«elеktrotеxnika» fakultеti «elеktr mеxanikasi elеktr tеxnikasi va elеktr tеxnologiyalar» kafеdrasi
Yulduz usulda ulangan neytral simsiz zanjir
Download 406.73 Kb.
|
1 Ma\'ruzalar NE EE sirtqi (1)
Yulduz usulda ulangan neytral simsiz zanjir
Neytral simsiz yulduz sxemada faza kuchlanishlarining o‘zaro bog‘liqsizligi ta'minlanmaydi. Bir fazada yuklama qiymatining o‘zgarishi boshqa fazalarda tok va kuchlanishlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Masalan, A fazada liniya simining uzilishi qolgan ikkita faza qarshiliklari o‘zaro ketma-ket ulanib, liniya kuchlanishi ta'siri ostida qolishiga sabab bo‘ladi (3.13 a-rasm). bo‘lganida va qarshiliklarda liniya kuchlanishi teng bo‘linib pasayadi (3.13 b-rasm). Bunda neytralning siljish kuchlanishi , A faza simining uzilgan nuqtalari orasidagi kuchlanish esa ga teng bo‘ladi. Oxirgi tenglikni ikki tugun usulini qo‘llab aniqlashimiz ham mumkin, ya'ni: , Shunday qilib, yulduz sxemali simmetrik uch fazali zanjirda bitta liniya simining uzilishi o‘sha faza yuklamasidagi kuchlanishni nolgacha, boshqa ikkita faza yuklamalaridagi kuchlanishlarni martagacha, ya'ni 16% gacha kamaytirib yuboradi. Agar generatorning va liniya kuchlanishlari berilgan bo‘lsa, u holda iste'molchilar faza kuchlanishlari quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi: , , . Bu kuchlanishlardan foydalanib, faza toklar Om qonuni asosida topiladi. Odatda liniya kuchlanishlarining ta'sir etuvchi qiymatlari beriladi. Bunday hollarda liniya kuchlanishlari uchburchagi 3.14- rasmdagi kabi joylashtirilishi maqsadga muvofiq. Unga ko‘ra kuchlanish vektori haqiqiy sonlar yarim o‘qi bo‘ylab joylashtiriladi. Liniya kuchlanishlari kompleks ko‘rinishda quyidagicha yoziladi: , , . 3.14-rasm A fazada qisqa tutashishdan hosil bo‘lgan nosimmetrik rejimda (3.15 a-rasm) A va n nuqtalar potensiallari teng. Topografik diagrammada bu nuqta teng tomonli uchburchakning A uchida joylashadi (3.15 b-rasm). Bunda n nuqta potensiali generator tomonidan belgilanadigan A nuqtaga siljiydi. B va A fazalardagi faza kuchlanishlari generator liniya kuchlanishlariga teng bo‘ladi: , , . Binobarin, nosimmetrik rejim yulduz ulangan simmetrik uch fazali zanjir yuklamasi bitta fazasining qisqa tutashishi sababli yuzaga kelganida, boshqa fazalardagi kuchlanish marta ortadi. Shuning uchun ham yulduz sxemali uch fazali zanjirlarda har doim neytral sim bo‘lishi talab etiladi. 3.15-rasm Download 406.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling