Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

10.16. Stabilizatorlar
Kuchlanish yoki tok stabilizatorlari, deb ta’minot kuchla-
nishi, tarmoq chastotasi, atrof-muhit temperaturasi va bosh-
qalar o‘zgarganda yuklamadagi tok va kuchlanishni qiymat bo‘yi-
cha o‘zgarmas ushlab turuvchi qurilmaga aytiladi.
10.22-rasm. Emitter filtrning prinsiðial sxemasi.


231
Ishlash prinsiðiga ko‘ra, stabilizatorlar parametrik, kom-
pensatsion va impulsli stabilizatorlarga ajratiladi.
Parametrik stabilizatorlarda stabillash nochiziqli elementlar
xususiyatlaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ularda ko‘pincha
teskari aloqa mavjud bo‘ladi.
Kompensatsion stabilizatorlarda stabillash teskari aloqa zan-
jiri orqali chiqish kuchlanishi yoki toki o‘zgarishining rostlov-
chi elementga ta’siri hisobiga amalga oshiriladi.
Kompensatsion stabilizatorlar berk avtomatik rostlash tizimi
bo‘lib, ularda tok rostlovchi elementdan uzluksiz yoki uzlukli
bo‘lib oqib o‘tadi.
Rostlash uslubi bo‘yicha kompensatsion stabilizatorlar ketma-
ket va parallel turlarga bo‘linadi.
Stabillash aniqligi bo‘yicha stabilizatorlar 4 sinfga bo‘linadi:
1. Kichik stabillash. Kuchlanish va tokning ruõsat etiladigan
o‘zgarishi 5 % dan yuqori.
2. O‘rta stabillash. Kuchlanish va tokning ruõsat etiladigan
o‘zgarishi 1—5 % gacha.
3. Yuqori stabillash. Kuchlanish va tokning ruxsat etiladigan
o‘zgarishi 0,1—1 % gacha.
4. O‘ta yuqori (pretsizion) stabillash. Kuchlanish va tokning
ruxsat etiladigan o‘zgarishi 0,1% dan kichik.
10.17. Parametrik stabilizatorlar
Nochiziqli elementlarning xossalaridan foydalanib, kuch-
lanish (tok) ni stabillashni amalga oshiradigan stabilizatorlar
parametrik stabilizatorlar deyiladi.
Parametrik stabilizatorlarda kirish kuchlanishining yoki
yuklama tokining o‘zgarishi bevosita nochiziqli elementga ta’sir
qiladi. Chiqish kuchlanishining (yoki yuklama tokining) talab


232
qilingan qiymatdan o‘zgarishi nochiziqli element VAXining
nochiziqliligi darajasi orqali aniqlanadi. Nochiziqli elementlar
sifatida o‘zgaruvchan kuchlanish (tok) stabilizatorlarida dros-
sellar (10.23-rasm), o‘zgarmas kuchlanish (tok) stabilizatorla-
rida esa stabilitron, stabistor va maydoniy tranzistorlar qo‘lla-
niladi (10.24-rasm).
O‘zgaruvchan kuchlanishni parametrik stabillash o‘zga-
ruvchan tok uchun nochiziqli VAXga ega bo‘lgan nochiziqli
elementlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday tafsifga magnit
o‘tkazgichi to‘yinish rejimida ishlovchi drossel ega bo‘lib
(10.23-a rasm), bunda magnit o‘tkazgichning to‘yinishiga mos
keluvchi a—b oraliq drosselning ish oralig‘i hisoblanadi.
Sxemada to‘yingan drossel L2 Z
Y
yuklamaga parallel
ulanadi. Ballast qarshilik sifatida VAXi chiziqli bo‘lgan L1
drossel qo‘llaniladi. Sxemaning ishlash prinsiði quyidagicha:
U
kir
kirish kuchlanishi o‘zgarganda U
chiq
chiqish kuchlanishi va
L1 chiziqli drosseldagi kuchlanish ortadi. L2 to‘yingan drossel-
dagi tok keskin ortadi. Lekin bunda L1 drosseldagi kuchlanish-
ning pasayishi ortadi, L2 drosseldagi va Z
Y
yuklamadagi
kuchlanish sezilarsiz ortadi.
10.23-rasm. Drosselning VAXi (à) va o‘zgaruvchan kuchlanish
parametrik stabilizatorining sxemasi (b).
U
p
U
p.nom
a
b
U
p.nom
L1
L1
b
a
Z
y


233
Eng oddiy o‘zgaruvchan kuchlanish parametrik stabiliza-
torining afzalligi oddiyligi bo‘lsa, uning kamchiliklari FIKning
kichikligi (0,4...0,6), stabillash koeffitsiyentining kamligi
(KST 10), shuningdek, og‘irligi hisoblanadi.
O‘zgarmas kuchlanish parametrik stabilizatorlarida nochi-
ziqli elementlar sifatida stabilitronlar, stabistorlar va maydoniy
tranzistorlar qo‘llaniladi. VD stabilitronda yig‘ilgan parametrik
stabilizatorning prinsiðial sxemasi 10.24-rasmda keltirilgan
bo‘lib, R
b
ballast rezistorning qarshiligi shunday tanlanadiki,
undagi kuchlanishning pasayishi (0,5...3) U
Y
ni tashkil qilishi
kerak. Kirish kuchlanishi ortganda U
chiq
kuchlanish ortadi.
Lekin VD stabilitrondagi uncha katta bo‘lmagan U
st
kuchla-
nishning o‘zgarishi undagi tokning keskin ortishiga olib keladi.
Bunda R
b
rezistordagi kuchlanishning pasayishi ortadi, R
Y
yuk-
lamadagi kuchlanish esa sezilarsiz o‘zgaradi. Stabilizator kirishi-
dagi U
kir
kuchlanishning o‘zgarishi R
b
ballast rezistordagi
kuchlanishning va stabilitrondagi kuchlanishning o‘zgarishi yig‘in-
disiga teng:
U
kir
= U
Rb
U
st
.
Ballast rezistorining qarshiligi stabilizator qarshiligidan ancha
katta (R
b
>>R
st
) ekanligini e’tiborga olsak, u holda kirish kuch-
10.24-rasm. Stabilitronda yig‘ilgan parametrik stabilizator
sxemasi (à) va stabilitronning VAXi (b).
R5
VD1
R
y
U
I
a
b


234
lanishining har qanday o‘zgarishi stabilitronning R
st
qarshiligida
ajraladi va yuklamadagi kuchlanish o‘zgarishsiz qoladi.
Bu sxemaning kamchiliklariga FIKning kichikligi (0,3),
stabilizatorning katta ichki qarshiligi (5...20 Om) va chiqish
kuchlanishining kichik diapazonga egaligini kiritish mumkin.
Stabilizatorning afzalliklari esa oddiyligi, ishonchliligi, hajmi-
ning va massasining kichikligidir.
O‘zgarmas tok parametrik stabilizatorlari toki unga qo‘yilgan
kuchlanishga sezilarli bog‘liq bo‘lmagan nochiziqli elementlarda
yig‘iladi.Bunday element sifatida maydoniy tranzistorlar qo‘lla-
niladi (10.25-rasm). Maydoniy tranzistorlarda U
zi
=const bo‘l-
ganda I
s
sezilarli o‘zgarmaydi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling