Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

2008 yil, 20 may, Nortgempton. 
Devid uyga qaytmagan o'sha tunda Ella tushida 
qorin raqsiga tushayotgan yalim yalang'och 
ayollarni va darvishlarni ko'rdi; u yo'l bo'yidagi 
karvonsaroyda ovqatlanayotgan jangari 
askarlarni ham ko'rdi; ularga go'sht solib 
pishirilgan somsalar va turli shirinliklar 
solingan likoplar ketma-ket tashib keltirilar edi. 
Keyin Ella o'zini ko'rdi. U allaqanday begona 
mamlakatda goh g'ala-g'ovur bozorda, goh 


qandaydir qo'rg'onda kimnidir izlar edi. Uning 
atrofida ko'p odamlar asta harakatlanar edilar, 
ular ham allaqanday eshitilmas musiqa ohangi 
ostida raqs tushar edilar go'yo. Ella allanima 
so'ramoqchi bo'lib, uzun mo'ylabli semiz 
kishini to'xtatdi, lekin nima so'ramoqchi 
bo'lganini esidan chiqarib qo'ygan edi. U kishi 
tushunmay unga qarab qo'ydi va nari ketdi. 
Keyin u yana kimlar bilandir gaplashmoqchi 
bo'ldi, lekin hech kim unga javob bermas edi. 
U avvaliga mahalliy tilni bilmaganim uchun 
meni tushunishmayotgandir, deb o'yladi. Lekin 
keyin qo'lini og'ziga olib borgach, dahshat 
bilan o'zining og'zi yo'qligini bildi. Sarosimaga 
tushib, o'zining qanchalik o'zgarganini ko'rish 
va tushunish uchun hamma yoqqa qarab ko'zgu 
izlay boshladi, lekin hech qaerda ko'zgu yo'q 
edi. Keyin Ella yig'lab yubordi va g'alati 
tovushlardan uyg'onib ketdi. 
U ko'zlarini ochganida, Spirit (iti) zo'r berib 
orqa eshikni tirmalayotganini ko'rdi. Biron 
hayvon pillapoyaga chiqqan bo'lsa kerak. It 


ayniqsa sassiqko'zanlarni yomon ko'rardi. 
O'tgan yil qishda ulardan biri bilan to'qnashib 
qolganini haligacha esidan chiqarmagan bo'lsa 
kerak. O’shanda Ella bir necha hafta unga 
o'rnashib qolgan sassiq hidni ketkazish uchun 
itni cho'miltirgan bo'lsa ham, kuygan 
rezinkanikiga o'xshagan bu hid sira ketmagan 
edi. 
Ella devorda osilib turgan soatga qaradi. O'n 
besh minut kam uch. Devid hamon qaytmagan 
edi va balki hech qachon qaytmas. Janet 
qo'ng'iroq qilmadi. Qattiq umidsizlikka tushgan 
Ella uning qachondir qo'ng'iroq qilishidan 
gumonda edi. Eri va qizi undan yuz 
o'girganlaridan dahshatga tushgan holda Ella 
muzxona eshigini ochdi va bir necha daqiqa u 
yerdagi masalliqlarga ko'z yugurtirdi. Vanilli-
olchali muzqaymoq egisi kelar edi, lekin 
semirishdan qo'rqib, nafsini tiydi, muzxona 
eshigini keskin yopib nari ketdi. 
Qizil vinoli shishani ochdi. Bu yengil, unga 
yoqadigan achchiq-chuchuk ta'mlar aralashgan, 


yaxshi vino edi. Faqat ikkinchi qadahni 
to'ldirayotganida Ella Devidning qimmatbaho 
«Shato Margo 1996» bordosini ochishi ham 
mumkinligini o'ylab qoldi. Nima qilishini 
bilmay, noxushlik bilan shishaga qarab qoldi. 
Kun bo'yi charchagan va yurgan yo'lida uyqusi 
kelib turgan Ella elektron pochtasiga ham bir 
nazar solib qo'ymoqchi bo'ldi. O'ndan ortiq 
keraksiz xabarlar orasida Mishelning 
qo'lyozmani o'qish bo'yicha ishlar qandayligi 
haqidagi savoli va Aziz Z. Zaxaradan kelgan 
xat bor edi. 
Azizam Ella (Sizni shunday atashimga ruxsat 
etsangiz, albatta)! 
Xatingiz menga Gvatemalaning Monostenango 
deb atalgan qishlog'idaligimda yetib keldi. Bu 
odamlar hamon mayya kalendariga rioya etib 
kelayotgan kamdan-kam joylardan biri. Men 
qo'ngan mehmonxonaning naq ro'parasida 
xilma-xil ranglardagi yuzlab mato parchalari 
bilan bezangan xohish-istaklar daraxti ko'rinib 
turipti. Uni bu yerda chilparchin bo'lgan 


(parchalangan yuraklar) daraxti deb atashadi. 
Yuraklari chil-chil bo'lgan odamlar, singan 
yuraklariga shifo istab, iltijo qilgan holda 
mato bo'lagiga o'z ismlarini yozishadi va 
daraxt shoxlariga osib quyishadi. 
Sizning e-mail ingizni o'qigach, mening shu 
daraxt yoniga kelib, Siz bilan qizingiz yarashib 
ketishingizni tilab, duo qilganim Sizga nisbatan 
uncha katta behurmatlik bo'lib ko'rinmas, 
degan umiddaman. Zero, muhabbatning biron 
uchquni ham uvol ketmasligi kerak, chunki 
Rumiy aytganidek, muhabbat - tiriklik 
chashmasidir. 
O'tmishda menga bir narsa yordam bergan edi. 
Men atrofimdagi odamlarga ular o'zlari 
istaganlariday yashashlariga xalal berishdan, 
ularni o'zgartira olmaganimdan, ruhan 
ezilishlardan o'zimni to'xtatdim. Agar ruxsat 
etsangiz, Sizga (boshqa insonlar hayotiga) 
aralashishdan ko’ra (boshga tushgan ishlarga) 
rizolik vaziyatida bo'lishni maslahat bergan 
bo'lardim. 


Ba'zilar «rizolikni» (mo'minlikni) «zaiflik» deb 
tushunar ekanlar, ular katta xatoga yo'l 
ko'yadilar, vaholanki, zaiflikning bunga 
mutlaqo aloqasi yo'q. Rizolik (mo'minlik) 
insoniyat bir jamoa bo'lib yashashi shartlarini 
tinchlik bilan (qarshiliksiz) qabullashi shakli 
bo'lib, bunga biz hozirda o'zgartira 
olmaydigan yoki tushuna olmaydigan barcha 
vaziyatlar ham kiradi. 
Mayya jadvaliga ko'ra, bugun yaxshi kun. 
Astrologiyaviy o'zgarishlarning ko'pi endi 
sodir bo'ladi va ular insonlarda yangi ong 
shakllanayotganidan darak bermoqda. Men bu 
xatni quyosh botmasidan oldin, ya'ni bugungi 
kunning oxiriga qolmasdan yetkazishga 
ulgurishim kerak. 
Ishq kutmagan vaqtingizda va kutmagan 
yeringizda Sizni tutib oladi. 
Sizga samimiyat ila Aziz. 
Ella butkul begona inson dunyoning boshqa 
chekkasida turib unga ezgulik tilab duoi iltijo 
qilganidan ta'sirlangan holda noutbukni yopdi. 


Ko'zlarini yumib, istaklar daraxtiga bog'langan 
matoga kimning ismi yozilganini va uning 
shamoldagi varrak kabi silkinayotganini 
tasavvur etdi. 
Bir necha daqiqadan so'ng Ella oshxona 
eshigini ochdi va hovliga chiqib, salqin esgan 
shamol lazzatini tuydi. Mamnuniyat his 
etmayotgan, notinch Spirit yonida turar va zo'r 
berib havoni iskar edi. U oldin ko'zlarini qisdi, 
keyin uzoqda qo'rqinchli bir nimani 
ko'rayotganday, ko'zlarini ochdi va quloqlarini 
ding qildi. Oy yorug'ida Ella va iti yonma-yon 
turar va har ikkisi ham zim-ziyo qorong'ulikka 
qarab, u yerda harakatlanayotgan narsadan va 
noma'lumlikdan bir xilda qo'rqqanlaricha turar 
edilar. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling