Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Ey, yuzimni dahr aro misli qamar qilgan
o'zing, Band-bandim so'ylatib, ahli nazar qilgan ko'zing. Ey, shamolingdan daraxtim raqs aylab, o'ynagan, Noming aytsam, og’zimi shahdu shakar qilgan so'zing. Men Kiraning o'z xayollari og'ushida ekanini tushunib turardim. Uning yuziga bir qarashning o'zidayoq eri chekayotgan azoblardan qattiq azobda ekani aniq ko'rinib turardi. U erining birgina tabassumi uchun hamma narsaga tayyor edi. Shunga qaramay, nihoyat Shamsdan qutilganidan o'zini yengil his etar, hatto xursand ham edi. - Agar men uni topsam, nima bo'ladi? - deb yubordim beixtiyor va bundan o'zim hayron bo'ldim. - Nima ham qilardik. Qanday yashagan bo'lsak, shunday yashayveramiz, - javob qildi Kira, uning ko'zlarida umid nurlari porlardi. Men Kira nima istayotganini aniq tushunib turardim. Shams Tabriziyni izlamasligim kerak edi- Damashqqa bormasligim kerak edi. Shahardan chiqib biron mehmonxonada yashash, bir-ikki hafta o'zimni Shamsni tinimsiz izlaganday ko’rsatib qaytishim mumkin edi. Otam gapimga balki ishonishi mumkin edi, hammasi shu bilan barham topardi. Bu balki nafaqat Kira uchun va Shamsni hech qachon yaxshi ko'rmagan Aloviddin uchun, shuningdek, otamning shogirdlari va izdoshlari uchun, hatto o’zim uchun xam eng yaxshi yo'l bo'lar edi. - Kira, men nima qilishim kerak? Otamni deb islomni qabul qilgan, menga va ukamga juda yaxshi ona bo'lgan, o'z erini bexad sevgan va o'ziga bag'ishlanmagan she'rni yod olgan bu ayol menga diqqat bilan qarab qo'ydi va hech nima demadi. Javobni o’zim topishim kerak edi. Rumiy 1246 yil, avgust, Konya. Shams yo’q, quyoshsiz dunyoda quvonch ham yo'q. U sovuq va qayg'uli, qalbim bo'm-bo'sh. Kechalari uxlamayman, kunduzi uyda bemaqsad sandiroqlab yurganim-yurgan. Go'yo shu yerdaman-u, lekin shu yerda emasman - tiriklar orasidagi o’lik. Hamma meni asablantiradi. Nima uchun hamma xuddi hech nima bo'lmaganday, bemalol yashayapti-ya? Shams Tabriziy bo'lmasa, hayot o'zgarmasligi mumkinday go'yo. Har kuni erta tongdan to kechgacha kutubxonamda Shamsni eslayman. Masalan, bir kuni menga o'zining odatdagi sal xirildoq ovozi bilan «Sen bir kunmas bir kun ishq kuychisi bo'lasan» degan edi. Kim bilsin, kim bilsin... Lekin bu so'zlar qalbimdagi zulmatni engishimga yordam berayotganga o'xshayapti. Balki Shams shuni istagandir. U mening shoir bo'lishimni istagan bo'lsa kerak! Hayot ezgulikka yo'nalgan. Nimaiki sodir bo'lmasin kattami yo kichik - biz yengib o'tadigan barcha qiyinchiliklar, mohiyatan, Xudoning, biz komil bo'lmog'imiz uchun tuzgan, muqaddas rejasiga kiradi. Kurash - bu inson bo'lishni istagan kishining ichki ishi. Shuning uchun Qur'onda «...Bu yon esa mo'minlarning qutulish yo'lidir» deya alomat- belgilar qo'yilgan. Xudoning chizgisida tasodif yoki to'g'ri kelib qolish degan narsalar yo'q. Va Shams Tabriziy deyarli ikki yil oldin aqrab oyining o'sha kunida mening yo'limdan chiqib qolgani ham tasodif emas edi. - Meni sening oldingga shamol uchirib kelmadi, - degan edi Shams. Keyin menga o'z rivoyatlaridan birini aytgan edi: - Bir so'fiy bo'lgan ekan, unga hatto Iso nafaslik yuksak ilmi nasib etgan ekan. Garchi faqat bitta shogirdi bo'lgan esa-da, shuning o'ziga ham rozi ekan. Lekin shogirdi boshqacharoq ekan. Ustoziga boshqalar ham qoyil qolishlarini istab, ko'proq shogirdlar olishini undan hadeb so'rayveripti. - Yaxshi, - rozi bo'lipti nihoyat ustozi. - Shuni istasang, mayli, yana shogirdlar bo'lsa bo'la qolsin. O'sha kuniyoq ular bozorga borishipti. Bir joyda qush shaklidagi shamlar sotuvga qo'yilganini ko'rishipti. Ustoz shamlarga sekingina puflagan ekan, ularga jon kirib, shamolda uchib ketishipti. Qoyil qolgan tumonat shahar ahli ustoz yoniga to'planibdi. Tez orada shogirdlar shunchalik ko'payib ketiptiki, ustozning birinchi shogirdi bilan uchrashishi uchun sira vaqti qolmaydigan bo'lipti. - Oh, ustoz, men nohaq ekanman. Avvallari ancha yaxshi yashagan ekanmiz, - debdi xafa bo'lib shogird. - Biron chora ko'ring. Iltimos, ularni haydang. - Yaxshi. Sen shuni istasang, hayday qolaman. Ertasi kuni ma'ruza o'qiyotib, ustoz shamol ko’taripti. Shogirdlar qo'rqib ketishipti va birin-keti unga orqalarini o'girib keta boshlashipti. Faqat avvalgi shogird qolipti. - Xo'sh, sen nima uchun boshqalar bilan ketmading? - so'rapti ustoz. - Men sening huzuringga birinchi shamoling uchun kelmagan edim, - javob beripti shogird, - va bu shamoling uchun seni tashlab ham ketmayman. Shams nimaiki qilgan bo'lsa, mening foydam uchun qildi, menga yaxshi bo'lsin uchun qildi. Shahar ahli buni tushunmadi. Shams g'iybatlar shamolini ataylab qo'zg'atdi, odamlarning jig'iga tegdi, Konya aholisi uchun shakkoklik bo'lib ko'rinadigan gaplarni aytdi. U hatto o'zini yaxshi ko'radigan odamlarni ham qo'rqitib, jig'iga tegdi. Shams men o'zimning oldingi bilimlarimni unutmog'im uchun kitoblarimni suvga otdi. Garchi hamma uning shayxlar va olimlarni yomonlab gapirganlarini eshitgan bo'lsalar ham, aslida o'zi muqaddas matnlarni qanchalar chuqur tafsirlay olishini juda kamchilik biladi. Shamsning alkimyo, nujum, ilohiyotshunoslik, falsafa va mantiqdan ilmi chuqur edi, lekin o'z ilmlarini johil odamlardan uzoqda, yashirin saqlardi. U faqih edi, lekin o'zini faqirday tutardi. U fohishaga uyimiz eshigini ochdi, bizni u bilan birga yashashga va birga tanovullar qilishga majbur qildi. U meni qovoqxonaga yubordi va u yerda ichkilikbozlar bilan suhbatlashishimga maslahat berdi. U meni, moxov bo'lish qismati nimaligini bilishim Uchun, o'zim xutba o'qib kelgan machit darvozasi ro'parasida tilanchilik qilishga majbur etdi. U meni oldin o’z muxlislarim va izdoshlarimdan, keyin aslzodalardan ajratib oldi va oddiy odamlarga yaqinlashtirdi. Faqat u tufayli men odatda sira tanimay yonlaridan o’tib ketadigan odamlar bilan tanishdim. Shams odamlarni Xudodan ajratadigan barcha butlarni yo'qotish kerak deb hisoblardi. Uning uchun shon-sharaf, boylik, hatto diniy aqidalarda ham butga aylanuvchi jihatlar bor edi. Shams odatlangan hayot tarzimdagi meni bog'laydigan barcha aloqalarim iskanjasini ancha bo'shashtirdi. Ongimdagi cheklanish yo bid'atni ko'rib qolgan zahoti, vaqtni zoe ketkazmay, raqibni darhol gumdon qilardi. Men uni deb, meni eng ishonchli muxlislarimdan ham ajratib yuboradigan, barcha sinov va tekshiruvlardan, barcha daraja va bosqichlardan o'tdim. Muxlislarim juda ko'p edi, endi esa menga hech kim kerakmas. Shams ketma-ket zarba beraverib, butun obro'- e'tiborimni chilparchin qildi. U tufayli men telbalikning qadr-qimmatini angladim va yolg'izlik, nochorlik, g'iybat, tarkidunyochilik, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling