Murakkab uch fazali simmetrik zanjirlarni hisoblash
Uch fazali simmetrik zanjirlar fazalaridagi toklar modul jihatdan teng bo‘lib, o‘zaro 1200 ga siljigan bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday zanjirlarni hisoblashda bitta fazadagi tokni aniqlash kifoya. Hisoblash tartibini 3.10 a-rasmda keltirilgan zanjir misolida ko‘rib chiqamiz. Bunda manba kuchlanishlari va zanjir qarshiliklari berilgan bo‘lib, har bir fazadagi toklarni topish talab etiladi. Buning uchun birinchi navbatda liniya va faza toklari musbat yo‘nalishlarini sxemada belgilaymiz va qarshilikli uchburchakni unga ekvivalent yulduz bilan almashtiramiz (3.10 b-rasm). Bunda hosil bo‘lgan yulduz sxema qarshiligi quyidagiga teng:
3.10-rasm
Zanjir tarkibiga neytral simni fikran kiritamiz. Zanjir neytral nuqtalari potensiallari bir xil bo‘lganligi sababli neytral simdan foydalanish zanjirdagi toklar taqsimlanishiga ta'sir etmaydi. Zanjirdagi bitta faza, masalan, A faza uchun toklarni hisoblaymiz. Bunda qarshiliklarni ekvivalent almashtirish usulidan foydalanamiz. Unga ko‘ra
, .
A fazadagi kompleks liniya toklari:
, , ,
bu yerda .
Boshqa fazalardagi toklar A faza toklariga nisbatan 1200 ga siljigan bo‘ladi. Masalan, va h.k.
qarshilikli uchburchak sxemadagi toklar quyidagicha topiladi:
, , .
Nosimmetrik uch fazali zanjirlar
Uch fazali zanjirlarda nosimmetrik rejimlar turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin: yuklama nosimmetrik bo‘lganida, generator faza EYuK lari har xil bo‘lganida, nosimmetrik (masalan, ikkita faza o‘rtasida, faza bilan neytral sim o‘rtasida) qisqa tutashishda, fazaning uzilib qolishi va h.k.
Nosimmetrik uch fazali zanjirlarni hisoblash bir fazali zanjirlarni hisoblashda foydalanilgan usullar yordamida amalga oshiriladi. Quyida har xil nosimmetrik rejim turlarini hisoblash xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |