Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi
U ikkilamchi chulg‘ami yulduz sxemada ulangan uch fazali
transformator va transformator ikkilamchi chulg‘amlari fazala-
riga bittada ulangan uchta diodlardan iborat. Transformator
ikkilamchi chulg‘amlari oxirgi uchlarida bir nolinchi nuqtaga,
bosh uchlarida esa diodlar anodlarga ulanadi. Barcha ventillar
katodlari umumiy nuqtaga ulanadi va to‘g‘rilagich chiqishida
musbat qutbni tashkil qiladi (10.9-rasm).
Transformatorning nolinchi nuqtasi manfiy qutb hisobla-
nadi. Ikkilamchi chulg‘am faza kuchlanishlari bir-birlaridan
2/3 burchakka surilgan bo‘ladi.
Istalgan vaqt momentida anodda boshqa fazalarga qaraganda
eng katta musbat potensial bo‘lgan faza diodi ochiladi (10.10-
rasm).
t
0
ixtiyoriy vaqt momentida VD1 diod anodida eng katta
musbat potensial bo‘ladi va u ochiq bo‘ladi. U
21
kuchlanish
ta’sirida tok birinchi faza, VD1 diod, R
yu
yuklama orqali
nolinchi nuqtaga oqib o‘tadi.
10.9-rasm. Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi.
A
B
C
0
VD1
VD2
VD3
R
H


210
Yuklamadagi kuchlanish U
21
oniy qiymatga teng bo‘ladi.
t
1
vaqt momentigacha ikkinchi fazadagi kuchlanish ham mus-
bat, lekin birinchi fazadagi kuchlanishdan kichik bo‘ladi, shu-
ning uchun VD2 diod anodidagi potensial uning katodidagi
potensialdan kichik bo‘ladi va VD2 diod yopiq bo‘ladi.
t
2
momentdan boshlab uchinchi faza ishlay boshlaydi va
jarayonlar davriy takrorlanadi. Har bir faza davrning 2/3
qismi davomida ishlaydi. To‘g‘rilagich chiqishidagi U
0
kuchla-
nish istalgan vaqtda ikkilamchi chulg‘am (faza diodi ochiq
bo‘lganda) faza kuchlanishining oniy qiymatiga teng bo‘ladi,
ya’ni U
0
to‘g‘rilangan kuchlanish U
2
kuchlanishning og‘di-
ruvchisi hisoblanadi, I
0
= U
0
/R
0
bo‘lganligi uchun mana shu
egrilikning o‘zi boshqa masshtabda tok egriligi bo‘ladi.
10.10-rasm. Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi
vaqt diagrammalari.
a
b
d
e
f
g
h
u
a
u
b
u
c
t
2
t
1
i
A
i
w
=i
2
wt
wt
wt
wt
wt
wt
wt
U
H
U
r
i
1
i
3
=i
2


211
Binobarin, tok har bir faza bo‘yicha davrning uchdan bir
qismida oqib o‘tadi.
Vaqtning boshlanishi deb, qo‘sh chulg‘amlar fazalaridagi
U
2
kuchlanish U
m
kuchlanishiga teng bo‘lgan momentni olamiz
va t =/m (bu yerda m=3) vaqt intervalini ko‘rib chiqamiz. U
holda to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisi
quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:












m
0
3
3
=(
)
cos
=(
)
sin
=
(
)
U
2
2
m
m
m
m
U
t d t
U
U
m
yoki U
2
ta’sir etuvchi qiymatga o‘tib quyidagiga ega bo‘lamiz:




  

0
2
2
(3
3
2
)/ 2
1,17
U
U
.
O‘g‘irlangan tokning o‘zgarmas tashkil etuvchisi quyidagi-
cha aniqlanadi:
π
ω
ω
π
π






2
2
0
3
(
)
(
)
sin
.
(
)
сos
3
m
m
m
I
t d t
I
I
Diod va transformator qo‘sh chulg‘amlaridagi tokning ta’sir
etuvchi qiymati quyidagi ifodadan aniqlanadi:
π
ω
ωt
π
π







2
2
1
1
1
2
(
)
(
) sin
(
cos
)
2
4
m
m
I
d t
I
I
m
m
.
Agar I
0
va I
2
toklarni mos ravishdagi o‘zgartirishlarni qilib,
o‘zaro taqqoslasak, I
0
= I
2
/0,58 = 1,752 · I
2
ga ega bo‘lamiz.
Diodga qo‘yiladigan teskari kuchlanish bu sxemada ikki
sinusoidal kuchlanishlar farqi orqali aniqlanadigan egrilik orqali
tavsiflanadi. Bu ikki faza kuchlanishlarining farqi chiziqli kuch-
lanishga teng bo‘lganligi uchun teskari kuchlanishning maksimal
amplitudasi transformator ikkilamchi chulg‘ami chiziqli kuch-
lanishi amplitudasiga teng bo‘ladi, ya’ni:


212






2
3
3
2
tes
m
L
U
U
U
,
to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyasining chastotasi
f
n
· f
c
= 3 · f
c
bo‘ladi.
Bir taktli sxemalarda transformator ikkilamchi chulg‘ami
har bir fazasi toki (1/m) · I
0
ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tashkil
etuvchiga ega bo‘ladi va bu tashkil etuvchi birlamchi chulg‘am
toki bilan konpensatsiyalanmaydigan F
0
magnit oqimining
o‘zgarmas tashkil etuvchisini vujudga keltiradi. Natijada bunday
sxemalarda transformator magnit o‘tkazgichida majburiy mag-
nitlanish bo‘ladi. I
0
tok F
0
= (I
0
/m) · W
0
magnitlash kuchini
hosil qiladi, magnit oqimi esa F
0
= F
0
/R
m
, bu yerda R
m
magnit
oqimi yo‘lidagi magnit qarshilikdir. Bu oqim transformator
o‘zagi bo‘ylab tutasholmaydi, chunki uning kuch chiziqlari o‘zaro
qarama-qarshi yo‘naladi va sterjenlar atrofida havoda tutashadi.
Havoning R
m
magnit qarshiligi katta bo‘lganligi uchun F
0
magnit oqim kam bo‘ladi. Lekin, odatda, transformator magnit
o‘tkazuvchan qolið bilan o‘raladi yoki uning yaqinida metall
(magnit o‘tkazuvchan) bo‘lsa, u holda F
0
magnit oqimi sezi-
larli bo‘lishi mumkin va transformator normal ish rejimini
buzishi mumkin.
Bundan tashqari, to‘g‘rilagich yuklamasi o‘zgarganda ikki-
lamchi chulg‘amlardagi tok o‘zgaradi va bunga mos ravishda
majburiy magnitlanish intensivligi o‘zgaradi. Bu bir fazali bir
taktli to‘g‘rilash sxemalarida ko‘proq sezilarli bo‘ladi, bunda tok
past chastotada pulslanib, pulslanuvchan F
0
magnit oqimini
vujudga keltiradi. Bu oqimlar magnit o‘tkazgichlarni qo‘shimcha
yuklab, ularda qo‘shimcha yo‘qotishlarni keltirib chiqarishidan
tashqari, pulslanuvchan tarqalish magnit maydonini hosil qiladi


213
va bu maydon yaqinda ishlayotgan boshqa qurilmalar ishiga ham
xalaqit beradi. Bu o‘rta va katta quvvatli to‘g‘rilagichlar ishida
muhim hisoblanadi.
Majburiy magnitlanish bilan kurashishda magnit o‘tkazgich
sterjenlarida chulg‘amlarni ratsional joylashtiriladi, ya’ni chul-
g‘amlar «zig-zag» sxemada ulanadi (10.11-rasm).
Buning uchun har bir fazaning ikkilamchi chulg‘amlari
ikkita g‘altaklardan iborat bo‘ladi, bu g‘altaklar turli sterjenlarga
joylashtiriladi va ketma-ket qarama-qarshi yo‘nalishda ulanadi.
Bunda chulg‘amning har bir yarim qarama-qarshi yo‘nalgan va
bir-birlarini kompensatsiyalaydigan magnit oqimlari hosil
bo‘ladi, shuning uchun transformatorning majburiy magnitla-
nishi keskin kamayadi yoki umuman bo‘lmaydi. Yoki shunday
to‘g‘rilash sxemasi tanlanadiki, tanlangan sxema majburiy mag-
nitlanishni keltirib chiqarmaydi.
10.11-rasm. Chulg‘amlarning «zig-zag»
sxemada ulanishi.
a
b
c
5
3
1
6
2
4
y
x
z


214

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling