Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

1243 yil, 26 yanvarь, Bag'dod. 
Shams Tabriziy darvishlar jamoasi a'zosi 
sifatida, o'zi kutganidan ortiqroq vaqt 
mobaynida sabr bilan kutishiga to'g'ri 
kelmoqda edi. Mana to'qqiz oy o'tdi hamki, u 
hamon Bag'dodda edi. 
Men avvaliga uning istalgan vaqt narsalarini 
yig'ishtirib ketvorishi mumkinligini kutdim, 
zero, uning hamishalikka o'rnatiladigan 
tartibotni qabul qilmasligi ochiq-oydin edi. 
Jamoadagilarning qolgan barchasi 
bo'ysunadigan kundalik hayot tarzi: bir vaqtda 
uxlashga yotib, bir vaqtda turish, muayyan aniq 
vaqtda ovqatlanish va shu kabilar uni qanchalar 
zeriktirayotganini men ko'rib turardim. Uning 
fe'l-atvori yolg'izlikda yashaydigan yovvoyi 
erkin qushniki kabi edi. Hatto ikki martta ketib 
qolishiga oz qolganini ham taxmin qilardim. 
Shunga qaramay, uning yolg'izlik va erkinlikka 
bo'lgan mayli qancha kuchli bo'lsa, ko'nglidagi 
hamsuhbatni topish ishtiyoqi ham shunchalar 


kuchli edi. Ana shu ishonch uni kutishga va 
sabr-toqat qilishiga yordam berardi. 
To'qqiz oy mobaynida men Shamsni diqqat 
bilan kuzatdim va ko'rdimki, boshqa darvishlar 
oylar, yillar mobaynida o'rganadigan narsalarni 
u bir hafta, hatto uch-to'rt kundayoq 
o'zlashtirardi. Uning har qanday yangi va 
g'ayrioddiy narsalarga qiziqishi juda katta edi, 
u tabiat hodisalarini kuzatishni yaxshi ko'rardi. 
Bir necha marta bog'da men uning yo 
o'rgimchak ini simmetriyasini, yoki daraxtlarda 
yaltirab turgan shabnam tomchilarini zavq 
bilan kuzatayotganini ko'rdim. Go'yo 
hasharotlar, o'simliklar, hayvonlar unga kitob 
va qo'l- yozmalardan qiziqarliroqday edi. Lekin 
uni o'qishga qiziqishi yo'q ekan, deb o'ylagan 
zahotim, qo'lida qalin kitob ushlab turganini 
ham ko'rib qolardim. Keyin esa haftalab hech 
nima o'qimay yuraveradi. 
Men undan bu holatning sababini so'raganimda 
u aqlni hamisha mamnunlik holatida saqlab 
turish kerakligini va lekin uni buzib qo'ymaslik 


uchun hamisha ehtiyot bo'lish kerakligini aytdi. 
Bu uning qoidalaridan biri edi. «Tafakkur bilan 
ishq turli matolardan to'qiladi, - der edi u. - 
Tafakkur odamlardan chigallik to'qiydi va hech 
nimasini boy bermaydi, ishq esa barcha 
chigallarni yozadi va boru yo'g'ini boy beradi. 
Tafakkur hamisha ehtiyotkor va har doim: 
«Me'yorsiz zavqu shavqdan saqlanish»ni 
maslahat beradi. Ishq esa «Oh, bu gaplar 
behuda! Zahmatlar tubiga tushib boraver!» 
deydi. Aqlni aldab bo'lmaydi, ishqni esa loyga 
belash mumkin. Lekin ana shu loy ichiga 
xazina jo bo'lishi mumkin. Pora bo'lgan yurak 
xazinani o'zida saqlaydi. 
Uni yaxshiroq bilib borar ekanman, undagi 
jasurlik va aqlning o'tkirligi menga tobora 
ko'proq yoqib borardi. Lekin men Shamsdagi 
o'ziga xoslikning boshqa tomoni ham borligini 
ko'rardim. Masalan, u qo'pollikka o'tib ketar 
darajada dangalchi edi. Men o'z darvishlarimga 
boshqalarning kamchiliklariga e'tibor 
qaratishlarini va lekin shuning bilan birga 


xotirjamlikni yo'qotmasdan, kechirimli 
bo'lishlarini o'rgatardim. Shams esa xato qilgan 
kishi kim bo'lmasin, buni o'tkazib yubormas 
edi. Kishi xato qilganini ko’rgan zahoti darhol 
va ochiqchasiga aytardi. Uning shartakiligi 
ko'pchilikni xafa qilardi, shunga qaramay 
odamlarning qitiq patiga tegish, keyin esa 
jahllari chiqqanda ular o'zlarini qanday 
tutishlarini kuzatish unga yoqardi. 
Shamsni xo'jalik ishlariga jalb qilish qiyin 
masala edi. Buning uchun unda toqat yetishmas 
edi, ishga kirishgan zahoti qiziqishi so'nardi. 
Mutaassiblik uni xunibiyron qilar, shunday 
paytlarda xuddi qafasga tushib qolgan sherni 
eslatardi. Agar suhbat ze-riktirsa yoki 
suhbatdoshi unga o'rinsiz tanbeh beradigan 
bo'lsa, bexuda vaqt o'tkazishdan qochib, 
o'rnidan turardi va ketib qolardi. Oddiy 
odamlar qadrlaydigan xavfsizlik, qulaylik 
degan narsalar uning uchun ahamiyatsiz edi. 
So'zlarning qimmatiga ishonchsizligi 
shunchalik kuchli ediki, hatto bir necha kun 


gaplashmay ham yuraverardi. Bu ham uning 
qoidalaridan biri edi: «Insoniyat 
muammolarining juda ko'pi o'zaro bir-birlarini 
tushunmasliklaridan kelib chiqadi. So'zlarni 
to'g'ridan-to'g'ri qabullab bo'lmaydi. Ishq 
mintaqasiga kirilganida, tilni qo'llab bo'lmaydi. 
Ishq tuyg'usini so'zlar bilan qamrab olib 
bo'lmaydi, uni so'zsizlikda ifodalash mumkin, 
xolos». 
Keyinchalik men uning sog'lig'idan xavotirga 
tusha boshladim. Dilimda o'zini bu qadar o'tga 
ham, cho'g'ga ham qattiq uraveradigan odam 
ertami-kechmi xatarli axvolga tushib qoladi, 
degan gumon paydo bo'ldi. 
Umrimiz nihoyasida biz o'zimizni Xudoga 
topshiramiz, bizning qachon va qay tariqa bu 
dunyodan ketishimiz faqat Uning O'zigagina 
ayon. Men Shamsdagi jo'shqinlikni bir qadar 
pasaytirishga va uni iloji boricha tinchroq 
yashashga o'rgatishga qaror qildim. Muayyan 
ma'noda bunga erishganday edim ham. Keyin 
qish kirdi va bir kuni bizga uzoqdan xat olib 


kelgan chopar keldi. 
Bu xat hayotimizdagi barcha narsalarni ag'dar-
to'ntar qilib yubordi. 
Maktub 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling