Bir fazali o’zgaruvchan tok elektr zanjirlari. O’zgaruvchan tok xosil qilish.
O’zgarmas tok zanjirlarida biz kuchlanishni vaqt davomida o’zgarmas deb qaradik. Haqiqatan ham akkumulyatorlarni kuchlanishi vaqtning biz ko’rayotgan qisqa oralig’ida o’zgarmas bo’ladi (albatta, uzoq vaqt davomida qaralganda akkumulyator zaryadsizlanishi hisobiga kuchlanish asta sekin kamayib boradi). O’zgaruchan tok vaqt bo’yicha ma’lum qoida bo’yicha o’zgaradi, ya’ni tokning miqdori vaqtning funksiyasi bo’ladi. Amalda o’zgaruvchan elektr toki deganda kuchlanishning vaqt davomida o’zgarishi tushuniladi. :
U = F (t) (3.1)
bu erda U – tokkuchlanishning istalgan vaqtdagi oniy qiymati, t – vaqt.
O’zgaruvchan tok tushunchasi juda keng manoli bo’lib yo’nalishi, son qiymati, yoki xam yo’nalishi xam son qiymati o’zgarib turuvchi toklarni o’z ichiga oladi. Tokning o’zgarish qonuniyatlari turlicha bo’lishi mumkin. Ayniqsa radiotexnikada turlicha qonuniyatlar asosida o’garuvchi toklar bilan ishlanadi. Biz amalda keng ishlatadigan va er yuzining barcha elektrostansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr toki davriy o’zgaruvchan, yoki sinuoidal tokdir. Davriy o’zgaruvchan tokning oniy qiymatlari davr deb ataladigan T-vaqtoralig’ida takrorlanib turadi, ya’ni:
U = F (t) = F (t +kT) (3.2)
bu erda k – butun sonlar (k=1,2,3, . . .n).T – tebranishlar davri deb ataladi.
Davriy o’zgaruvchan kattaliklar sinusoidal funksiya orqali ifodalanadi (masalan fizikadagi matematik mayatnikning yoki prujinaga osilgan yukning xarakat tenglamalari kabi). Xuddi shuningdek kuchlanishning vaqt bo’yicha o’zgarishini ham sinusoidal qonuniyat asosida ifodalash mumkin
U = Um sin ω t , (3.3)
bu erda ω = 2π /T – burchak tezlik, davrga teskari kattalik chastota bo’lib, u vaqt birligidagi tebranishlar sonini ifodalaydi f= 1/T.
CHastota deb 1 sekundda davriy o’zgarishlar soniga aytiladi va uning o’lcham birligi Gs-gers.Demak generatorda chulg’am sekundiga 50 marta aylanadi.Elektrotexnikada standart (sanoat) chastota deganda aynan 50Gs; tushuniladi, lekin ayrim davlatlarda (masalan AQSH da ) 60 Gs chastotali o’zgaruvchan tok ishlab chiqariladi.
Boshlang’ich faza musbat bo’ladi , koordinata boshidan chapda, manfiy bo’lsa, o’ng tomonda bo’ladi.
Agar bo’lsa, ularning yo’nalishlari faza jihatidan mos, ya’ni bir tomonga yo’nalgan bo’ladi.
Agar bo’lsa, ular qarama-qarshi fazali bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |