161
Nazorat savollari
1. Kondensatorlar qanday tasniflanadi va ularning qanday o‘ziga
xos konstruksiyalarini bilasiz?
2. Kondensatorlar qanday asosiy parametrlar bilan xarak-
terlanadi?
3. Yuqori chastotali keramik kondensatorlarning qaysi asosiy tur-
larini bilasiz?
4. Qog‘ozli va yupqa pardali kondensatorlar
elektrga oid xarak-
teristikalari, konstruksiyalari va qo‘llanilish sohalariga qarab
bir-biridan qanday farq qiladi?
5. Elektrolitik kondensatorlarning
konstruksiyalari, asosiy turlari,
vazifalari va xossalari qanday?
6. O‘zgaruvchan sig‘imli kondensatorlarning
vazifasi va tuzilish
elementlarini tushuntirib bering.
7. Yarimo‘zgaruvchan va maxsus kondensatorlarning qanday
turlarini bilasiz?
162
VIII BOB.
INDUKTIVLIK G‘ALTAKLARI
8.1. Tasnifi va konstruksiyalari
Radiotexnik apparaturaning yuqori chastotali qismlari va
zanjirlarida qo‘llanilish sohasi va tuzilishi turlicha bo‘lgan
induktivlik g‘altaklari qo‘llaniladi. Qarshilik va kondensatorlar-
dan farqli ravishda ular sanoatda keng ko‘lamda ishlab chiqa-
rilmaydi.
Qo‘llanish sohasiga qarab g‘altak o‘lchamlari,
ularning
shakli, o‘rash usuli, sim izolatsiyasining qalinligi, karkas mate-
riali turlicha bo‘lishi mumkin.
Induktivlik g‘altaklari konstruksiyasi
qaysi chastota diapa-
zonida va necha quvvatli tebranma konturlarida qo‘llanilishiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Tebranma kontur ishchi diapazoni ortgan sari,
odatda, g‘altak induktivlik qiymati kamayadi.
Induktivlik g‘altagining asosiy elementlari bo‘lib karkas, o‘ram
va ekran hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: