Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Integral mikrosxemalar kondensatorlari
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
7.7. Integral mikrosxemalar kondensatorlari
Yarimo‘tkazgichli IS monokristalida kondensatorlar hosil qilish uchun r-n o‘tishlar sig‘imidan foydalaniladi. Ammo bunday kondensatorlar sig‘imlarning cheklangan diapazoniga (20—200 pF), past temperatura barqarorligi (10 -3 1/°C) va parametrlarning katta texnologik tarqoqligiga (30 %) ega. Gibrid IS larning yupqa pardali kondensatori (7.12-rasm) bundan yuqoriroq xossalarga ega: sig‘imlari diapazoni 1 dan 10000 pF gacha bo‘lgan oraliqda yotadi, temperatura barqaror- ligi 2,10 -4 1/°C ni tashkil etadi, parametrlarning texnologik tarqoqligi 10 % ga teng. Bunday kondensatorlar dielektrik ko‘rinishdagi uch qatlamli strukturadan va unga purkash yo‘li kichik omli metall qoplangan ikkita yupqa pardali qoplamadan iborat. 7.12-rasm. Yupqa pardali kondensatorlar: 1, 3—yuqori va pastki qoplamalar; 2—dielektrik; 4—asos. 1 2 3 4 B 1 B 2 L 2 L 1 160 Qoplamalar sifatida ko‘pincha aluminiydan foydalaniladi. Chunki boshqa metallar (masalan, oltin)ga nisbatan uning atomlari sustroq harakatlanadi. Bu hol metallning yupqa dielektrik qatlami orqali diffuziyasi yuz beruvchi qoplamalar orasidagi qisqa tutashuvlar sonini kamaytiradi. Bundan tashqari, aluminiy nisbatan past bug‘lanish temperaturasiga (1500°Ñ), kichik solishtirma qarshilikka ( = 0,06 Om) ega, texnologiyabop va arzondir. Yupqa pardali kondensatorning dielektrigi sifatida olinadigan materialning elektrga nisbatan chidamliligi yuqori va sarfi kam bo‘lishi kerak. Bundan tashqari u yuqori adgeziya va iloji boricha katta dielektrik singdiruvchanlikka ega bo‘lishi lozim. Turli materiallar asosida hosil qilinadigan yupqa pardali kondensatorlarning asosiy parametrlari 7.2-jadvalda keltirlgan. Yupqa pardali kondensatorlar borgan sari kamroq qo‘llanil- moqda, chunki mikroyig‘ilmalarga o‘rnatilganda yupqa paradali kondensatorlar (ayniqsa, katta sig‘imlilari)ga nisbatan bir xil yoki hatto kichik yuzani oladigan yaxlit keramik K10 konden- satorlari va oksid yarimo‘tkazgichli, elektrolitik K53-15, K53-16 va K53-18 kondensatorlari seriyalab chiqarildi. Sanoatda B18 va B18A kondensator yig‘ilmalari ham ishlab chiqarildi. 7.2-jadval Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling