Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

2008 yil, 21 may, Nortgempton. 
Devid qochib qutulib bo'lmaydigan janjal 
oldidan o'ziga dalda bera-bera azonda uyga 
qaytganida xotini o'z o'rnida uxlab yotganini 
ko'rdi. Yonida «Shirin shakkoklik» 
qo'lyozmasi yotar va vino ichilgan bo'sh stakan 
turardi. 
O'n minutlardan keyin Ella uyg'ondi. 
Devidning vannaxonada dush qabul 
qilayotganidan hayron bo'lmadi. Eri boshqa 
ayollar bilan o'ynashishga o'ynashishi qatto 
tunni ular bilan o'tkazishi ham mumkin edi-yu 
va lekin ertalab dushni hamisha o'z uyida qabul 
qilar edi. Devid yotoqxonaga qaytib kirganida, 
uning uyga kelmagani borasidagi 
tushuntirishlaridan qochish uchun o'zini 


uxlayotganga soldi. 
Bir soatcha o'tar-o'tmas Devid va bolalar o'z 
ishlariga tarqab ketishdi va Ella yana 
oshxonada yolg'iz qoldi. Hayot oqimi yana 
o'zining odatdagi o'zaniga tushganday edi. Ella 
o'zining sevimli «Pazandalik san'ati - oson va 
tez» oshpazlik kitobini ochdi va bir nechta 
reseptni o'qib ko'rib, o'zini kun bo'yi ish bilan 
band qilishi mumkin bo'lgan ancha murakkab 
menyuni tanladi. 
Dengiz mollyuskalaridan za'faron, kokos va 
apelsin solib tayyorlanadigan yovg'on sho'rva. 
Qo'ziqorin, xushbo'y ko'katlar va besh xil 
pishloq bilan pishiriladigan spagetti. 
Xo'shbo'y olma moyi, sirka va sarimsoqpiyoz 
shimdirib pishiriladigan buzoq qovurg'alari. 
Layma sokidagi yashil loviyadan va 
gulkaramdan tayyorlanadigan salat. 
Keyin desert (shirinlik) tanladi: iliq shokolad 
suflesi. 
Ella ovqat tayyorlashni yaxshi ko'rardi. Eng 
oddiy masalliqlardan shirin taomlar 


pishirishdan u nafaqat huzur qilardi, balki, 
qizig'i shuki, kayfiyati ham ko'tarilib ketardi. 
Boz ustiga bu ish juda a'lo darajada chiqishi 
unga yana ham ko'proq huzur berardi. Bundan 
tashqari, ovqat tayyorlash uni tinchlantirardi 
ham. Oshxona uning hayotida o'zini dunyodan 
ajratib olishi va vaqt tezligini go'yo 
qisqartirishi mumkin bo'lgan joyi edi. Ba'zi 
odamlar uchun intim munosabatlar shunday rol 
o'ynaydi, fikrlar edi Ella, lekin buning uchun 
ikki kishi bo'lishi kerak, oshxona uchun esa 
vaqt, ishga mehr va masalliq bo'lsa, bas. 
Televideniyadagi pazandalik dasturlari 
boshlovchilari kishidan ruhiy ilhom va ijodiy 
qobiliyat talab qilishini uqtiradilar. Ular 
hamisha "eksperiment" so'zini takrorlaydilar. 
Ella ularning fikrlariga qo'shilmaydi. 
Eksperimentni olimlarga g'aroyibotlari esa 
rassomlarga havola etish joizroq emasmi? Bu 
yerda esa an'analarga rioya etish va sira ham 
eksperiment qilmaslik kerak. Taom 
tayyorlashni bilish bu urf-odatga na qoidalarga 


rioya etish degani. Xozirgi davrda ahamiyati 
qanchalik kam qadrlanayotgan bo'lmasin, 
oshxona yumushlarida ularga rioya etish sira 
ayb emas, Ella o'zining uy yumushlarini 
eskicha yuritish odatini qadrlardi. Ertalablari 
butun oila deyarli hamisha bir vaqtda nonushta 
qilar, dam olish kunlarini hamisha bir yerda 
o'tkazishar, har oyning birinchi yakshanbasida 
qo'shnilarini tushlikka (mehmonga) 
chaqirishardi. Devidning o'z ishidan sira vaqti 
ortmagani uchun butun ro'zgor ishlari: 
xarajatlar, uy-ro'zg'orni, bolalarni tartibda 
tutish, ularning dars tayyorlashlarini kuzatib 
borish - barchasi faqat Ellaning zimmasida. 
Payshanba kunlari Ella Pazandalik klubiga 
borardi, u yerda klub a'zolari o'zaro pazandalik 
retseplarini bo'lishar edilar. Har jumaning bir 
necha soatini bozorda, fermerlar bilan, ularning 
mahsulotlarini muhokama qilish va ta'mini 
totish va tajribasi kam yosh bekalarga 
maslahatlar berish bilan o'tkazardi. Qolgan 
narsalarni u uyga qaytishda magazindan olar 


edi. 
Shanba kunlari kechqurun Devid Ellani 
restoranga (odatda yapon restoraniga) olib 
borardi - shunda agar uncha charchamagan 
bo'lishsa va unchalik mast bo'lishmasa uyga 
qaytishgach, birga bo'lishardi. Qisqagina 
o'pichlar va erkalashlar ehtirosning emas, balki 
shunchaki bog'lanishning ifodasi edi. Nikohlari 
barqaror va odatiy tusga kirganidan keyin 
birgalik o'z jozibasini yo'qotgan edi. Ular 
ba'zan haftalab bir-biriga yaqinlashmas edilar. 
Ella hatto bir vaqtlar er-xotinlik munosabati 
uning hayotining muhim qismini tashkil 
etganiga hayron bo'lardi, endi esa yengil 
tortgan, o'zini deyarli erkin his etardi. 
Unga ko'p yillar nikohda yashagan va 
keyinchalik boshqa ishonchliroq va muhimroq 
munosabatlar uchun yashashga o'tib, jismoniy 
quvonchlardan uzoqlashadigan juftlar haqidagi 
fikrlar yoqar edi. 
Bunda birdan-bir muammo Devidning 
umuman shahvatdan emas, faqatgina o'z xotini 


bilan bo'ladigan munosabatdan voz 
kechayotganida edi. U bu sarguzashtlari uchun 
erini hech qachon ochiqchasiga ayblamas, 
hatto o'z taxminlarini unga aytmas edi ham. 
Yaqin do'stlari bunday taxminlardan uzoq 
ekanliklari uchun, o'zini bilmaganga solish 
uning uchun osonroq kechar edi. Hammasi 
yashirin edi, hech qanday janjalsiz, 
g'iybatlarsiz. Ella bu ishlarni Devid qanday 
yo'lga qo'yishini xayoliga ham keltira olmas 
edi. Uning ayollar bilan, ayniqsa, yoshgina 
assistent ayollar bilan tez-tez muloqotda 
bo'lishi hisobga olinsa, bu ish uncha murakkab 
emasday ko'rinadi. Lekin eri hamisha 
hushyorlik va vazminlikni boy bermas edi. 
Shunga qaramay Ella buni bilardi. Zero, 
xiyonatning o'z isi bo'lar ekan. 
Ella bunda gap nimada ekanini aniq ayta olmas 
edi. Xiyonatning sababi Ellaning 
befarqligidami yoki boshqa bir sabab bormi? 
Nahotki avval Devid yo'ldan ozdi-yu, keyin 
Ella o'z vujudini va xohishlarini yoqtirmay 


qoldimi? 
Nima bo'lganda ham, natijasi bitta. Uch 
farzand tug'ilgan yigirma yillik nikoh 
mobaynida avvalgi ehtiroslardan asar ham 
qolmagan edi. Uch soat mobaynida Ellani 
shunday fikrlar o'rtar ekan, qo'llari o’z ishini 
bilib qilardi. U pomidor to'g'rar, 
sarimsoqpiyozni maydalar, piyoz to'g'rar, sous 
qaynatar, apelsin po'chog'ini archar, bug'doy 
noni uchun xamir qorardi. Devidning onasi 
bergan oltin nasihatga binoan, nonni u hamisha 
o'zi yopardi. 
- Hech nima erning esiga uyi borligini yangi 
yopilgan nonchalik solib tura olmaydi, - degan 
edi Devidning onasi ular unashtirilgan kunda. - 
Hech qachon nonni magazindan sotib olma. 
Hamisha nonni o'zing yop, azizam, bu uyingda 
mo'jizalar yaratadi. 
Kun bo'yi shu tariqa ishlarni qilgach, Ella stol 
ustini chiroyli bezashga tushdi. Salfetkalarni
xushbo'y shamlarni, sariq va qovoqrang 
guldastalari bor guldonlarni stolga qo'ydi. 


Salfetkalar o'tkazil- gan yaltiroq uzukchalar, 
ayniqsa, zo'r chiqdi. 
Charchagan, lekin mamnuniyat his etgan holda 
Ella mahalliy yangiliklarni eshitish uchun 
televizorni yoqdi. Yosh ruhshunosni o'z uyida 
pichoqlab ketishipti; qisqa tutashuv tufayli 
kasalxonada o't chiqipti; maktabning katta sinf 
o'quvchilaridan to'rttasi maktab mulkini talon-
toroj qilishda ayblanib qamalishipti. Bularni 
tinglarkan, uydan tashqarida odamni qanday 
xatarlar kutib turishini o'ylab, bosh chayqadi. 
Amerikaday mamlakatning shahar yaqinidagi 
joylarda yashash shunchalik xatarli bo'lib 
qolgan vaqtda, Aziz Z. Zaxaraga o'xshagan 
odamlarda shunday yovvoyi mamlakatlarda 
sayohat qilish istagi qanday paydo bo'lar ekan-
a? 
Uni va u kabi boshqa ko'pchilikni ham to'rt 
devor orasiga qamab qo'ygan bu noma'lum, 
xatarli va tushunarsiz shu hayot, Aziz kabi 
kimsalarni sarguzasht istagida dunyo kezdirishi 
g'alati edi. 


Rubinshteynlar (oila a'zolari) chiroyli 
bezatilgan stol atrofiga to'planganlarida soat 
roppa-rosa yetti yarim bo'lgan edi. Xushbo'y 
shamlar yemakxonaga qandaydir mo'tabarlik 
baxsh etib turardi. Begona odamga bu oila 
namunaviy bo'lib ko'rinishi mumkin edi. Hatto 
Janetning yo'qligi ham manzarani buzmadi. 
Ovqat vaqtida Orli bilan Avi o'zlarining 
maktabdagi ishlari haqida tinimsiz 
valaqlashardilar va Ella ularning bu bir daqiqa 
ham tinib-tinchimasliklari va sho'xliklari uchun 
ulardan minnatdor edi, aks holda eri bilan u 
azobli sukunat qa'riga cho'kib ketishlari 
mumkin edi. 
Ella ko'z qiri bilan Devid sanchqini 
gulkaramga qanday sanchganini, uni og'ziga 
olib borganini va sekin chaynay boshlaganini 
kuzatardi. Ko'zi uning yupqa rangpar lablariga, 
oppoq yaltiroq tishlariga tushdi. Bir vaqtlar u 
bu og'iz bilan o'pishishni yaxshi ko'rar- di... U 
erini boshqa ayol bilan o'pishayotganini 
tasavvur etdi. Uning xayolidan yosh va 


ko'kraklari durkun, tor ko'ylak kiygan, 
tizzasigacha chiqadigan baland poshnali etik 
kiygan, kosmetik krem qalinligidan yuzlari 
yaltiragan assistentka o'tdi. Ella Devidni 
hozirgiday oilaviy stol oldida o'tirib, 
shoshmasdan gulkaram eyayotganiday emas, 
shosha-pisha ochko'zlik bilan uni o'payotganini 
tasavvur etdi. 
Aynan o'sha payt, eri o'z sarguzashtini 
boshlagan o'sha ayolni ko'z oldiga keltirganida, 
Ellaning ichida nimadir uzilib ketdi. O'zining 
tajribasizligi va jur'atsizligiga qaramay, u 
birdan ertami-kechmi bularning hammasini: o'z 
oshxonasini, itini, bolalarini, qo'ni-
qo'shnilarini, erini, o'zining pazandachilik 
kitoblarini va uyda yopadigan nonlarini tashlab 
ketishini qo'rqinchli bir aniqlik bilan tushundi... 
U hamisha qo'rqinchli narsalar sodir bo'ladigan 
o'sha dunyoga shunchaki ketvoradi, vassalom.


Ustoz 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling