Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

10.28-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli
o‘zgartirgichning prinsiðial sxemasi.
R1
T1
VD1
VT1
T2
VD3
U
2
U
1
C
1
VD2
VT2
U
kir
R2


239
taraf qilish uchun invertor sxemasiga qo‘shimcha elementlar
kiritish lozim bo‘ladi.
Invertor aktiv-induktiv xarakterdagi yuklamada ishlaganida
yuklama toki qutblarining o‘zgarishi momentlari chiqish kuch-
lanish qutblari o‘zgarishi momentlariga, shuningdek, kuch
tranzistorlarini qayta ulanish momentlariga nisbatan kechga
qoladi. Bu har bir yarim davrning boshlang‘ich qismida kuch
10.29-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning
vaqt diagrammalari.
a
U
q
U
b1
U
b2
b
d
e
f
g
t
t
t
t
t
t
U
T
p
U
2
U
0


240
tranzistori orqali teskari yo‘nalishda tok o‘tishiga, ya’ni teskari
tokning vujudga kelishiga olib keladi.
Tranzistor orqali oqib o‘tadigan teskari tok impulsi o‘z
yo‘nalishini o‘zgartirmagan yuklama toki transformatorning
boshqa birlamchi chulg‘amiga va kuch tranzistoriga transfor-
matsiyalanadi. Invers rejimda ishlayotgan tranzistorning tok
bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti kichik bo‘ladi. Bunday kollek-
tor tokida tranzistor to‘yinish rejimidan chiqib ketishi mumkin,
bu kuch zanjiridagi qo‘shimcha quvvat isroflariga va tranzis-
torning kuyishiga olib kelishi mumkin.
Kuch tranzistori orqali oqib o‘tadigan teskari tokni kamay-
tirish uchun invertor sxemasida kuch tranzistorlariga parallel
ravishda shuntlovchi VD1 va VD2 diodlar ulanadi. Bunday
diodlar agar invertor salt ishlaganida ishlay olsa ham, yuklama
ravishda qo‘yilishi mumkin. Bunda induktiv tok hisoblangan
VT1 transformatorning magnitlash toki yarim davrining bir
qismi davomida teskari yo‘nalishda oqib o‘tadi. Ba’zida shuntlov-
chi diodlar yo‘qligida bunday magnitlovchi tok kuch tranzis-
torlarining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Tranzistorlarning kommutatsiyalanishini osonlashtirish maq-
sadida to‘g‘rilagich tarkibiga qo‘shimcha zaryadsizlash diodi
kiritiladi (10.28-rasm). Avval ochiq bo‘lgan diodning yopilishi-
dan so‘ng chiqishdagi kuchlanish sakrash orqali o‘z qutbini
o‘zgartiradi va bu qutb o‘zgarishiga so‘nuvchi yuqori chastotali
tebranishlar sabab bo‘ladi (10.30-rasm).
Bu tebranishlar transformator induktiv tarqalishining qayta
zaryadlanishi, o‘ramlararo sig‘im va montaj sig‘imlari oqibatida
vujudga keladi. Katta quvvatli o‘zgartirgichlarda ular radioxala-
qitlarning intensiv manbayi hisoblanadi. Shuning uchun ba’zida
yuklamasi induktiv elementdan boshlanuvchi o‘zgartirgichlar-
dan foydalanmaslikka majbur qiladi.


241
Mustaqil qo‘zg‘atishli invertorlar tranzistorlarining kollek-
tor toklarining keskin ortib ketishi ham yuqori chastotali xala-
qitlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ular tranzistorlar-
ning ortiqcha yuklanishiga sabab bo‘ladi. Bunday kamchi-
liklardan qutulishning faqat yagona usuli, birinchi tranzistor
ochilishini ikkinchi tranzistorning yopilishigacha kechiktirishdir.
Bu shart invertor tranzistorlarini nosimmetrik impulslar yoki
nolli uzilish impulslari bilan boshqarilganda bajariladi. Bu har
ikkala usul qo‘zg‘atkich sxemasini qurishda o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan qiyinchiliklarga ega va to‘g‘rilagich yuklamasi o‘zga-
ruvchan bo‘lganda yaxshi natijalarni bermaydi. Tranzistorning
uzilish vaqti kollektor tokiga bog‘liq, shuning uchun ulanishni
kechiktirish invertor yuklamasining o‘zgarishiga mos almashi-
shi kerak.
Qaytar toklardan tuzatish sxemasi bilan bog‘langan invertor
sxemasi bu kamchiliklardan xolidir (10.31-rasm).
Undagi invertor transformatorining qo‘shimcha W
2
chul-
g‘amlaridan olinadigan kuchlanish tranzistorlar ochilishini

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling