Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Alovuddin 1246 yil, fevral, Konьya. Keyingi uch haftani ertayu kech otamdan faqat bir narsani - Kimyoni menga nikohlab berishini surashni o'ylab o'tkazdim, lekin buni aytgani o'zimda sira jasorat topmadim. U bilan soatlab xayolan suhbatlashdim, o'ylab qo'ygan jumlalarimni unga takror-takror aytib, durustroq tushuntirish yo'llarini izladim. U bildirishi mumkin bo'lgan barcha e'tirozlar uchun menda javoblar bor edi. Agar meni Kimyo bilan aka-singilsizlar desa, men u bilan tug'ishgan aka-singil emasligimizni eslataman. Otam Kimyoni juda yaxshi ko'rishini bilganim uchun, agar biz nikoxlansak, u biznikidan qayoqqadir chiqib ketmasligini, doimo biz bilan birga yashashi yaxshiligini aytmoqchi edim. Hammasini o'ylab qo'ygan, faqat otam bilan yolg'iz qola olmayotgandim. Ammo bir kuni kechqurun unga to'qnash kelib qoldim, lekin bu qulay fursat emas ekan. Oshnalarim bilan uchrashmoqchi bo'lib endi uydan chiqay deb turganimda, ko'chadan ikki ko'za may ko'tarib, otam kirib kelayotgan ekan. Men turgan joyimda qotib qoldim: - Ota, qo'lingizdagi nima? - Ha, bumi! - javob berdi u sira xijolat bo'lmasdan. - Bu may, o'g'lim. - Nima?! - baqirdim men. - Buyuk Mavlono shunchalar o'zgarib ketiptilar! Endi may ichar ekanlarmi? - O'zingni bos, - degan ovoz keldi orqa tomondan. Bu Shams edi. U mendan ko'z uzmay qarab turardi. - Odam o'z otasi bilan shunday gaplashadimi? Undan qovoqxonaga borib kelishni men iltimos qilgan edim - Men bu gapdan negadir hayron qolmadim? - dedim men, pichingimni yashira olmay. Shams xafa bo'lsa hamki, bildirmadi chog'i. Alovuddin, biz buni muhokama etishimiz mumkin, dedi u pinagini buzmay. — Faqat ko'zlaringni jahl to'sib qo'ymasa bo'lgani. Keyin boshini yoniga egib, menga qalbimni jilovlash borasida maslahat berdi. - Qoidalardan birida shunday deyilgan, - dedi u e'tiqoding mustahkam bo'lishini istasang, qalbingni yumshat. E'tiqoding bamisoli qoyatosh, sen esa pardan-da yumshoq bo'lmog'ing kerak. Biz duch keladigan ko’plab hodisalar - xastalik, baxtsizlik, judolik, qo'rqinch kabilar - bizni o'z muhokamalarimizda xudbinlik va keskinlikni kamaytirishga, odamlarga nisbatan hamdardroq va mehribonroq bo'lishga o'rgatadi. Ba'zilar bu darslardan saboq olib yumshaydilar, boshqalar esa, aksincha, avvalgidan ham qattiqroq bo’la boradilar. Haqqa yaqinlashmoqning yagona yo'li - o'z qalbingni ochmoqlikdir, toki u barcha insonlarni qamrab olsin va unda yana IShQ uchun joy bo'lsin. - Siz jim tursangiz yaxshiroq bo'lar edi, - dedim uning nutqiga javoban. - Mast darvish gapining menga aloqasi yo'q. - Alovuddin, uyat! — gapga aralashdi otam. Men rostdan uyalib ketdim, lekin kechikkan edim. Keyingi paytlar otam meni ko'p jig'ibiyron qilganlarini esladim-u, yana badtar tutoqib ketdim. - Sen mendan rostdan ham nafratlanishingga shubha qilmayman, - dedi Shams. - Lekin sen bir on bo’lsa ham otangni yaxshi ko'rmay qolmaysan-ku! Nahotki uni ranjitayotganingni ko'rmayotgan bo'lsang? - Siz esa bilarning hammamizni halok qilayotganingizni nahotki ko'rmayotgan bo'lsangiz? Evoh, shundan keyin otam lablarini mahkam qisib va o'ng qo'lini baland ko'tarib menga tashlandi. Hozir u meni uradi, deb o'yladim. Lekin unday qilmadi, men esa es-xushimni yo'qotdim. - Sen meni sharmanda qilding, - dedi otam men tomonga qaramay. Ko'zlarimdan yosh chiqib ketdi. Yuzimni boshqa yoqqa burdim va kutilmaganda Kimyo bilan yuzma-yuz bo'lib qoldim. U burchak ortida qancha turdi va nimalarni ko'rdi ekan? Ko'zlarida qo'rquv bor edi. U hammasini eshitganmikin? Otam uylanmoqchi bo'lib turgan qizim oldida meni bunday yerga urishidan orlanib ketdim. Tomog'imga nimadir tiqildi, og'zim taxir bo'lib ketdi. Atrofimda hamma narsa gir aylanar, hammayoq vayron bo'layotganday ko'rinardi. Uyda boshqa qolgim kelmay, to'nimni oldim-u, Shamsni itara solib, o'zimni tashqariga otdim - Kimyodan ham nari, qolgan hammadan ham nari, uzoq-uzoqlarga otildim. Shams Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling