Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Tiristorli o‘zgartirgichlar
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
10.19. Tiristorli o‘zgartirgichlar
Yuqori quvvatli o‘zgartirish qurilmalarida yuqori voltli kuch- lanishni o‘zgartirish uchun ikki barqaror holatga ega bo‘lgan tiristorlar qo‘llaniladi. Tiristorlar bir necha kilovoltlargacha kuchlanishlarga va bir necha amper toklarga mo‘ljallanib ishlab chiqariladi. Shuning uchun tiristorli o‘zgartirgichlar yuqori foydali ish koeffi- tsiyentli katta quvvatni ta’minlaydi. Kommutatsiya maxsus qurilmalar orqali amalga oshiriladigan va yuklamasi boshqa o‘zgaruvchan tok energiyasi manbalariga ega bo‘lmagan tiristorli o‘zgartirgichlar avtonom o‘zgartirgichlar deyiladi. Avtonom invertorning kommutatsiya chastotasi tiristor- larning boshqarish tizimi ish chastotasi orqali aniqlanadi. Ular tok va kuchlanish invertorlariga bo‘linadi. Tok invertorlarida tokni o‘zgartirish amalga oshiriladi, kuchlanish shakli yuklamaga bog‘liq. Manbadan iste’mol qilinadigan tokning doimiyligini ushlab turish uchun ular o‘zgarmas kuchlanish manbayiga katta induktivlikli L drossel orqali ulanadi. Kuchlanish invertorlari o‘zgarmas kuchlanish manbayiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanadi. Bunda invertor chiqishida manbaga 246 parallel ravishda S kondensator ulanadi. Tiristorli invertorlarda tok kommutatsiyasini reaktiv elementlar-kondensatorlar va drossellar bajaradi. Invertorlarda tiristorlar kalit rejimida ishlaydi. Ularning ulanishi boshqarish qurilmasi orqali amalga oshiriladi. Boshqa- rish qurilmalari sifatida impuls generatorlari — avtogenerator, multivibrator va bloking-generatorlar ishlatiladi. Boshqaruvchi impulslar tiristorlar boshqarish elektrodlariga qarama-qarshi fazada beriladi. Tiristorning ochilishi uchun anod tokini eng kichik ushlab turuvchi tok qiymatigacha kamaytirish kerak. Anod va katod oralig‘iga esa tiristor boshqarilishining qayta tiklanishi uchun yetarli bo‘lgan vaqtgacha manfiy teskari kuchlanish qo‘yiladi. Bu invertorda kommutatsiyalovchi kondensator qo‘llanilishi orqali amalga oshiriladi. Bunda kondensator tiristor anodiga katodiga nisbatan manfiy kuchlanish berilishini ta’minlaydi. Yuklamada S k kommutatsiyalovchi kondensator ulanishiga qarab tiristorli invertor sxemalari paralell-ketma-ket va ketma- ket-paralell sxemalarga bo‘linadi. 10.34-rasmda tasvirlangan ikki taktli parallel invertor VS1 va VS2 tiristorlardan, (BS) boshqa- rish sxemasidan, S k kommutatsiyalovchi kondensatordan VD1 va VD2 diodlardan va L drosseldan iborat. Transformatorning birlamchi chulg‘ami 0 o‘rta nuqtaga va VD1, VD2 diodlar ulanadigan ikki 1 va 2 nuqtalarga ega Birinchi yarim davrda boshqaruvchi impuls ta’sirida VD1 tiristor ochiq va VD2 tiristor yopiq bo‘ladi. Bunda tok ta’minot manbayidan transformatorning yuqori yarim chulg‘ami VD1 tiristor va L drossel orqali oqib o‘tadi. Bu tok pastki yelkada yuqori yelkadagi EYKga teng bo‘lgan, lekin qarama-qarshi fazadagi EYKni induksiyalaydi, ya’ni minus chulg‘amning o‘rta nuqtasida, plus esa bu chulg‘amning pastki oxirgi nuqtasida 247 bo‘ladi. Shuning uchun S k kondensatorga ketma-ket ulangan kuchlanishlar qo‘yiladi: ta’minot manbayidan U 0 va transforma- torning birlamchi pastki chulg‘amidan taxminan U 0 ga teng bo‘lgan kuchlanish. Natijada S k kondensator ikkilangan ta’minot manbayi kuchlanishigacha, ya’ni U s =2U 0 gacha zaryadlanadi. Bunday kuchlanish VD2 tiristor anodida ham bo‘ladi. Ikkinchi yarim davr vaqtida boshqaruvchi impuls VS2 tiristorni ochadi. VS1 tiristor tok o‘tkazishni davom ettiradi. Lekin ochilgan VS2 tiristor orqali S k kommutatsiyalovchi kondensator VD1 tiristorga parallel ulanadi. S k kondensatordan VS1 tiristorga 2U 0 ga teng bo‘lgan teskari kuchlanish qo‘yiladi va Sk kondensatorning razryadlanilish toki orqali VS1 tiristor yopiladi. Ochilgan VS2 tiristor orqali S k kondensatorning i ck qayta zaryadlanish toki va transformatorning birlamchi W1 chulg‘ami toklarining yig‘indisidan iborat bo‘lgan i t tok oqib o‘tadi. S k kondensator teskari qutbli 2U 0 kuchlanishgacha zaryadla- nadi. U 0 o‘zgartirilgan kuchlanish W1 birlamchi chulg‘amga 10.34-rasm. Ikki taktli tiristorli o‘zgartirgichning sxemasi. VS1 C1 VD1 W 1 U 0 T1 VD C k U 1 W 1 VD VS2 L1 BQ 248 qo‘yiladi va bu chulg‘amdagi tok avvalgi ochuvchi impuls vaqtidagi W1' chulg‘amdagi tokka qarama-qarshi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bunda W 2 ikkilamchi chulg‘amda kuchlanishning ikkin- chi (manfiy) yarim to‘lqini shakllanadi. VS1 tiristorga navbatdagi ochuvchi impuls berilganda sxema dastlabki holatiga qaytadi va yuqoridagi jarayon takrorlanadi. Tiristorlarning navbatma-navbat ochilishi natijasida trans- formatorning birlamchi yarim chulg‘amlarida toklar davriy ravishda o‘zgaradi va ikkilamchi chulg‘amda o‘zgaruvchan tok vujudga keladi. Bu tok CHT chiqish to‘g‘rilagichi orqali to‘g‘- rilanadi va F filtr orqali yuklamaga uzatiladi. Shunday qilib, o‘zgartirgich chiqishida talab qilingan nomi- naldagi o‘zgarmas kuchlanish shakllanadi. L1 drossel ta’minot manbayi tokini har ikkala tiristorlar ochiq bo‘ladigan qisqa vaqt oralig‘ida ta’minot manbayi tokini cheklab turadi. Kommutatsiya momentida, tiristorlardan biri ochiq, ikkin- chisi esa induktivlikning razryadlanish toki o‘tkazayotgan vaqtda yuklama induktivligida va reaktiv kommutatsion elementlarda yig‘ilgan reaktiv quvvatni VD1 va VD2 diodlar U 0 ta’minot manbayi tomoniga o‘tkazib yuborish uchun xizmat qiladi. Ikki taktli ko‘priksimon o‘zgartirgich sxemasi 10.35-rasmda keltirilgan. Birinchi yarim davrda boshqaruvchi kuchlanish mus- bat impulslari bir vaqtning o‘zida VS1 va VS2 tiristorlarga beriladi. Tiristorlar ochiladi va ular orqali T1 transformatorning birlam- chi chulg‘amiga tok oqib o‘tadi. Bu vaqtda S1 kondensator ta’minot manbayining U 0 kuchlanishigacha zaryadlanadi. Boshqaruvchi kuchlanishning ikkinchi yarim davrida im- pulslar VS2 va VS3 tiristorlarga beriladi va ular ochiladi. Ammo bu vaqtda S1 kondensatordan musbat potensial VS1 tiristor 249 katodiga beriladi va u yopiladi. VS4 tiristor anodiga esa S1 kondensatordan manfiy potensial beriladi va u ham yopiladi. So‘ng tiristorlar juftligi navbatma-navbat ochiladi. Bunda T1 transformatorning birlamchi chulg‘amidan qarama-qarshi yo‘nalishdagi tok impulslari oqib o‘tadi. Bu tok impulslari ikkilamchi chulg‘amda o‘zgaruvchan tokni induksiyalaydi. Keyinchalik bu o‘zgaruvchan tok to‘g‘rilagichda to‘g‘rilanadi va filtrda silliqlanib yuklamaga uzatiladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling