Elektrotexnika materiallari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika materiallari.
(U
t ) shu gaz bosimi (p) va elektrodlararo masofaning funksiyasidir: U t = f(p, h). Bu harakteristika U ko’rinishiga ega bo’lib, Pashen qonuniga bo’ysunadi. Agar gaz bosimi o’zgarmas bo’lsa, uning elektr mustahkamligi elektrodlar orasidagi masofa qisqarishi bilan ortadi. Gaz bosimi ko’tarilsa, uning elektr mustahkamligi ham ortadi. Bu o’z navbatida, gaz muhitida ishlaydigan konstruksiya va apparatlarning hajmini kichraytirish imkonini oshiradi. 89 Gazning teshilish kuchlanishi elektr maydoni, kuchlanish turi va haroratiga uzviy ravishda bog’liq bo’ladi. Ko’pgina gazlarning razryad kuchlanishi atmosfera bosimi sharoitida Pashen qonuniga bo’ysunadi. Ushbu qonuniyat notekis elektr 89 Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 54-bet. 118 maydonidagi gaz uchun ham o’rinli. Bunda teshilish kuchlanishi (U t ) gaz bosimi (p), elektrod radiuslari (ichki va tashqi)ga bog’liq ravishda o’zgaradi: (U t )=f(pr,R/r). Inerty gazlar va ularning aralashmalari hamda argon bilan simob bog’i aralashmalarida E t ning qiymatlari kichik bo’ladi (2.48-rasm). 2.48-rasm. Gaz elektr mustahkamligining haroratga bog’liqligi Yuqori elektr mustahkamlik elektr gazning molekulyar massasi qancha katta bo’lsa, E t qiymati shuncha yuqori bo’ladi. Masalan, C 14 P 24 birikmasining elektr mustahkamligi havoning elektr mustahkamligidan 10 marta yuqoridir. 90 Gaz razryad kuchlanishiga elektrod shakli, elektrodlararo masofa, elektrod yuzasining holati katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham ko’pgina tuzilmalarda elektrod yuzasi maxsus ishlov berib sayqallanadi va unga yoy razryadi ta’sir ettiriladi. a) b) 2.49-rasm. Nomustaqil va mustaqil gaz razryadi 91 90 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 76-bet 91 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 165-bet. 119 Yoy ta’sirida ishlov berish natijasida elektrod yuzasidagi juda mayda chiqiqlar yemirilib kuyadi, elektrod yuzasidagi notekisliklar (mayda chiqiq, chuqurcha va hokazo) unga izolyatsiyali parda qoplash orqali ham bartaraf etilishi mumkin. Bu usul elektr mustahkamlikni 20-30% oshiradi (2.49-rasm). Odatda, elektr uzatish liniyalari va podstansiyalarda havo muhitida joylashgan elektr izolyatsiya konstruksiyalari bir jinsli bo’lmagan notekis elektr maydonini hosil qiladi. Qurilma elektrodlari asosan igna-tekislik, igna-igna sistemasini vujudga keltirgani sababli, havoning elektr mustahkamligi xuddi shu turdagi elektrodlar yordamida o’rganiladi (2.50-rasm). 2.50-rasm. Gazlar elektr mustahkamligining havo oralig’iga bog’liqligi 92 Elektrodlar oralig’idagi maydonni tekislash (elektrod shakli, o’lchami, soni, oralig’i va hokazolarni tanlab) havoning elektr mustahkamligini oshirishning asosiy omillaridandir. Shu sababli izolyatsiya konstruksiyasida elektr maydonini boshqarib, notekislikni kamaytirishga alohida ahamiyat beriladi. Izolyatsiya konstruksiyalarida elektr maydonini tekislash uchun maxsus ekran keng qo’llaniladi. Vakuumning elektr mustahkamligi oddiy atmosfera havosining elektr mustahkamligiga nisbatan yuqori bo’ladi. Uning qiymati elektrod shakli, yuzasi va materialiga bo’g’liq bo’ladi. Vakuumda yuqori elektr mustahkamlikka erishish 92 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 162-bet. 120 uchun razryad kameradagi barcha elementlar yaxshilab ishlov berib, tozalanishi va elektrodlar razryad ta’sirida sayqallanishi kerak. Titan qotishmasidan yasalgan elektroddan foydalanilganda vakuumda yuqori elektr mustaxkamlikka erishiladi. Energetik uskunalarda gaz elektr razryaddan so’ng o’z elektr mustahkamligini tez tiklash, yonmasligi, issiqlikni o’zidan yaxshi o’tkazishi, yoyni o’chirishi va boshqa muhim xossalarga ega bo’lishi zarur. Bu xossalar elegazda jamlangani uchun u aksariyat elektr texnika uskunalarida qo’llaniladi. Qattiq izolyatsiyaga nisbatan gaz izolyatsiyasining elektr sig’imi va o’tkazuvchanlikka ega bo’lganligi sababli, elektr mashinalarida havo o’rniga ishlatiladi. Vodorod gazi elektr mashinasining ishqalanishiga sarflanadigan energiya miqdorini pasaytirishi bilan birga, uning chulg’amiga qoplangan organik izolyatsiya materialining eskirishini cheklaydi. Vodorod gazi ana shu xususiyatlaridan turbogenerator va sinxron kompensatorlarda foydalaniladi. Ba’zi inert gazlar (neon, argon) hamda simob, yoki natriy bug’larining elektr mustahkamligi kichik bo’lganligi sababli, ular gaz razryad asboblarini to’latishda ishlatiladi. Suyuq holatga o’tgan gazlar (geliy, vodorod, azot) ning harorati juda past bo’ladi. Shu sababli, bundan gazlar maxsus kabellarda ishlatiladi. Suyuq holatdagi mazkur gazlarning dielektrik singdiruvchanligi kichik bo’lib, issiqlik sig’imning kattaligi bilan ajralib turadi. Elegaz qimmatbaho bo’lganligi sababli ko’pgina elektr texnika uskunalarida uning azot bilan aralashmasidan foydalaniladi. Azot va elegaz birikmasining elektr mustrahkamligi azot gazining elektr mustahkamligidan bir-muncha yuqori bo’ladi. Shu bois mazkur birikma muhitida bo’lgan metall o’tkazgichning sovitilish sifati nisbatan yaxshilanadi. Azot va elegaz birikmasi gaz bilan to’latiladigan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida qo’llaniladi. Gazning issiqlik sig’imi va dielektrik singdiruvchanligining kichikligi gaz izolyatsiyasiga ega bo’lgan yuqori kuchlanishli kabellarning moy shimdirilgan qog’oz izolyatsiyali kabellarga nisbatan ustunligini ta’minlaydi. Bu esa yuqori kuchlanishli kabel uzatish liniyalarining quvvatini keskin oshirishga kehg yo’l ochib beradi. 121 So’nggi paytlarda elegaz bilan to’latilgan katta quvvatga ega transformatorlar ishlab chiqarilib, sinovdan o’tkazilmoqda. Elegaz va uning aralashmalari azotli kondensator ishlab chiqarishga ham tatbiq etilmoqda. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling