‘amlari soni, p =1 yoki 2 to‘g‘rilanadigan yarim davrlar soni). Bir taktli yoki ikki taktli sxemalarni aniqlash shundan kelib chiqadiki, ta’minot kuchlanishining bir davrida transformator ikkilamchi zanjiri faza chulg‘amidan qancha tok impulslari oqib o‘tadi. Bir taktli to‘g‘rilagichda bir davrda bir fazali chulg‘am orqali bitta tok impulsi, ikki taktli to‘g‘rilagichda esa ikki fazali chulg‘am orqali ikkita tok impulsi oqib o‘tadi. Shunday qilib, to‘g‘rilangan tok pulsatsiyasi chastotasi ta’minot tarmog‘i chastotasiga mos tush- maydi va u f t.k.p = mf tar bo‘ladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling