Elektrotexnika materiallari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/104
Sana21.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1714931
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   104
Bog'liq
elektrotexnika materiallari.

2.18. Suyuq dielektriklar 
Elektr texnikaga oid konstruksiya va uskunalarni ishlatish sharoitlardan kelib 
chiqib, suyuq dielektriklarga yuqori elektr musahkamlik va solishtirma hajmiy 
qarshilik, kichik miqdorli dielektrik singdiruvchanlik, elektr va issiqlik 
maydonlariga bo’lgan bardoshlilik, ish mobaynida xossalarining barqarorligi, 
yong’inga bardoshlilik kabi talablar qo’yiladi. Neft mahsulotidan olinadigan 
transformator moyi elektr texnikada eng ko’p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan 
hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda, asosan, elektr izolyatsiyasi va sovitkich 
vazifasini bajaradi. Transformatorga transformator moyi quyilganda simlarga 
qoplangan izolyatsiya qoglamasidagi havo bo’shliqlari moy bilan to’ladi. Natijada 
transformatorning elektr izolyatsiyasi mustahkamligi ortib, elektr kuchlanishi 
ta’siridagi chulg’amlardan va po’lat o’zakdan ajralayotgan issiqlik tashqi muhitga 
moy orqali yaxshi tarqatiladi.
93
Bunda transformatorning quvvati birmuncha ortadi. 
Neftdan olinadigan transformator moyi parafin, naftalin, aromatik 
uglevodorod kabi murakkab birikmalardan tashkil topgan bo’lib, uning tarkibida 
oltingugurt, kislorod va azot kabi qo’shimchalar ham bo’ladi. Moydagi zararli 
qo’shimchalar neftni qayta ishla orqali bartaraf etiladi. Transformatorning moyini 
tozalash kislota yordamida, selektiv yoki adsorbsiya kabi usullar orqali amalga 
oshiriladi. Bu moyning rangi och sariq bo’lib, zichligi 861-895 kg/m
3
, qotish 
harorati -45
0
C, chaqnash (alangalanish) harorati 135-140
0
C , nur sindirish 
koeffitsienti 1,47-1,49, kinematik qovushqoqligi (17,6

26,6) 10
-6
m
2
/s va sirt 
taranglik kuchi 40-45 kN/m. Transformator moyi yonuvchan suyuqlik bo’lgani 
sababli, uni ishlatish mobaynida texnika xavfsizligiga amal qilinishi shart. Bu 
93
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 78-bet 


122 
suyuqlikning dielektrik singdiruvchanligi 2,2-2,3, dielektrik isrof burchagining 
tangensi 0,001-0,02 ga teng. 
2.51-rasm. Elektr mustahkamlikning moy tarkibidagi suv miqdoriga 
bog’liqlik grafigi 
Transformator moyi tarkibidagi juda kam (0,05%) miqdordagi suv ham uning 
elektr mustahkamligini keskin (5-10 barobar) tushirib yuboradi (2.51-rasm).
2.52-rasm. Transformator moyini quritish va tozalash qurilmasi 1-kirish 
krani; 2-moy nasosi; 3-qizdirgich; 4-forsunka; 5-vakuumli bak; 6-moy tarkibidagi 
suv bug’larini ushlab qolgich; 7- vakuumli nasos; 8-absorbsiya filtri; 9-aylanma 
yo’lli klapan; 10-tozalovchi filtr; 11-chiqish nasosi; 12-rejimni qayta ulash krani. 


123 
Bu asosan, suvning dielektrik singdiruvchanligi katta (e
r
≈81) va solishtirma 
hajmiy qarshiligining kichikligi (p ≈10
3

10
4
Om∙m) bilan tushuntiriladi. Moy 
tarkibidagi mexanik qo’shimchalar (tola, zarracha va h.k.), ham suyuqlikning 
elektr mustahkamligini pasaytiradi. Transformator moyi mazkur qo’shimchalardan 
tozalanib, so’ngra quritilsa, u o’zining asl elektr mustahkamligini qayta tiklaydi. 
Quyidagi jadvalda transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr 
mustahkamligi keltirilgan. Elektr uskunalarida ishlatilayotgan transformator 
moyiga kuchli elektr maydoni, issiqlik, kislorod va oksidlovchi moddalar ta’sir 
etishi natijasida uning eskirishi kuzatiladi. 
2.7-jadval 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling