Elektrotexnika materiallari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
Materialning namligi. Muayyan namlik va haroratga ega bo’lgan muhitga
elektr izolyatsion material namunasi kiritilsa, ma’lum vaqtdan so’ng jismning namligi muvozanat holatga ega bo’ladi. Agar nisbatan quruq dielektrik nam havoga kiritilsa, namlik jism hajmi bo’yicha uning ichiga singib boradi. Materialdagi namlik ma’lum vaqt davomida o’zining to’yingan qiymatiga erishadi yoki, aksincha, nisbatan quruq saqlangan havoda nam material vaqt o’tishi bilan o’zidagi namlikni yo’qota boradi (2.37-rasm). 2.37-rasm. Dielektrik namligining vaqtga bog’liqligi: a-materialni namlantirish; b-materialni quritish Elektr izolyatsion materialdagi namlik uning elektr xossalarini o’rganishda qo’l keladi, chunki Har xil materiallarning havoning nisbiy namligi o’zgarmas bo’lgandagi namlik muvozanati turlicha bo’lishi mumkin. Gigroskopik materialning namligini to’g’ri aniqlash uni massa orqali qabul qilish yoki 79 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 66-bet 101 topshirish ishlarida katta ahamiyatga ega. To’qimachilik materiallari uchun konditsion namlik tushunchasi kiritiladi. Konditsion namlik deganda, material namligining normal sharoit havosidagi muvozanat holatdagi qiymati tushuniladi. Masalan, kabel qog’ozi uchun konditsion namlik 8% deb olinadi. Zich tuzilishga ega materiallar g’ovak yoki tolali materiallarga nisbatan namlikni o’ziga kam singdiradi. Turli dielektrik materiallarda uchraydigan bo’shliqlarning taxminiy o’lchamlarini (nm- nanometrlarda) keltirib o’tamiz: Sopoldagi mikrobo’shliqlar……………………………....10 2 -10 5 Sellyuloza tolasi ichidagi mikrobo’shliqlar……………. .10 2 Tola atrofidagi bo’shliqlar ……………………………….1-10 Turli material molekulalari orasidagi bo’shliqlar……… 1-5 Molekulalar ichidagi bo’shliqlar …………………………1 Suv molekulasining diametri 0,27 nm bo’lgani sababli u ko’p materiallarning hatto molekulalari ichidagi bo’shliqlarigacha singib borishi yuqoridagi misoldan ko’rinib turibdi. Agar namlik tola yoki parda yuzasiga bir tekis o’tirsa, u holda materialning dielektriklik xususiyati keskin yomonlashadi. Namlik materialda hajm bo’yicha notekis va uzluksiz tarqalsa, dielektrikning elektr xususiyati juda kam o’zgaradi. G’ovak, suvda eruvchan jismlar namlik ta’sirida qisman elektrolit hosil qiladi. Bu esa materialning solishtirma hajm qarshiligini pasaytirib yuboradi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling